72
2- Bob. MOBIL RADIOTELEFON ALOQASI
2.1. Sotali aloqa tizimlarining rivojlanishi
Barcha xohlovchilarga xizmatlarni taqdim etgan birinchi
radiotelefon aloqasi tizimi o‘z ishlashini 1946 yilda Sent-Luis (AQSh)
shahrida boshlagan. Bu tizimda qo‘llanilgan radiotelefonlar oddi qayd
etilgan kanallarni ishlatgan. Agar kanal band bo‘lsa, u holda abonent
qo‘lda boshqa bo‘sh kanalga qayta ulangan. Apparatura ishlatishda
juda katta noqulay bo‘lgan. Markaziy radiobog‘lama juda katta
quvvatli yuqori chastotali signallarni 100 kmga uzatgan. Xizmat
ko‘rsatish eng yaxshi holda mos bo‘lgan. Telefon tizimi 40 MGs
chastotalar polosalari kengligili chastotaviy modulyatsiyalash tamoyili
bo‘yicha ishlaydigan 11 ta kanallarni taqdim etgan. Keyin mos
ravishda 152- va 454-MGs chastotalar polosalari kengligili 11 va 12 ta
kanallarni egallaydigan ikkita yaxshilangan (IMTS-MJ va –MK)
tizimlari taqdim etilgan. Chastotaviy modulyatsiyalash texnologiyasi
va undan foydalanish takomillashtirilgan, radiokanallar torroq
bo‘lgan. Eng oldingi mobil telefonlarga 3kGs chastotali ovoz signalini
uzatilishi uchun 120 kGs chastotalar spektri zarur bo‘lgan
Texnikaning rivojlanishi bilan radiotelefon aloqasi tizimlari
takomillashib bordi, qurilmalarning hajmlari kamaydi, yangi
chastotalar diapazonlari o‘zlashtirildi, asosiy va kommutatsion
qurilmalar yaxshilandi, xususan, bo‘sh kanalni avtomatik tanlash
funksiyasi (trunking) paydo bo‘ldi. Lekin radiotelefon aloqasiga juda
katta ehtiyojlarda muammolar ham vujudga keldi [1,6].
Ulardan eng asosiysi chastotalar resursining cheklanganligi
bo‘ldi, ma’lum chastotalar diapazonida qayd etiladigan chastotalar
soni cheksiz ortishi mumkin emas, shuning uchun ishchi kanallar
chastotalari bo‘yicha yaqin bo‘lgan radiotelefonlar o‘zaro halaqitlarni
hosil qila boshlaydi.
Turli davlatlardan olimlar va muhandislar bu muammoni
yechishga urinishdi. 40-nchi yillarning o‘rtalarida AT&T Amerika
kompaniyasining Bell Laboratories tadqiqotlar markazi butun xizmat
ko‘rsatiladigan territoriyani uncha katta bo‘lmagan oraliqlarga bo‘lib
chiqish g‘oyasini taklif etdi, bu oraliqlar sotalar (ingl. Cell –
yacheyka, sota) deyila boshlandi. Har bir sota cheklangan ishlash
radiusli va qayd etilgan chastotali uzatkichlar orqali xizmat ko‘rsatishi
kerak bo‘ldi. Bu hech qanday o‘zaro halaqitlarsiz o‘sha bir chastotani
73
boshqa yacheykada takroran ishlatilishiga imkon berdi. Lekin bunday
aloqani tashkil etilishi tamoyili apparatli ishlatilishiga 30 yildan ortiq
vaqt sarflandi. Binobarin, bu yillarda sotali aloqa tamoyilini ishlab
chiqish turli davlatlarda o‘sha bir yo‘nalish bo‘yicha olib borildi.
Mobil telefoniya va PMR (private dispatched mobile radio-
personal mobil radioaloqa) xavfsizligini yaratish bo‘yicha urinishlar
Aloqa Federal Qo‘mitasiga (FCC) yuklangan, u qator radiouzatish
xizmatlarini eng ijtimoiy ma’sul sifatida ko‘rib chiqdi. Siyosiy ta’sir
1968 yilda qo‘mita mobil telefoniya ehtiyojlari uchun 70-83 yuqori
chastotali telekanallarni (800 MGs chastotalar polosalari kengligi)
ishlatilishi imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga rozi bo‘lganida mobil
telefoniya va PMRning ommaviyligini ortishiga ko‘maklashdi. Bu
vaqtga kelib AQShda 70 000 dan ortiq
mobil telefonlar
foydalanuvchilari bo‘lgan.
1971 yilda AT&T Bell Laboratories, Murray Hill, N.J. mobil
telefon tizimining afzal arxitekturasi sifatida sotali tizim
konsepsiyasini (AMPS) taklif etdi. G‘oya qiziqtiradigan bo‘lgan va
asosiy stansiyani tog‘ni tepasiga katta balandlikka, pastroq quvvatli
nusxalarini yerga yaqin keng tekisliklarga joylashtirish bo‘lgan. Har
bir yacheyka jamlanma radioqurilmalar nusxalari bo‘lgan, ularning
aloqa liniyalari kanallari yuklamasi mo‘ljallangan boshqarish
kanallari bo‘yicha kontrollerning komandalari jamlanmasidan o‘tgan.
Sotali konsepsiya oddiy chastota-jamlash qurilmasiga fazoviy
o‘lchashni qo‘shgan. Tekis past quvvatli yacheykalar qayta ulovchi
markaz va boshqarish funksiyasi orqali bog‘langan.
Har
bir
yacheykanining
ishlash
sohasini
kamaytirish
chastotalarni takrorlanishini talab qilgan. O‘sha bir radiokanallar
to‘plamini ishlatadigan yacheykalar, agar ular bir-birlaridan yetarlicha
yaqin masofalarda bo‘lsa, o‘zaro aralashuvni oldini ola olgan.
Yacheykalarning aralashuvi ular orasidagi masofaga emas, balki bu
masofaning
yacheykaning
radiusiga
nisbati
koeffitsientiga
proporsional bo‘ladi. Yacheyka radiusi uzatkichning quvvatiga
proporsionl bo‘lganidan keyin tizim ishlab chiquvchilari mijozlar
uchun zarur bo‘ladigan radiokanallar sonini aniqlashda katta erkin
ishlashga ega bo‘ldi. Ko‘p sonli radiokanallar tizimga oddiy
yacheykaning
uzatish
quvvatini
kamaytirish,
yacheykaning
o‘lchamlarini kamaytirish va bo‘sh sohalarni yangi yacheykalar bilan
to‘ldirish orqali qo‘shilishi mumkin bo‘ldi.
74
70- yillarning oxirida 5ta Shimoliy Yevropa davlatlari -
Shvetsiya, Finlyandiya, Islandiya, Daniya va Norvegiya uchun yagona
sotali aloqa standartini yaratish bo‘yicha ishlar boshlandi. U NMT-
450 (Nordic Mobile Telephone) nomini oldi va 450 MGs diapazonda
ishlash uchun mo‘ljallandi. Bu standartning birinchi sotali aloqa
tizimlarini ishlatish 1981 yilda boshlandi. Lekin bundan bir oy oldin
NMT-450 standartining sotali aloqa tizimi Saudiya Arabistonida
ishlatila boshlandi.
NMT-450 standarti va uning modifikatsiyalangan versiyalari
asosidagi tarmoqlar Avstriya, Gollandiya, Belgiya, Shveysariya,
shuningdek Janubiy-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarida keng
ishlatila boshlandi. 1985 yilda bu standart asosida 900 MGs
diapzondagi NMT-900 standarti ishlab chiqildi, u tizimning
funksional imkoniyatlarini kengaytirishga va tizimning abonentlar
sig‘imini oshirishga imkon berdi.
1983 yilda AQShda, Chikago tumanida qator muvaffaqiyatli
dala sinovlaridan keyin AMPS (Advanced Mobile Phone Service)
standarti tarmog‘i tijorat ishlatilishiga kiritildi bu standart Bell
Laboratories tadqiqotlar markazida yaratildi.
1985 yilda Buyuk Britaniyada milliy standart sifatida AMPS
Amerika standarti asosida ishlab chiqilgan TACS (Total Access
Communications System) standarti qabul qilindi. 1987 yilda
Londondagi sotali aloqa abonentlari sonining keskin ortishi bilan
ishchi chastotalar polosasi kengaytirilgan. Bu sotali aloqa
standartining yangi versiyasi ETACS (Enhanced TACS) nomini oldi.
Boshqa davlatlardan farqli ravishda Fransiyada 1985 yilda
Radiocom-2000 standarti qabul qilindi. 1986 yilda Skandinaviya
davlatlarida NMT-900 standarti qo‘llana boshlandi.
Barcha yuqorida sanab o‘tilgan standartlar analog hisoblanadi va
sotali aloqaning birinchi avlodiga kiradi. Turli sotali aloqa
standartlarining ishlatilishi va ajratilgan chastotalar diapazonlarining
o‘ta yuklanishi uning keng qo‘llanilishiga to‘sqinlik qila boshladi.
Ayrim hollarda o‘sha bir telefon bo‘yicha hatto ikkita qo‘shni
davlatlarda (ayniqsa Yevropada) bo‘lgan abonentlarga so‘zlashish
o‘zaro halaqitlar tufayli mumkin bo‘lmay qoldi. Abonentlar sonini
oshirish faqat ikkita yo‘llar - chastotalar diapazonini kengaytirish
(masalan, Buyuk Britaniyada ETACS bilan amalga oshirilganidek)
yoki o‘sha bir chastotlarni ancha tez-tez ishlatilishiga imkon beradigan
oqilona chastotaviy rejalashtirishga o‘tish bilan mumkin bo‘ldi.
75
Aloqa
va
signallarga
ishlov
berish
sohasidagi
yangi
texnologiyalar va ilmiy kashfiyotlar 80- yillarning oxirlarida sotali
aloqa tizimlarini rivojlanishining yangi bosqichiga – signallarga
raqamli ishlov berish usullariga asoslangan ikkinchi avlod tizimlarini
yaratishga imkon berdi.
900 MGs diapazon ajratilgan yagona evropa sotali aloqa raqamli
standartini ishlab chiqish maqsadida 1982 yilda 26 ta davlatlar aloqa
ma’muriyatlarini birlashtirgan Evropa Pochta va Elektr aloqa
Ma’muriyatlari Konferensiyasi (SERT) tashkiloti Groupe Special
|