• Paralingvistik ta’sir
  • Muloqotning interaktiv tomoni
  • Muloqotning verbal, noverbal, paralingvistik ta’sir vositalari




    Download 71.25 Kb.
    bet4/7
    Sana17.06.2023
    Hajmi71.25 Kb.
    #73990
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Muloqotda psixologik ta’sir masalalari
    sabzini quritish texnologiyasini takomillashtirish, 506-Article Text-1205-1-10-20201028, Usmonov Islomiddin, Milliy hisoblar tizimida ishlab chiqarish sohasining chegaralari 2, 1 kurs magistrlarining IPI bo\'yicha taqsimlanishi uz, muzqaymoq, Sholg\'om yetishtirish, мақола алишер АВАЗОВ, MARKAZIY OSIYO VA KAVKAZDA BOZORGA, Dukkakli don ekinlari zararkunandalari va ularga qarshi kurash, 1-илова (ТАТУ КФ), guruhlash usuli 7, Architecture Studio by Slidesgo, ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЭКИНЛАРИНИ МОНИТОРИНГ ҚИЛИШ, 1.O\'tkir Hoshimov- Dunyoning ishlari
    3. Muloqotning verbal, noverbal, paralingvistik ta’sir vositalari.
    Odamlar muloqot jarayonida so`zlardan tashqari, ya’ni verbal vositalardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan holatlardan, kulgu, ohanglar va boshqalardan ham foydalanadilar. Qiliqlar, mimika, ohanglar, to`xtashlar (pauza), hissiy holatlar, kulgu, yig`i, ko`z qarashlar, yuz ifodalari va boshqalar o`zaro muloqotning nutqsiz vositalari bo`lib, ular muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, uni to`ldiradi, ba’zan esa nutqli muloqotning o`rnini bosadi, bunday vositalarni noverbal vositalar deyiladi.
    Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, to`xtashlar, duduqlanish, yo`tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi.
    Demak, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda muloqotning barcha vositalariga, ayniqsa, nutqqa e’tibor berish kerak. Bolalarni ilk yoshlik chog`laridanoq nutq madaniyatiga o`rgatish, nutqlarini o`stirish choralarini ko`rish zarur.
    Muloqotning interaktiv tomoni
    Muloqotning bu xususiyati kishilarning muloqot jarayonida birgalikdagi faoliyatda bir-birlariga amaliy jihatdan bevosita ta’sir etishlarinn ta’minlaydi. Shu tufayli odamlar hamkorlikda ishlash, bir-birlariga yordam berish, bir-birlaridan o`rganish, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarini namoyon etishlari mumkin. O`zaro muloqot va o`zaro ta’sir jarayonlarida shunday hatti-harakatlar obrazlari kishilar ongiga singib boradiki, ularni har bir kishi norma sifatida qabul qiladi. Muloqotga kirishgan kishilar doimo o`z xulq-atvorlarini, qolaversa, o`zgalarning xulq-atvorini nazorat qilib, harakatlarda bir-birlariga moslashadilar. Lekin gohida shaxsdagi rollarning ko`p bo`lishi rollarning ziddiyatiga olib kelishi mumkin. Masalan, pedagogning o`zi o`qitayotgan sinfda farzandi bo`lsa, dars paytida shunday ziddiyatni boshdan kechirishi mumkin, ya’ni bir vaqtning o`zida ham ota yoki ona, ham o`qituvchi rolini bajarishga majbur bo`ladi. Yoki xulqi yomon o`quvchining uyiga kelgan o`qituvchi bir vaqtning o`zida ham o`qituvchi, ham mehmon rollari o`rtasida qiynaladi.
    O`zaro muloqot jarayonida bir odam ikkinchi odamga psixologik ta’sir ko`rsatadi. Bu ta’sir ikkala tomondan ham anglanishi yoki anglanmasligi mumkin. Ya’ni, ba’zan biz nima uchun bir shaxsning bizga naqadar kuchli ta’sirga ega ekanligini, boshqa biri esa, aksincha, hech qanday ta’sir kuchiga ega emasligini tushunib yetmaymiz. Bu esa pedagogikada muhim muammodir. Har bir pedagogning o`z ta’sir uslublari va ta’sir kuchi bo`ladi.

    Download 71.25 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 71.25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muloqotning verbal, noverbal, paralingvistik ta’sir vositalari

    Download 71.25 Kb.