O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi




Download 173,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana13.05.2024
Hajmi173,65 Kb.
#228632
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Economic theory - lecture 3

3.5. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, 
yo‘llari va usullari 
Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy sharti ko‘p ukladli iqtisodiyotni va 
raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat. 
Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Uzoq yillar mobaynida respublikamiz 
iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to‘liq 
hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk 
sub’yekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a’zolari o‘rtasida bu mulkga «hech kimniki», 
«davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi. 
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda davlat 
sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning ma’lum qismini davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda ham 
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi 


jarayon sifatida qaralib, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi 
Qonunida (1991 yil 19 noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi: 
Davlat tasarrufidan chiqarish-davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara 
korxonalariga, aktsiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli 
mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. 
Xususiylashtirish-fuqarolarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning 
davlat mulki ob’yektlarini yoki davlat aktsiadorlik jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib 
olishidir.
Bundan ko‘rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda 
ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish-davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy 
shaxslarga o‘tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu 
mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko‘zda tutadi. U 
bir qator yo‘llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, 
davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan 
cheklar (vaucher) bo‘yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish 
boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki 
qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auktsionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo‘lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin:
1) davlat mulkini bepul bo‘lib berish orqali xususiylashtirish;
2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish;
3) davlat mulkini bepul bo‘lib berish hamda sotishni uyg‘unlashtirish orqali 
xususiylashtirish. 
Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining o‘ziga xos jihati-bu 
uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir (3.3-rasm). 

Download 173,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 173,65 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi

Download 173,65 Kb.
Pdf ko'rish