chiqmasdan
, buni qanday aniqlash mumkin? Bolalardan biri:”Kelinglar, tajriba
o’tkazib ko’ramiz. Stoldagi buyumlardan birini tepadan pastga tashlab ko’ramiz.
Agar kema harakatsiz bo’lsa, u vertical tushadi. Harakatda bo’lsa, tushish davrida
kemaning poli oldinga ketib qolib, ozgina orqaga tushadi” , deb taklif qildi. Turli
narsalar tashlab kurilgnda hammasi polga qarab tik holda aynan bir joyga tushdi.
Demak, kema tinch turibdi, degan xulosaga kelindi. Tashqi palubaga chiqib
qaralsa, kema bir tekisda chayqalmasdan suzib ketayotgan ekan! Demak, mexanik
tajribalarni tinch turgan sinf xonasida o’tkazilsa ham, to’g’ri chiziqli tekis
harakatlanayotgan vagon yoki kema ichida o’tkazilsa ham bir xil kechar ekan.
Bunga birinchi bo’lib Galiley o’z e’tiborini qaratgan edi.
Galiley ham siz faraz
qilgadek
, ulkan kema ichida kuzatilayotgan mexanik jarayonlar, agar kema to’g’ri
chiziqli tekis harakatlanayotgan bo’lsa, xuddi tinch turganda qanday kechsa,
shunday borishini yozib qoldirgan. Bunda sanoq sistemasi sifatida yer emas, balki
harakatlanayotgan vagon yoki kea olinadi.