38
ketliklarini (signaturalarini) o‘zaro sinxronlashtirish
imkoniyati
bo‘lganida qo‘llanilishi mumkin. Bunday vaziyat SMAT “pastga”
(BTSdan MSga) liniyasi uchun xarakterli, chunki turli MSlarga qat’iy
bir vaqtda jo‘natilgan BTS signallari alohida MSga o‘sha bir trassa
bo‘yicha, ya’ni o‘zaro kechikishlarsiz keladi.
“Yuqoriga” liniyasida BTS qabul qiladigan turli MSlardan
signallar sinxronlashtirishini ta’minlash nazariy inkor etilmasada,
yetarlicha qiyin va MSning BTSga nisbatan sotaning chegaralarida
tasodifiy joylashishi va natijada signallarning o‘zaro
tasodifiy
kechikishi
tufayli
hammma
vaqt
ham
texnologik
o‘zini
oqlayvermaydi. Bunday vaziyatlar uchun signaturalarning individual
abonentlarga vaqtinchalik o‘zaro bog‘lab qo‘yilishini ko‘zda
tutmaydigan DSSS asinxron versiyasining qo‘llanilishi xarakterli
hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatilganidek, uzatishda axborot signalining
bazasining kengayishi bo‘lib o‘tadi, u butun ishchi diapazon bo‘yicha
“chaplangandek” bo‘ladi. Tor polosali TDMAdan farqli ravishda kod
bo‘yicha ajratish nafaqat chastota va vaqt bo‘yicha ajratishni,
balki
signalning oniy quvvati bo‘yicha ajratishni hisobga oladi (1.19- rasm).
Oniy chastota, vaqt va quvvat kodning tarkibiy elementlari sifatida
qatnashadi.
1.19- rasm. Signalni oniy quvvati bo‘yicha ajratish
39
Abonentda qabul qilishda esa kod yordamida butun diapazon
bo‘ylab signalni “o‘rash” amalga oshiriladi,
bunda boshqa
uzatkichlarning signallari “ochiq” qoladi va qabullagich uchun ideal
halaqit turi – oq gauss shovqini
(OGSH) hisoblanadi.
Bu texnologiyani turli tillarda so‘zlashadigan bir necha insonlar
juftliklari bo‘lgan xona yordamida ko‘rsatish mumkin. Ular faqat bir-
birlari bilan so‘zlashadi va boshqalar bilan qiziqishmaydi. Agar har bir
juftlik faqat bitta tilini bilsa va uni ishlatsa, barcha tillar esa turlicha
bo‘lsa, u holda xonaning havosi ularning ovozlari uchun “tashuvchi”
bo‘lishi mumkin. O‘xshatish
shundan iboratki, xonadagi havo keng
polosali kanal hisoblanadi, tillar esa kodlar ko‘rinishida tarqaladi.
Shunday qilib, ispancha so‘zlaydigan inson ispan tilidan boshqa hech
bir tilni eshitmaydi va tushunmaydi.
Juftliklar sonini oshirish umumiy fon so‘zlashuv imkoniyatini
cheklamaguncha bo‘lishi mumkin. Barcha abonentlarning ma’lum
qiymatdan ortishi kerak bo‘lmagan signallari quvvatlarini rostlash
orqali nutqning yuqori sifati saqlanadigan ko‘p
sonli abonentlarning
aloqasi ta’minlanishi mumkin.
Foydalanuvchilar yoki trafik kanallarining maksimal soni har bir
kanalni intensiv ishlatilishiga bog‘liq va shuning uchun ma’lum
hisoblanmaydi. Bu “yumshoq qayta yuklanish” (soft overload)
konsepsiyasida aks etadi, unga muvofiq qo‘shimcha abonent boshqa
abonentlar uchun halaqitlarning qandaydir ortishi hisobiga ulanishni
olishi mumkin. Yakunda CDMA standarti ishlatilganida tarmoqni
ishlab chiqishda umumiy halaqitlar sathini minimumga keltirish zarur,
chunki boshqa abonentlar va bazaviy
stansiyalar hosil qiladigan
halaqitlar bilan birga ular o‘tkazish qobiliyatining yuqori bo‘sag‘asini
aniqlaydigan omil hisoblanadi.
CDMA tamoyilida qurilgan sotali aloqa tarmoqlari TDMAda
amalga oshirilgan raqamli standartlar uchun an’anaviy bo‘lgan
qo‘shimcha xizmatlarga ega.
KKAKTUning
KChAKTUva
KVAKTUga
qaraganda
afzalliklarini shartli ravishda ikkita guruhga bo‘lish mumkin. Ulardan
birini istalgan keng polosali (spread spectrum) tizimlarni ajratib
turadigan yo‘naltirilgan va keng polosali (shu jumladan atayin
uyushtirilgan) halaqitlarga yuqori halaqitbardoshlik, ko‘p
nurli
tarqalish
sharoitlarida
samarali
ishlash
imkoniyati,
mumkin
kriptohimoyalash
choralarining
keng
diapazoni,
chastota-vaqt
parametrlarining o‘lchashning yuqori aniqligi, radioaloqa va uzatish
40
tizimlari bilan yaxshi elektromagnit moslashuvchanlik va boshqalar
tashkil etadi. Ikkinchi guruh to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘p tomonlama
ulanish jihatlari bilan bog‘langan, ularga sotaga (sektorga)
katta
abonentlar sig‘imi, trafikning intensivligi ortganida aloqa sifatini
kamayishining “yumshoq” xarakteri, “yumshoq” estafetali uzatish
rejimini ishlatilishining oddiyligi kiradi.