• Osimliklarning fosfor ozlashtirishi
  • O'simlilarning azot o'zlashtirishi




    Download 36.77 Mb.
    bet3/4
    Sana28.05.2022
    Hajmi36.77 Mb.
    #22181
    1   2   3   4
    Bog'liq
    27.04.2022
    Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
    O'simlilarning azot o'zlashtirishi
    Azotning o'simliklardagi ahamiyati beqiyosdlr, chunki har qanday aminokislota oqsil tarkibiga kiradi va u o'zida azot tutadi. Bundan tashqari, azot xlorofill tarkibida ham bo'ladi. Azot organik asoslar, nuklein kisłotalar, nukleotidlar, ba 'zi vitaminlar, fermentlar tarkibida uchraydi. Azot o'simliklar tarkibida anorganik birikmalar holida, ya'ni nitrat kisłota tuzlari va ammoniy tuzlari holida bo'ladi. Tuproqda 0,05% dan 0,45% gacha azot bo'ladi. Tuproqdagi azotning 1—2% anorganik birikmalar shaklida bo'lib qolgan 98—99% organik azot hisoblanadi, ular nobud bo'lgan o'simlik va hayvonlar qoldig'idan iboratdir.
    O'simliklarning quruq moddasi hisobiga azot 3—5% ni tashkil qiladi. Yosh o'simliklarning o'sayotgan qismlarida azot ko'p bo'ladi. Yosh kattalashuvi bilan azot miqdori kamayib boradi. Yuqori yarusdagi barglarda azot ko'p bo'lib, pastki yaruslardagi barglarda kamayib boradi. O'simliklar azotni NH + holida emas, balki NO - holida yaxshi o'zlashtirishi aniqlangan.
    S.H. Vinogradskiy nitrifikatsiya jarayonini kashf etgandan so'ng NH + holidagi azot tuproqda oksidlanib, nitratlarga aylanishi natijasida oson o'zlashtirilishini oshkor etdi.
    D.H. Pryanishnikov oksidlangan holdagi azot ham, qaytarilgan holdagi azot ham o'simliklar uchun oziq manbai ekanligini isbotlagan.
    Tugunak bakteriyalari atmosferadagi azotni yutib, uni bog'langan shaklga o'tkazadi, o'simliklar oson o'zlashtirishi mumkin. Tuganak bakteriyalari bilan dukkakli o'simliklar orasida simbioz hosil bo'ladi, bunda dukkakli o'simliklar bakteriyalarni uglevodlar, minerał moddalar, suv bilan ta'minlasa, tugunak bakteriyalari o'simliklarga azotli birikmalarni yetkazib beradi. Har xil turkumdagi tugunak bakteriyalari mavjud bo'lib, har bir irq o'ziga mansub dukkakli o'simlik turiga ta'sir etish xossasiga ega.
    Dukkaklilar ildizida tuganaklar hosil bo'lishi. 1-xushbo'y no'xat; 2- soya.
    O'simliklarning fosfor o'zlashtirishi
    O'simliklar fosforni ortofosfat kislotaning anioni shaklida o'zlashtiradi. O'simliklar tarkibidagi fosfor ortofosfat kislotaning hosilasidir. O'simliklarda fosforning 50% ga yaqini mineral holda bo'lib, ular ikki va bir asosli fosfat kislota tuzlari holida hujayra shirasida hujayraning osmotik potensialini hosil qilishda o'zga moddalar bilan birga ishtirok etadi. Erigan fosfat kislota tuzlari hujayra shirasining pH ini ma'lum darajada saqlaydi.
    O'simliklar tarkibida fosfor bir xil taqsimlanmagan, ya'ni urug'lar tarkibida, vegetativ organlarga nisbatan 5-10baravar ko'p uchraydi. Urug'lar tarkibidagi fosfor, asosan fitin shaklida, ya'ni zaxira fosfor tutuvchi birikma shaklida bo'ladi. Fosfor yetishmasa, xuddi azot singari, qayta ishlatilishi — reutilizatsiya bo'lishi mumkin. Bunday holda murakkab fosfatli birikmalar parchalanib, ular o'simliklarning yosh qismlariga o'tadi.

    Download 36.77 Mb.
    1   2   3   4




    Download 36.77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'simlilarning azot o'zlashtirishi

    Download 36.77 Mb.