nafaqa to‘laydi hamda sog‘ligiga etkazilgan shikast
uchun tovon to‘laydi.
Bir marta beriladigan
nafaqa miqdori jamoa
shartnomasi
(bitimi)
bilan
belgilanadi
va
jabrlanuvchining bir yillik maoshidan kam bo‘lmasligi
lozim.
Agar xodim davolanish, protez qo‘ydirish va
tibbiy hamda ijtimoiy yordamning boshqa turlariga
muxtoj bo‘lsa, korxona
jabrlangan xodimga bu
tadbirlar
bilan
bog‘liq
harajatlarni
to‘laydi,
shuningdek, jabrlanuvchining kasbini o‘zgartirib
qayta tayyorlanishini va tibbiy xulosaga muvofiq
ishga joylashishini ta’minlaydi yoki ana shu
maqsadlar uchun ketadigan harajatlarni qoplaydi.
Ishlab chiqarishdagi
baxtsiz hodisa oqibatida
xodim vafot etgan taqdirda korxona tegishli huquqqa
ega bo‘lgan shaxslarga moddiy ziyonni O‘zbekiston
Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va
miqdorlarda
qoplaydi, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘yadigan
miqdorda bir marta beriladigan nafaqa to‘laydi.