|
-modda. Telekommunikatsiya tarmoqlari
|
bet | 4/9 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 145,66 Kb. | | #243356 |
Bog'liq metrologiya6-modda. Telekommunikatsiya tarmoqlari
Telekommunikatsiya tarmoqlari belgilangan maqsadiga ko‘ra umumiy foydalanishdagi, idoraviy va ajratilgan telekommunikatsiyalar tarmoqlariga bo‘linadi.
Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishning yagona prinsiplari, ularni taqdim etish va haq to‘lashning tartibi asosida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan telekommunikatsiyalar tarmog‘i umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlariga kiradi. Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ida telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish qoidalari telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari (ro‘yxat raqami 3275, 30.06.2020-y.), “O‘zbekiston Respublikasi televideniye va radioeshittirish dasturlarini uzatish hamda tarqatish xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1409, 15.09.2004-y.) va “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatish” Qoidalari (ro‘yxat raqami 2794, 07.06.2016-y.).
Yuridik va jismoniy shaxslarning ishlab chiqarish va maxsus ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan, ularning ixtiyorida bo‘lgan va ular tomonidan foydalaniladigan telekommunikatsiyalar tarmoqlari idoraviy telekommunikatsiyalar tarmoqlariga kiradi. Idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlari boshqa foydalanuvchilarga telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun ham ishlatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ajratilgan telekommunikatsiya tarmoqlari jumlasiga foydalanuvchilarning muayyan doirasiga xizmatlar ko‘rsatish uchun yuridik shaxslarning tijorat maqsadlarida yaratgan telekommunikatsiya tarmoqlari kiradi.
(6-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-7-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 279-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Idoraviy va ajratilgan telekommunikatsiya tarmoqlarining operatorlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish qoidalari ushbu telekommunikatsiyalarning operatorlari yoki provayderlari tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(6-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
|
| |