|
Xemotroflar (energiya manbai bo‘lib anorganik va organik birikmalar ishlatiladi)
|
bet | 7/10 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 3,39 Mb. | | #106550 |
Bog'liq 12 ma\'ruza 2. Xemotroflar (energiya manbai bo‘lib anorganik va organik birikmalar ishlatiladi). - 2. Xemotroflar (energiya manbai bo‘lib anorganik va organik birikmalar ishlatiladi).
- 2.1. Xemolitoavtotrofiya tipida ovqatlanish H2, NH3+ , NO2- , Fe2+, H2S, S, SO32-, S2O32-, SO va boshqa anorganik birikmalarni oksidlanishidan energiyani oladi. Bu jarayon xemosintez deb ataladi. Uglerodni xemolitoavtotroflar CO2 dan oladi.
- Xemosintez (temir va nitrifikatsiyalovchi bakteriyalarda) S.N.Vinogradskiy tomonidan kashf qilingan.
- Xemolitoavtotrofiya ammiak va nitritlarni oksidlaydigan nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar, serovodorodni, elementar oltingugurtning va oltingugurtni ba’zi oddiy birikmalarini oksidlaydigan oltingugurt bakteriyalari tomonidan, vodorodni suvgacha oksidlaydigan, ikki valentli temirni uch valentli temirgacha oksidlaydigan va hokazo bakteriyalar tomonidan amalga oshiriladi.
2NН3 + 3O2 = 2НNO2 + 2Н2O + 658 кЖ. - 2NН3 + 3O2 = 2НNO2 + 2Н2O + 658 кЖ.
- 2НNО2 + О2 = 2НNО3 + 180 кЖ.
- 4FеСО3 + 6Н2О + О3 = 4Fе(ОН)3 + 4СО2 + 167 кЖ
- 2Н2 + О2 → 2Н2О + 575 кЖ.
- Oltingugurt bakteriyalari N2S hosil bo‘ladigan suv havzalarida keng tarqalgan.
- Bular N2S → S → N2SO4 gacha oksidlaydi.
- 2Н2S + O2 = 2Н2O + S2.
-
- S2 + 2Н2О + ЗО2 = 2Н2SО4 + 479 кЖ.
-
2.2. Xemoorganogeterotrofiya tipida ovqatlanish kerakli energiyani va uglerodni organik moddalardan oladigan mikroorganizmlarga xosdir. Bularga tuproqda va boshqa substratlarda yashovchi aerob va anaerob mikroorganizmlar kiradi. - 2.2. Xemoorganogeterotrofiya tipida ovqatlanish kerakli energiyani va uglerodni organik moddalardan oladigan mikroorganizmlarga xosdir. Bularga tuproqda va boshqa substratlarda yashovchi aerob va anaerob mikroorganizmlar kiradi.
- Xemoorganogeterotroflarni o‘lik organik materiallar hisobiga yashovchi saprofitlarga va tirik organizmlar to‘qimalarida yashovchi parazitlarga ajratiladi. Bu ikkinchi usulni paratrofiya deyilib, paratrof mikroorganizmlar faqat hujayra ichida yashovchi obligat bakteriyalar bo‘lib xo‘jayin hujayrasidan tashqarida yashay olmaydi (rikketsiylar va boshqa bakteriyalar).
- Yuqorida tavsif berilgan ovqatlanish tiplaridan mikroorganizmlar orasida eng ko‘p tarqalgani - fotolitoavtotrofiya va xemoorganogeterotrofiya tipidagi ovqatlanishlardir. Birinchi tip ovqatlanish oliy o‘simliklar, suv o‘tlari va bir guruh bakteriyalarga, ikkinchi tipdagi ovqatlanish bakteriyalarning boshqa maxsus sharoitda yashaydigan guruhlariga xos.
|
| |