• 3-modda. Telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonunchilik
  • 4-modda. Telekommunikatsiya tarmoqlariga doir mulkchilik
  • 5-modda. Telekommunikatsiya tarmoqlarining yerlari
  • telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan o‘tkazish




    Download 145,66 Kb.
    bet3/9
    Sana18.05.2024
    Hajmi145,66 Kb.
    #243356
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    metrologiya

    telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan o‘tkazish — telekommunikatsiyalar tarmoqlari himoyalanganlik holatining axborot xavfsizligi sohasidagi milliy standartlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlar majmui.
    (2-moddaning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi O‘RQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
    Oldingi tahrirga qarang.

    3-modda. Telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonunchilik
    Telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonundan va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
    Telekommunikatsiyalar tarmoqlarining mudofaa, milliy xavfsizlik va huquq-tartibot organlari ehtiyojlari uchun ishlashi bilan bog‘liq munosabatlar alohida qonunchilik bilan tartibga solinadi.
    Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
    (3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    4-modda. Telekommunikatsiya tarmoqlariga doir mulkchilik
    O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya tarmoqlari ommaviy yoki xususiy mulkda bo‘lishi mumkin.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining XVI va XVII bobi.
    Telekommunikatsiya tarmoqlarining barcha mulkdorlari teng huquqlarga ega va qonunda kafolatlangan teng himoyadan foydalanadilar.
    5-modda. Telekommunikatsiya tarmoqlarining yerlari
    Oldingi tahrirga qarang.
    Telekommunikatsiya inshootlari va obyektlaridan foydalanish, ularni saqlash, qurish, qayta qurish, ta’mirlash bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun operatorlarga va provayderlarga berilgan yerlar telekommunikatsiya tarmoqlarining yerlari jumlasiga kiradi. Telekommunikatsiya tarmoqlarining yerlari aloqa maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiradi.
    (5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksining VIII bobi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Telekommunikatsiyalar faoliyatini ta’minlash uchun yerlar qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi.
    (5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 70-moddasi.
    Telekommunikatsiyalarning kabel, radiorele va havo tarmoqlaridan foydalanishni ta’minlash maqsadida muhofaza tegralari belgilanadi.
    Muhofaza tegralarini o‘rnatish tartibi, ularning o‘lchamlari, mazkur maqsadlar uchun ajratilgan yerlardan foydalanish rejimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

    Download 145,66 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 145,66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan o‘tkazish

    Download 145,66 Kb.