МUAMMOLI TA’LIMNING MAQSADI
Muammoli ta’lim- muammoli
vaziyatlarni hal qilish asosida
tashkil qilingan dars
jarayonidir.
Muammoli ta’lim- bu
mantiqiy fikrlash, tahlil qilish,
izlanish,
umumlashtirish,
muammoli vaziyatlar, yechim
topish,
bilishga
qiziqish,
ehtiyoj,usullar qo‘llaniladigan
bir yangicha tizimidir.
Muammoli
ta’lim
yondashuvi-ta’lim mazmunini
muammoli
tarzda
taqdim
qilish orqali ta’lim oluvchi
faoliyatini
aktivlashtirish
usullaridan biridir.
Muammoli
ta’limning
maqsadi
–
muammoli
vaziyatlar
hayotimizda uchrab turishini
va unga yechimni mustaqil
hamda hamkorlikda
to‘g‘ri topishni o‘rgatishdan
iborat.
Muammoli o‘qitishning asosiy shakllaridan biri:
•
O‘quv materialini muammoli bayon etish
– ma’ruzaviy
mashg‘ulotlarda monolog tarzda, seminar mashg‘ulotlarida
esa dialog tarzda olib boriladi.
O‘qituvchi ma’ruza paytida o‘quv materialini bayon etayotganida muammoli
masalalar tuzadi va ularni o‘zi yechadi, o‘quvchilar esa yechimlarni izlash
jarayoniga faqat xayolan qo‘shiladilar.
Masalan, «O‘simliklar hayoti haqida» mavzusidagi ma’ruzaning boshida
«Nega ildiz va tana qarama-qarshi tomonlarga o‘sadi?» degan
muammo qo‘yiladi, ammo ma’ruzachi tayyor javobni bermaydi, u fanning
bu haqiqatga qanday yetib kelgani, bu hodisa sabablari haqidagi farazlarni
tekshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar haqida hikoya qiladi.
Muammoli
o‘qitish
mantiqiy
fikrlar
tadbirlari
(tahlil, umumlashtirish) hisobga olingan o‘rgatish va dars
berish usullarini qo‘llash qoidalari va o‘quvchilarni tadqiqot
faoliyatlari qonuniyatlarining (muammoli vaziyat, bilishga
bo‘lgan qiziqish, talab v.x.k) tizimidir.
Muammoli o‘qitishning mohiyatini, o‘qituvchi tomonidan
o‘quvchilarni o‘quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga
keltirish va o‘quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal
qilish orqali yangi bilimlarni
o‘zlashtirish bo‘yicha ularning bilish
faoliyatini boshqarishni tashkil etadi.
|