|
-modda. Telekommunikatsiya xizmatlariga doir tariflar
|
bet | 9/9 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 145,66 Kb. | | #243356 |
Bog'liq metrologiya14-modda. Telekommunikatsiya xizmatlariga doir tariflar
Oldingi tahrirga qarang.
Telekommunikatsiya xizmatlariga doir tariflar bunday xizmatni ko‘rsatish uchun ketgan xarajatlarni hisobga olgan holda shartnoma asosida qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari uchun tariflar foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan tartibga solib turiladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Favqulodda tezkor xizmatlarni (yong‘inga qarshi, ichki ishlar organlari, tez tibbiy yordam, gaz tarmog‘ining avariya xizmati va boshqa xizmatlarni) chaqirish barcha foydalanuvchilar tomonidan bepul amalga oshiriladi. Favqulodda tezkor xizmatlarning ro‘yxati qonunchilik bilan belgilanadi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
|
| |