|
-modda. Telekommunikatsiyalar sohasida raqobatni rivojlantirish
|
bet | 8/9 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 145,66 Kb. | | #243356 |
Bog'liq metrologiya12-modda. Telekommunikatsiyalar sohasida raqobatni rivojlantirish
(12-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Telekommunikatsiyalar sohasida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi operatorlar, provayderlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek asbob-uskunalarni tayyorlovchilar va yetkazib beruvchilar telekommunikatsiya tarmoqlarini hamda xizmatlar bozorini tashkil etish va rivojlantirishda qatnashishning teng imkonini qo‘lga kiritadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ monopoliyaga qarshi davlat organi bilan birgalikda telekommunikatsiyalar sohasida raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashadi, insofsiz raqobat va raqobatni cheklash hollariga barham berish yuzasidan qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlarni ko‘radi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Insofsiz raqobat, foydalanuvchilarning manfaatlarini kamsitish, raqobatga to‘siq bo‘luvchi yoki uni cheklovchi boshqa biror-bir xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yganlik uchun operatorlar va provayderlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 5-bobi (“Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish”), O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 178-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 183-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
|
| |