(FeO)+C = [Fe]+CO (1.8) (MeO)+[Fe] = [Me]+(FeO)




Download 61.56 Kb.
bet6/8
Sana26.02.2023
Hajmi61.56 Kb.
#43549
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mis

(FeO)+C = [Fe]+CO (1.8) (MeO)+[Fe] = [Me]+(FeO)
Agar klinker tarkibidagi uglerodni va boshqa qaytaruvchi birikmalarni misol tariqasida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, pech eritmasida, qiyaligida quyidagi kimyoviy jarayonlar borishi mumkin, deya taxmin qilamiz:
H2O+CO=H2+CO2
C+H2O=CO+H2
CO2+C=2CO
2SO2+4CO=S2+4CO2
2Fe3O4+8COS=6FeS+8CO2
Fe3O4+4H2=3Fe+4H2O
Fe3O4+CO=3FeO+CO2
FeO+SO2+3CO=FeS+3CO2
Ushbu kimyoviy reaksiyalardan ham ma’lumki, sulfidli birikmalarning termik parchalanishi, magnetitning sulfidlar bilan o‘zaro birikishi natijasida qo‘shimcha 7–10% gacha oltingugurt ajralib chiqib ketadi. Desulfurizatsiya, ya’ni oltingugurtning gaz holatiga o‘tish miqdori o‘rtacha 50–55% ni tashkil etadi. Mualliflar Olmaliq mis eritish zavodi muhandislari, professor V. P. Bistrov, V. L. Belix, K. A. Mavlyanov, V. A. Dovchenko, B. O‘. Ismoilovlar bilan birgalikda qaytaruvchi-sulfidlovchi moddalar yordamida oltingugurtni gazsimon holatga emas, balki uni suyuq holatda, ya’ni shteyn tarkibiga o‘tkazishga erishdilar. Natijada oqova gaz tarkibidagi SO21,0–1,7% dan 0,01–0,5% gacha kamayib ketdi. Oltingugurt oksidining oqova gaz tarkibida kamayishi nafaqat atrof-muhitning tozaligini ta’minlaydi, balki uning shteyn tarkibiga o‘tishi, konverter agregatida purkash mobaynida oltingugurt gazsimon holatga o‘tib, sulfat kislotasi olish uchun ishlatilishi qo‘shimcha iqtisodiy samara beradi. Uchinchi guruhga taalluqli bo‘lgan kimyoviy reaksiyalar, asosan, oksidlangan rangli metallarning oltingugurtli birikmalar bilan bo‘lgan o‘zaro ta’siriga bog‘liqdir. Umuman olganda, oksidlar bilan temir sulfidining o‘zaro ta’sirini quyidagi ko‘rinishda tasavvur qilish mumkin:

Download 61.56 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 61.56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



(FeO)+C = [Fe]+CO (1.8) (MeO)+[Fe] = [Me]+(FeO)

Download 61.56 Kb.