|
-modda. Telekommunikatsiyalar sohasida davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish
|
bet | 5/9 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 145,66 Kb. | | #243356 |
Bog'liq metrologiya7-modda. Telekommunikatsiyalar sohasida davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Telekommunikatsiyalar sohasida davlat tomonidan tartibga solish litsenziyalash, sertifikatlash, soliq solish, yagona ilmiy-texnika siyosatini shakllantirish yo‘li bilan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vositalar orqali amalga oshiriladi.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Telekommunikatsiyalar sohasida davlat tomonidan boshqaruv telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
8-modda. Telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ
Telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ:
telekommunikatsiyalar sohasida davlat siyosatini yuritadi;
telekommunikatsiyalarni rivojlantirish milliy dasturlarini ishlab chiqadi;
telekommunikatsiyalar sohasida standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslarning telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;
(8-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-7-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 279-modda)
telekommunikatsiyalar xizmatlarining ayrim turlari, shuningdek tarmoqlararo ulanishlar tariflarini tartibga soladi;
operatorlar va provayderlarning faoliyat ko‘rsatishi uchun teng sharoitlar yaratilishiga ko‘maklashadi;
telekommunikatsiyalar texnik vositalarining sertifikatlanishiga doir ishlarni tashkil etadi;
telekommunikatsiya xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga ko‘maklashadi;
operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiyalar tarmoqlarining axborot xavfsizligini ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar masalalarini ko‘rib chiqadi;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimini ishlab chiqadi va raqamlash rejasini boshqarishni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Internet jahon axborot tarmog‘i milliy segmentining manzil makonidan foydalanish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, domen nomlari tizimini belgilaydi;
(8-moddaning birinchi qismi o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-314-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 557-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlaydi;
(8-modda birinchi qismining o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat boshqaruvi organlari, operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiyalar tarmoqlari va xizmatlarini rivojlantirish masalalariga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;
kadrlarni o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etadi;
telekommunikatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat boshqaruvi sohasida zamonaviy telekommunikatsiyalar tarmoqlarini joriy etish, rivojlantirish va ulardan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini shakllantirish masalalari bo‘yicha takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqadi;
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-314-sonli Qonuniga asosan o‘n sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 557-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(8-modda birinchi qismining o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risida nizom”
Telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organning o‘z vakolati doirasida qabul qilgan normativ hujjatlari barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
|
| |