• 11-modda. Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimi va rejasi, domen nomlari tizimi
  • -modda. Telekommunikatsiyalar sohasida sertifikatlash




    Download 145,66 Kb.
    bet7/9
    Sana18.05.2024
    Hajmi145,66 Kb.
    #243356
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    metrologiya

    10-modda. Telekommunikatsiyalar sohasida sertifikatlash
    Oldingi tahrirga qarang.
    Telekommunikatsiyalarning texnik vositalari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasidagi telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalaniladigan oxirgi (terminal) asbob-uskunalar belgilangan standartlarga, texnik shartlarga va qonunchilikka binoan boshqa normalarga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlanishi lozim.
    (10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    Oldingi tahrirga qarang.
    101-modda. Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan o‘tkazish
    Davlat sirlari yoki maxfiy axborotni o‘z ichiga olgan axborotni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari majburiy attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
    Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan o‘tkazish ixtiyoriy tusga ega bo‘ladi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    (101-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    Oldingi tahrirga qarang.
    11-modda. Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimi va rejasi, domen nomlari tizimi
    Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimi va rejasi, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘i milliy segmenti domen nomlarining tizimi telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
    Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslarini va domen nomlarini hisobga olish, tizimlashtirish va ulardan foydalanishni nazorat qilish telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
    Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslaridan operatorlar va provayderlarning, shuningdek domen nomlaridan yuridik va jismoniy shaxslarning foydalanishi pullidir.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslaridan va domen nomlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlarning miqdorlari hamda ularni to‘lash tartibi, shuningdek ularga doir imtiyozlar qonunchilik bilan belgilanadi.
    (11-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    Oldingi tahrirga qarang.

    Download 145,66 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 145,66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Telekommunikatsiyalar sohasida sertifikatlash

    Download 145,66 Kb.