Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni




Download 173,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana13.05.2024
Hajmi173,65 Kb.
#228632
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Economic theory - lecture 3

 
3.4. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni 
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o‘z ichiga davlat mulkini, 
ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil 
turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo‘jaligi va shaxsiy tomorqa xo‘jaligi hamda yakka 
tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi 
iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi. 
Shu sababli «O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunida turli-
tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, 
shaxsiy mulk, aralash mulk (3.2-rasm). 


 
3.2-rasm. Mulkchilik shakllarining tasniflanishi 
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo‘lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan 
bog‘liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy 
mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining etuklik darajasi bilan mos kelishi 
zarur. 
Davlat mulki-egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‘lgan mulk 
ob’yektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi: 
1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo‘liga olish; 
2) davlat mablag‘lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va 
tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish. 
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo‘lgan, bo‘linmaydigan yoki umumiy 
resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib 
bo‘lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yo‘llar kabi iqtisodiy 
tuzilmaning kattagina qismini ko‘rsatish mumkin. 
O‘zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va 
ma’muriy-xududiy tuzilmalar mulkidan iborat bo‘ladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo 
bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika xokimiyati 
va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet 
mablag‘lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki 
hisoblanadi.
Ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy organlari mol-mulki, 
mahalliy byudjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo‘jaligi korxonalari va 
boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari kabilar mol-
mulki bo‘ladi. 
Jamoa mulki-muayyan maqsad yo‘lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va 
ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o‘zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini 
korxona jamoasi sotib olishi, badal to‘lab korxona qurishi, aktsiya chiqarib, ularni sotish kabi 
yo‘llar orqali paydo bo‘ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish 
vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi. 
Aralash mulk-turli mulk 
shakllaridan tashkil topib, 
ne’matlarni shunga 
muvofiq tarzda 
o’zlashtirilishi
Yakka tartibdagi xususiy 
mulk-ne’matlarni alohida 
olingan mulkdorlar 
tomonidan o’zlashtirilishi
Korporativ xususiy mulk-
ne’matlarni ma’lum maqsad yo’lida 
o’zaro birlashgan mulkdorlar 
mulkiga asoslangan korxonalar 
tashkil etish orqali o’zlashtirilishi
Xususiy mulk-
ayrim kishilar va 
guruxlarga tegishli 
bo’lgan hamda 
daromad topishga 
qaratilgan mulk
Jamoa mulki-ne’matlarni 
muayyan maqsad yo’lida 
ayrim jamoalarga 
birlashgan kishilar 
tomonidan birgalikda 
o’zlashtirilishi 
Davlat mulki -
ne’matlarni davlat 
tomonidan o’z 
vazifalarini bajarishi 
uchun o’zlashtirilishi 
Mulkchilik shakllari 
Shaxsiy mulk-
fuqarolarning shaxsiy 
yoki oilaviy 
ehtiyojlarini 
qondirishga qaratilgan 
mulk


Jamoa mulkiga ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlik jamiyatlari, xo‘jalik jamiyatlari 
va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi. 
Shaxsiy mulk-bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini 
qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining 
mehnati asosida ko‘payadi va rivoj topadi. 
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o‘z 
xo‘jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko‘payadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aktsiyadan keladigan dividend, bank foizlari, 
xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga asoslanadi. 
Shaxsiy mulk ob’yektlari-bu turar joylar, bog‘-hovli va uylar, transport vositalari, pul 
jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo‘jalik 
faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar 
bo‘lishi mumkin. «O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunda 
ko‘rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xo‘jalik 
faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining 
mulki bo‘lishi mumkin. Shaxsiy mulk ob’yektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan kelib 
chiqib, daromad topish yo‘lida ishlatilishi mumkin. 
Xususiy mulk-ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o‘z egasiga 
foyda keltiruvchi mulkdir. 
O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk 
o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan 
iboratdir deb ko‘rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va 
qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi. 
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o‘zining ijobiy va salbiy 
tomonlariga ega. U, so‘zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilik 
munosabatlarini rag‘batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona 
daromad orttirishga intilish hissini tug‘diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish iqtisodiyotda 
uni qo‘llash foydali bo‘lgan bo‘g‘inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy 
mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni 
mutlaqlashtirish bilan umuman bog‘liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari 
asosida mustaqil xo‘jalik yuritish yoki davlat korxonalari, firmalar, xizmat ko‘rsatish va sotish 
shaxobchalari va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin. 
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo‘ladi. Bu mulk 
alohida olingan ob’yektning turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirilishini bildiradi. 

Download 173,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 173,65 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni

Download 173,65 Kb.
Pdf ko'rish