• Foydalanilgan adabiyotlar
  • -rasm. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish




    Download 173,65 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet7/7
    Sana13.05.2024
    Hajmi173,65 Kb.
    #228632
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Economic theory - lecture 3

    3.3-rasm. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
    jarayonini amalga oshirish bosqichlari 
    O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning hamma 
    shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda e’tirof etildi va davlat mulki monopolizmini 
    Umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat 
    ko‘rsatish korxonalarini, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta 
    ishlash tizimi korxonalarini xususiylashtirish
    Ko‘plab o‘rta va yirik korxonalarni aktsiadorlik jamiyatlariga 
    aylantirish hamda ularning aktsiyalarini respublika qimmatbaho 
    qog‘ozlar bozorida sotish
    Aktsiyalarining nazorat paketi davlat mulkida bo‘lgan yirik 
    korxona va tarmoqlarni xususiylashtirish
    I-bosqich 
    (1992-1993 y.) 
    II-bosqich 
    (1994-1995 y.) 
    III-bosqich 
    (1996-1998 y.) 
    IV-bosqich 
    (1998-2002 y.) 
    Xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb 
    etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilik yangi 
    munosabatlarini to‘laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish
    V-bosqich 
    (2003 yildan boshlab) 
    Xususiylashtirish jarayonlari samaradorligini oshirish va 
    jadallashtirish, iqtisodiyotda xususiy sektorning ishtirokini
    faollashtirish va salmog‘ini oshirish 


    tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real 
    shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun 
    teng huquqiy normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi. 
    O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning 
    muhim xususiyati-uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-
    1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o‘z ichiga olib, bu bosqichda 
    xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish 
    korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi. Yengil, 
    mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o‘rta va yirik 
    korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko‘proq ijra korxonalariga, jamoa 
    korxonalariga, yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Aktsiyalarning nazorat 
    paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi.
    Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xo‘jaligining iqtisodiy jihatdan 
    samarasiz bo‘lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim ro‘l o‘ynaydigan 
    ayrim sektorlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag‘ bilan ta’minlash vazifalarini 
    o‘z zimmasiga oldi. 
    Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik 
    xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa 
    shakllariga aylantirish uchun kerak bo‘lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi. 
    Savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa 
    mulki qilib berildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish yalpi 
    mahsulotining 95 foizdan ortiqrog‘i davlatga qarashli bo‘lmagan sektorga to‘g‘ri keldi. Uy 
    joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo‘lgan bir milliondan ortiq 
    kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog‘i fuqarolarning xususiy mulki bo‘lib 
    qoldi. 
    Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga to‘g‘ri 
    keldi. Bu bosqichda ko‘plab o‘rta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi 
    hamda ularning aktsiyalari respublika qimmatbaho qog‘ozlar bozorining asosini tashkil etdi. 
    Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari 
    qizg‘in tashkil qilindi. 
    Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning va xususiylashtirishning bu bosqichda ochiq 
    turdagi aksionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim 
    oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar 
    bozorining yangi muassasalari barpo etildi. 
    Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki 
    yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo‘sh turgan mablag‘larini o‘ziga jalb qilib, 
    ularning bozorga taziyqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag‘larni ishlab 
    chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun 
    sharoit yaratadi. Bu erda shuni ta’kidlash lozimki xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga 
    qarashli bo‘lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo‘li emas. Tashabbuskorlik asosida 
    yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil kooperativlar, 
    shirkatlar, ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ko‘rinishidagi kichik va o‘rta korxonalarni tashkil 
    qilish-ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi. 
    Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
    xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida (1996-1998 yillar) 
    xususiylashtirilmaydigan ob’yektlar ro‘yxatiga kirmagan jami 3146 ta ob’yekt va korxonalar 
    davlat tasarrufidan chiqarildi.


    Xususiylashtirish jarayonlarining to‘rtinchi bosqichi (1998-2002 yillar) ning asosiy 
    vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni yo‘naltirish, 
    xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini 
    oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini to‘laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish 
    tadbirlarini amalga oshirish belgilandi. 
    O‘zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining beshinchi 
    bosqichida iqtisodiy nochor davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va 
    xususiylashtirish 
    jarayonini 
    jadallashtirish, 
    shuningdek, 
    mazkur 
    korxonalarni 
    modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish 
    maqsadida xususiylashtirilgan ob’yektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. 
    Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang‘ich narxlarini sekin-asta 
    pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli ob’yektlarni nol 
    darajadagi xarid qiymati bo‘yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti 
    bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi [2]. 
    Respublikada xususiylashtirishning manzilli yo‘naltirilganligi uning navbatdagi 
    xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq 
    qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning manzilli yo‘naltirilganligi uy-joylarning o‘z 
    egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko‘proq muhtoj va zaif qatlamlarini 
    qo‘llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag‘lari hisobiga qoplanishida, qishloq 
    aholisi o‘z oilaviy xo‘jaligi uchun yerlar olishi kabilarda ifodalanadi. 
    O‘zbekistonda xususiylashtirishning to‘lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. 
    Pulni to‘lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’yektlarni xususiylashtirishda mulkni 
    bepul taqsimlash bilan bog‘liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni 
    hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan 
    korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari, bozor 
    infratuzilmasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash 
    dasturini ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘lar jamlanadi. Davlat mol-mulkini yangi 
    mulkdorlarga sotish yo‘li orqali ularni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan 
    birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag‘lar shu korxonaning o‘zini qo‘llab-quvvatlashga, 
    yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi. 
    Navbatdagi muhim xususiyat-respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda aholi 
    uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar 
    tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aktsiyalarni 
    imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy 
    infratuzilma ob’yektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar 
    va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish hamda soliq to‘lashda ayrim 
    imtiyozlar berish kabilardir. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli 
    «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
    to‘g‘risida»gi Farmonining 3.4.-bandida iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy 
    mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va 
    xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni 
    davom ettirish asosida: 
    -
    xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy 
    tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga 
    to‘liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi» degan 
    tamoyilni amalga oshirish;


    -
    kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik 
    muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va 
    nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish; 
    davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini 
    soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini 
    kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni 
    rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yo’nalishlari belgilangan. 
    Foydalanilgan adabiyotlar 
     
    1.
    Булатов А.С. Экономика. Учебник. Под ред. автора перераб. и доп. 3-е изд.- М.: 
    Экономист, 2005, IX-глава. 
    2.
    Қодиров А. Иқтисодиёт назарияси. Ўқув қўлланма. T.: ТошДТУ, 2010.
    3.
    Gaibnazarova Z.T. Iqtisodiyot nazariyasi. Iqtisodiyotning umumiy nazariy asoslari. 
    O‘quv-uslubiy qo‘llanma.- Т.: ToshDTU, 2013.- 122 б.

    Download 173,65 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 173,65 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish

    Download 173,65 Kb.
    Pdf ko'rish