liniyasiga ulanishi mumkin, past chastotalarni uzatuvchi va yuqori chastotalarni
aks ettirishi mumkin.
MDYa-tranzistorlarining volt-amper xarakteristikalari va parametrlarining
ish rejimlariga hamda temperaturaga bog’liqligi
Volt-amper harakteristikasi — tokning elektr zanjir elementiga qoʻyilgan
kuchlanishiga yoki elektr zanjir elementidagi kuchlanish tushishining element
orqali oʻtayotgan elektr tokiga bogʻlanishini ifodalovchi grafik: l=f(U). V-a.x.
asboblarning turiga qarab toʻgʻri chiziq yoki egri chiziq koʻrinishida boʻlishi
mumkin. Agar element qarshiligi tok qiymatiga bogʻlliq boʻlmasa, V-a.x.
koordinata boshi orqali oʻtuvchi toʻgʻri chiziqdan iborat boʻladi. V-a.x. yordamida
asboblarning xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish va ularning tegishli
parametrlarini aniqlash mumkin. Elektron asboblarning qanday sxema va
qurilmalarda ishlatilishi ularning V.-a.x.ga qarab belgilanadi.