• 9-modda. Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
  • Muhammad al-xorzmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali




    Download 145,66 Kb.
    bet6/9
    Sana18.05.2024
    Hajmi145,66 Kb.
    #243356
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    metrologiya

    81-modda. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining telekommunikatsiyalar sohasidagi majburiyatlari
    Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish maqsadida umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining samarali ishlashi hamda rivojlantirilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi shart.
    (81-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-314-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 557-modda)
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni.
    9-modda. Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
    Oldingi tahrirga qarang.
    Yuridik shaxslarning telekommunikatsiyalar sohasidagi ayrim faoliyat turlari maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosida amalga oshiriladi.
    (9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-7-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 279-modda)
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Quyidagilar litsenziyalanishi shart:
    telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish;
    telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish;
    telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish;
    telekommunikatsiyalar tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish.
    (9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
    Oldingi tahrirga qarang.
    Umumiy foydalanish punktlari, shu jumladan qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlarining umumiy foydalanish punktlari tomonidan ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatishga, qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatishga doir faoliyat uchun litsenziya talab etilmaydi.
    (9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
    Telekommunikatsiyalar sohasida muayyan faoliyat turini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziyalar namunaviy yoki yakka tartibda bo‘lishi mumkin.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Yuridik shaxslarga telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yagona talablar va shartlar asosida beriladigan litsenziyalar namunaviy litsenziyalar hisoblanadi.
    Yuridik shaxslarga telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun alohida talablar va shartlar asosida beriladigan litsenziyalar yakka tartibdagi litsenziyalar hisoblanadi.
    (9-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-7-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 279-modda)
    Litsenziyalarni berish tartibi va shartlari, ularning amal qilish muddatlari, amal qilishini to‘xtatish yoki tugatish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
    Telekommunikatsiyalar sohasidagi ayrim faoliyat turlari uchun litsenziyalar berish tanlov (tender) asosida amalga oshirilishi mumkin. Tanlovlar (tenderlar)ni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-dekabrdagi 592-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Radiochastotalarni tanlov yo‘li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Litsenziyalarning egalari qonunchilikni buzganlari taqdirda litsenziyalar to‘xtatilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
    (9-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    Oldingi tahrirga qarang.

    Download 145,66 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 145,66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorzmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali

    Download 145,66 Kb.