|
Mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi Fanning nomi: mikrobiologiya
|
bet | 2/10 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 3,39 Mb. | | #106550 |
Bog'liq 12 ma\'ruza Mikroorganizmlar oziqa moddalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirishi mumkin yoki ularni o‘zgartirib, o‘zlashtirishga yaroqli holga keltirishi mumkin. Ovqatlanishning usullari Mishustin (1987) tomonidan quyidagicha talqin qilinadi, ya’ni tirik organizmlarda ikki xil oziqlanish usuli mavjud: golozoy va golofit. - Mikroorganizmlar oziqa moddalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirishi mumkin yoki ularni o‘zgartirib, o‘zlashtirishga yaroqli holga keltirishi mumkin. Ovqatlanishning usullari Mishustin (1987) tomonidan quyidagicha talqin qilinadi, ya’ni tirik organizmlarda ikki xil oziqlanish usuli mavjud: golozoy va golofit.
- Golozoy usulida ovqatlanishda ovqatning qattiq zarralari organizm tomonidan yutiladi, so‘ngra ovqat hazm qilish yo‘lida hazm qilinadi. Bu xildagi ovqatlanish hayvonlarga xosdir.
- Golofit usulida ovqatlanishda ovqatni yutish va hazm qiluvchi maxsus organlari bo‘lmagan tirik organizmlarga xos bo‘lib, ular suvda erigan oziqa moddalarni kichik molekulalar holida so‘rib oladi. Bu xildagi ovqatlanish o‘simliklar va mikroorganizmlarga xosdir.
Ko‘p organik birikmalar (oqsillar, polisaxaridlar) polimerlar ko‘rinishida bo‘lib, ular mikroorganizmlar tomonidan yutilib, bevosita modda almashinishida ishlatilmaydi. Bunday moddalar bakteriyalar membranalaridan o‘taoladigan oddiy birikmalargacha parchalanadi. Katta molekulalar ekzofermentlar yordamida parchalanib mikroorganizmlar bor muhitga chiqariladi. Bu xildagi hazm qilish hujayradan tashqarida hazm qilish deyilib, faqat mikroorganizmlarga xosdir. - Ko‘p organik birikmalar (oqsillar, polisaxaridlar) polimerlar ko‘rinishida bo‘lib, ular mikroorganizmlar tomonidan yutilib, bevosita modda almashinishida ishlatilmaydi. Bunday moddalar bakteriyalar membranalaridan o‘taoladigan oddiy birikmalargacha parchalanadi. Katta molekulalar ekzofermentlar yordamida parchalanib mikroorganizmlar bor muhitga chiqariladi. Bu xildagi hazm qilish hujayradan tashqarida hazm qilish deyilib, faqat mikroorganizmlarga xosdir.
|
| |