Jarohatlanish uch turga bo‘linadi. Birinchisi,
ishlab
chikarishda,
ish
joyida
jarohatlanish,
ikkinchisi, ish bilan bog‘liq
lekin ishlab chiqarish
bilan bog‘liq bo‘lmagan jaroxatlanish va uchinchisi,
ishlab chiqarish va ish bilan bog‘liq bo‘lmagan
jaroxatlanish.
Ishlab
chiqarishda,
ish
joylarida
olingan
jaroxatlanishga,
ishchi ma’muriyat
tomonidan
buyurilgan ishni bajarish chog‘ida ish joyida, sexda,
zavod xududida yuk ortish va yuk tushirish yoki
ba’zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish
vaqtida olgan jarohatlanishlar kiradi.
Ikkinchi tur jarohatlanishlar ishga borib-kelish
vaqtida
transport vositalarida, komandirovka vaqtida
yoki korxona ma’muriyatining topshirig‘iga muvofiq
ishlab chiqarish xududidan tashqaridagi ba’zi bir
ishlarni bajarganda olingan jarohatlanishlardan
iborat.
Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo‘lish
natijasida
olingan
jarohatlar,
davlat
mulkini
jarohatlanishdan yo‘qotilgan ish kunlariga korxona
tomonidan haq to‘lanishi kerak deb belgilangan.
Sanoat sanitariyasi me’yorlarining
buzilishi
natijasida ishlab chiqarish joylaridan ajralib chiqqan
zararli omillar ta’siridan ishchi kasbiy zaxarlanish
yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy
zaxarlanish ishchining nafas olish, ovqat hazm qilish
yoki terisi orqali zaharlovchi moddalar ta’sir
qilishi
natijasida kelib chiqishi mumkin.
Kasbiy zaxarlanish bir smena davomida yuz
bersa, uni o‘tkir zaxarlanish deyiladi, agar uzoq
muddat
davomida
zaxarli moddalar yig‘ilishi
natijasida yuz bersa, surunkali zaxarlanish deyiladi.
Surunkali zaxarlanish kasb kasalliklariga olib keladi.
Kasb kasalliklariga qoniqarsiz ish sharoitlarida
ishlash natijasida kelib chiqadigan xamma kasalliklar
kiradi. Masalan, xavo
bosimining ortiq yoki kam
bo‘lishi natijasida kesson kasalligi, sanoatda ajralib
chiqadigan chang ta’siridan pnevmokonioz kasalligi,
yallig‘lanish va zaxarli moddalar ta’siridan dermatit
va yara kasalliklari kelib chiqadi.
Sanoat
korxonalarida
ishlab
chiqarish
jarohatlanishi va kasb kasalliklari toqat qilib
bo‘lmaydigan xol xisoblanadi.
Agar bunday xol yuz
berar ekan, uni sanoat korxonasida yo‘l qo‘yilgan
tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qarash kerak.
Shuning
uchun
xam
ishlab
chiqarish
korxonalarida yuz bergan xar qanday baxtsiz xodisa
xar tomonlama tekshiriladi va xisobga olinadi.
Tekshirish va xisobga olish umumiy o‘rnatilgan
qat’iy tartib asosida olib borilishi kerak. Yo‘l
qo‘yilgan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini
hisobga olish va tekshirish, ularning kelib chiqish
sabablarini aniqlash tufayli bunday baxtsiz xodisa va
kasb kasalliklarining qaytarilishini oldi olinadi.