• Izoh.
  • Baxtsiz hodisalarni oldini olish bo‘yicha




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet88/207
    Sana17.05.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #239473
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   207
    Bog'liq
    5c78e023dfdea

      Bu sahifa navigatsiya:
    • Izoh.
    Baxtsiz hodisalarni oldini olish bo‘yicha 
    umumiy qoidalar 


    O‘zbekiston 
    Respublikasi 
    hududida 
    mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar
    muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat 
    shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda 
    mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan 
    hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil 
    zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona 
    tartibini belgilaydi. 
    Mazkur tartib: 

    ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud 
    hukmi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan fuqarolarga; 

    ish beruvchilarga; 

    pudrat va topshiriqlarga ko‘ra fuqarolik-
    huquqiy 
    shartnomalarlar 
    bo‘yicha 
    ishlarni 
    bajarayotgan shaxslarga; 

    tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda 
    vaziyatlarni 
    bartaraf 
    etishda 
    qatnashayotgan 
    fuqarolarga; 



    agar maxsus davlatlararo bitimda o‘zgacha 
    hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa yollanib ishlayotgan chet el 
    fuqarolarga; 

    qurilish, qishloq xujaligi va harbiy xizmatni 
    o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zga ishlarni bajarish 
    uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga
    shu jumladan, muqobil xizmatni o‘tayotgan harbiy 
    xizmatchilarga; 

    korxonada 
    ishlab 
    chiqarish 
    amaliyotini 
    o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilarga ham tadbiq 
    etiladi. 
    Izoh.
     
    Oliy o‘quv yurtlari talabalari, kollejlar, 
    o‘rta maxsus, o‘quv yurtlari, litseylar, hunar-texnika 
    bilim yurtlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilari 
    bilan o‘quv-tarbiya jarayonida yuz bergan baxtsiz 
    hodisalar Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda 
    Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda 
    tekshiriladi va hisobga olinadi. 
    Korxona hududida va uning tashqarisida mehnat 
    vazifasini 
    bajarayotganda 
    (shuningdek, 
    xizmat 


    safarlarida) yuz bergan jarohatlanish, zaharlanish, 
    kuyish, cho‘kish, elektr toki va yashin urishi, o‘ta 
    issiq yoki o‘ta sovuq harorat ta’siri, portlash, falokat, 
    imoratlar, inshoatlar va konstruksiyalar buzilishi 
    natijasida hamda sudralib yuruvchilar, hayvonlar va 
    hashoratlar tomonidan shikastlanishlar, shuningdek, 
    tabiiy ofatlar (er qimirlashlar, o‘pirilishlar, suv 
    toshqini, 
    to‘fon 
    va 
    boshqalar) 
    natijasida 
    salomatlikning boshqa xil zararlanishlari: 

    ish beruvchi topshiriq bermagan bo‘lsa ham, 
    lekin korxona manfaatlarini ko‘zlab qandaydir ishni 
    amalga oshirilayotgandagi; 

    avtomobil, temir yo‘l, havo yo‘llari, dengiz 
    va daryo transportida, elektr transportida yo‘l harakati 
    hodisasi natijasidagi; 

    korxona 
    transportida 
    yoki 
    shartnoma 
    (buyurtma) ga muvofiq o‘zga tashkilot transportida 
    ishga ketayotgan yoki ishdan qaytayotgandagi; 



    ish vaqtida shaxsiy transportda, uni xizmatga 
    oid safarda ishlatish huquqi berilganlik haqida ish 
    beruvchi farmoyishi bor bo‘lgandagi; 

    mehnat faoliyati xizmat ko‘rsatish ob’ektlari 
    orasida yurish bilan bog‘liq ish vaqtida jamoat 
    transportida yoki piyoda ketayotgandagi; 

    shanbalik (yakshanbalik) o‘tkazilayotganida, 
    qaerda o‘tkazilishidan qat’iy nazar, korxonalarga 
    otaliq yordami ko‘rsatilayotgandagi; 

    ish vaqtida mehnat vazifasini bajarayotganda 
    boshqa shaxs tomonidan tan jarohati etkazilgandagi. 

    Download 5,02 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   207




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Baxtsiz hodisalarni oldini olish bo‘yicha

    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish