Iqtisodiy tizimlar va ularning modellari




Download 173,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana13.05.2024
Hajmi173,65 Kb.
#228632
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Economic theory - lecture 3

 
3.2. Iqtisodiy tizimlar va ularning modellari 
Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar majmuasi-
iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan 
birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi. 
Iqtisodiy nazariyada ko‘pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog‘lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu asosda 
dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uchta nusxasiga kiritiladi: an’anaviy 
iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlari. 
An’anaviy iqtisodiyot-deyarli hamma mamlakatlar bosib o‘tgan tarixiy tizimdir. U hozirgi 
davrda ham ko‘plab iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ularda 
urf-odatlar, udumlarga, an’analarga asoslangan iqtisodiy jarayonlarga amal qiladi. Ularda 
natural yoki mayda tovar xo‘jaligi hukmron bo‘ladi. Bu erda ishlab chiqarish, ayirboshlash, 
daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan o‘rnatiladigan urf-odatlarga asoslanadi. Merosxo‘rlik 
va sulola shaxslarning iqtisodiy ro‘lida hukmronlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy turg‘unlik aniq 
ifodalanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni joriy qilish keskin cheklangan, chunki ular 
an’analar bilan ziddiyatli hisoblanadi va ijtimoiy tuzum barqarorligiga xavf tug‘diradi. Iqtisodiy 
faoliyatga nisbatan diniy va madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi. 
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki iqtisod muammosini hal qilishning bir xil va umum tan 
olingan echimi mavjud emas. Xar xil madaniyat va tarixiy o‘tmish, har xil urf-odat va 
an’analar, qarama-qarshi mafkuraviy qarashlarga ega bo‘lgan turli jamiyatlar aniq iqtisodiy 
muammolarni hal qilish uchun turli xil tartiblardan foydalanadi. 
Bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi tizim ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti hisoblanadi. 
Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga ijtimoiy aniqrog‘i davlat mulkchiligining 
hukmronligi va ma’muriy organlar tomonidan iqtisodiy qarorlarning markazlashgan tartibda 
qabul qilinishi bilan xarakterlanadi. Foydalanadigan resurslarning hajmi, mahsulotning tarkibi 
va taqsimlanishi, ishlab chiqarishni tashkil qilish kabilarga tegishli barcha muhim qarorlar 
markaziy boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi. 
Iqtisodiy taraqqiyotda muhim bosqich hisoblangan tizim bozor iqtisodiyoti tizimidir. 
Bozor iqtisodiyoti tizimi asosan ikki bosqichga egadir. Birinchisi erkin raqobatga 
asoslangan klassik bozor iqtisodiyoti bo‘lib, ba’zi adabiyotlarda uni sof kapitalizm deb ham 
yuritiladi. Ikkinchisi esa hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti bo‘lib, uni aralash 
iqtisodiyot tizimi deb ham yuritiladi. 
Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy 
faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg‘unlashtirishda 
bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bunday tizimda uning ham bir 
qatnashchisining xulq-atvori shaxsiy manfaatiga asoslanadi, har bir iqtisodiy birlik, alohida 
qabul qilingan qarorlar asosida, o‘zlarining daromadlarini eng yuqori darajada etkazishga 
intiladi. Bozor tizimi yordamida alohida qabul qilingan qarorlar uyg‘unlashtiriladi. Raqobat 
sharoitida tovarlar (xizmatlarning) ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni 
bildiradiki, har bir mahsulot va resurslarning ko‘plab mustaqil harakat qiluvchi xaridor va 
sotuvchilari mavjud bo‘ladi. Bu erda iqtisodiy jarayonlarga davlatning aralashuvi cheklangan 
tavsifga ega bo‘ladi. Shu sababli davlatning ro‘li, xususiy mulkni himoya qilish va erkin 
bozorning amal qilinishi engillashtiruvchi ishonchli huquqiy tartiblar o‘rnatishdan iboratdir.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti. Hozirgi davrda real hayotda bozor iqtisodiyoti sof bozor 
mexanizmi va rejali iqtisodiyot unsurlarini mujassamlashtiradi. Mulkchilikning har xil 


shakllari, tadbirkorlikning turli yo‘nalishlari mavjud bo‘ladi, unda rejalashtirish, prognozlash, 
aholini ijtimoiy himoyalash kuchayadi. Masalan, AQSH iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi 
erkin bozor iqtisodiyotdan sezilarli farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko‘rinadi. 
Birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo‘lida bo‘lib, u iqtisodiyotda faol ro‘l o‘ynaydi. 
Bu iqtisodiyotning barqarorligi va o‘sishi uchun sharoit yaratishda, bozor tizimi yetarli darajada 
ishlab chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib bermaydigan ayrim tovarlar va xizmatlar bilan 
ta’minlashda, daromadlar taqsimlanishini o‘zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo‘ladi. 
Ikkinchidan, sof kapitalizmdan farq qilib amerika iqtisodiyotiga yirik korporatsiyalar va kuchli 
kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar mavjud. 
Bu yerda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor tizimiga suyanish, 
ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashtirish har doim ham bir vaqtda mavjud bo‘lmasligi 
mumkin. Masalan, sobiq millatchi Germaniya iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb atalgan, 
chunki mulkchilik xususiy bo‘lib qolsada, mamlakat iqtisodiyoti qattiq nazorat ostiga olingan 
va markazdan boshqarilgan. Buning teskarisi, bozor sotsializmi deb atalgan sobiq sotsialistik 
Yugoslaviya iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos bo‘lgan va bir vaqtda iqtisodiy 
faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib borilgan. Shvetsiya 
iqtisodiyotida ham 90 % dan ortiq xo‘jalik faoliyati xususiy firmalarda to‘plangan bo‘lsada, 
davlat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va daromadlarni qayta taqsimlashda faol qatnashadi. 
Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga 
aralashuvi va rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan 
qo‘llanilib, barqaror va tez sur’atlar bilan iqtisodiy o‘sishga erishmoqda. 

Download 173,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 173,65 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Iqtisodiy tizimlar va ularning modellari

Download 173,65 Kb.
Pdf ko'rish