|
OZIQA MODDALARNING MIKROORGANIZM HUJAYRASIGA KIRISHI
|
bet | 3/10 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 3,39 Mb. | | #106550 |
Bog'liq 12 ma\'ruza - Mikroorganizmlarning o‘sishi uchun suv juda zarur. Chunki oziqa moddalari suvda erigan holda bo‘lib, ularni bakteriyalar olib, o‘z hujayralarini tiklaydi va energiya oladi. Oziqa muhitlarida, mikroorganizm hujayrasini qurishi uchun kerak bo‘lgan hamma elementlar, mikroorganizm o‘zlashtiradigan holatda bo‘lishi kerak. Suvda erigan oziqa moddalari bakteriya hujayrasiga har xil usullar yordamida kiradi. Hujayraga ularning o‘tishida hujayra devori barerlik vazifasini bajarsa, sitoplazmatik membrana aktiv tanlovchi rolini o‘ynaydi.
Moddalar hujayraga passiv diffuziya orqali, konsentratsiyalar farqi (noelektrik moddalar bo‘lsa) yoki elektr potensiallari farqi bo‘yicha (sitoplazmatik membrananing ikki tomonida elektr potensiallari farqi) mavjud bo‘lsa o‘tadi. Moddalar transporti osonlashgan diffuziya orqali, konsentratsiya farqi mavjud sharoitda energiya sarflanmay ham yuz berishi mumkin. Yana boshqa tipi aktiv transport, moddalar hujayra ichiga konsentratsiya gradientiga qarshi yo‘nalishda ham kiradi. Unga ATF sarflanadi. Bu mexanizm moddalarning muhitdagi konsentratsiyasi kam bo‘lganda ham ishlatiladi. - Moddalar hujayraga passiv diffuziya orqali, konsentratsiyalar farqi (noelektrik moddalar bo‘lsa) yoki elektr potensiallari farqi bo‘yicha (sitoplazmatik membrananing ikki tomonida elektr potensiallari farqi) mavjud bo‘lsa o‘tadi. Moddalar transporti osonlashgan diffuziya orqali, konsentratsiya farqi mavjud sharoitda energiya sarflanmay ham yuz berishi mumkin. Yana boshqa tipi aktiv transport, moddalar hujayra ichiga konsentratsiya gradientiga qarshi yo‘nalishda ham kiradi. Unga ATF sarflanadi. Bu mexanizm moddalarning muhitdagi konsentratsiyasi kam bo‘lganda ham ishlatiladi.
- Bakteriya hujayrasida permeaza molekulalari bo‘lib, ular hujayraga moddalarni olib kirishda xizmat qiladi. Birgina E.coli hujayrasida laktozani o‘tkazadigan 8000 tacha permeaza molekulasi mavjud.
|
| |