• (CuO)+{FeS}={CuS}+(FeO)
  • Mis rudalari haqida umumiy ma’lumot




    Download 61.56 Kb.
    bet7/8
    Sana26.02.2023
    Hajmi61.56 Kb.
    #43549
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    mis

    (MeO)+{FeS} →{MeS}+(FeO)
    Ushbu kimyoviy reaksiya natijasidan ma’lumki, metallar shteyn va toshqol tarkibiga o‘tadi. Metallarning u yoki bu fazaga o‘tishi ularning oltingugurt va kislorodga bo‘lgan moyilligi, shuningdek kimyoviy reaksiyaning qanchalik to‘liq va faol borishiga ham bog‘liqdir. Ayrim metallar, masalan, Si, Ca, Mg, Al va boshqalarning kislorodga bo‘lgan moyilligi ancha yuqori bo‘lganligi uchun ham deyarli to‘liq oksidlanib, 58 toshqol tarkibiga o‘tadi. Mis va nikelning oltingugurtga moyilligi ancha yuqori, shuning uchun ham sulfid holida shteyn tarkibida jamlanadi. Shteyn tarkibida temir sulfidi ko‘p bo‘ladi. Biroq temirga qaraganda misning yuqori haroratda oltingugurtga moyilligi yuqori, kislorodga nisbatan past bo‘ladi. Shuning uchun quyidagi kimyoviy reaksiyani, asosan, o‘ng tomonga qarab boradi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi, chunki mis eritmada ko‘proq sulfid holida bo‘ladi.
    (CuO)+{FeS}={CuS}+(FeO)
    Ayrim zavodlarda misga boy shteyn olinadi. Shteynda mis tarkibi ortib borishi bilan (ayniqsa, 35% dan ortsa) toshqol tarkibida ham parallel ravishda mis tarkibi ortib boradi. Shunday paytlarda yuqoridagi kimyoviy reaksiya teskari, ya’ni chap tomonga borishi mumkin. Unda toshqol tarkibida mis oksid holida yo‘qoladi. Nikel ham eritmada xuddi mis kabi taqsimlanadi. Temir va boshqa birikmalar haqida Yuqorida ko‘rib chiqilgan temir-mis sulfidlaridan tashqari, mis boyitmasida pirrotin Fe7S8 ham uchrab turadi. Neytral yoki qaytarilish atmosferasida birikma qizdirilsa, 6000C dan yuqori haroratda pirit quyidagi kimyoviy reaksiya orqali ajraladi:
    FeS2 = FeS + ½ S2
    10000C haroratga yetganda pirit to‘liq ajraladi. O‘sha havo atmosferasida temir sulfidi (FeS) murakkab birikma bo‘lib, deyarli ajralmaydi. Temir sulfidlari oksidlantiruvchi atmosferada qizdirilsa, oksid holatigacha oksidlanadi (Fe2O3 – gematit va Fe3O4 – magnetit). Gematit 15600C da eriydi, lekin havo atmosferasida 1350–13800C oralig‘ida yengil ajraladi, ya’ni:

    Download 61.56 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 61.56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mis rudalari haqida umumiy ma’lumot

    Download 61.56 Kb.