|
Multimediya vositalarni dars jarayonida qo’llash ibrohimjonova sarvinozxon dilshodbek qizi- filologiya fakulteti talabasi aldashev ilhomjon to’xtaboyevich-axborot texnologiyalari kafedrasi o’qituvchisi annotatsiya
|
bet | 1/3 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 19,35 Kb. | | #113822 |
Bog'liq IBROHIMJONOVA SARVINOZXON DILSHODBEK QIZI
MULTIMEDIYA VOSITALARNI DARS JARAYONIDA QO’LLASH
IBROHIMJONOVA SARVINOZXON DILSHODBEK QIZI- Filologiya fakulteti talabasi
ALDASHEV ILHOMJON TO’XTABOYEVICH-Axborot texnologiyalari kafedrasi o’qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada hozirgi paytga kelib, u bir necha evolyutsion bosqichlarni bosib o’tdi, ulardan har birining almashinuvi asosan fan-texnika rivojlanishi, axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari paydo bo’lishi bilan belgilanadi. Hozirgi jamiyatda axborotni qayta ishlash texnologiyalarining asosiy texnik vositasi bo’lib shaxsiy kompyuter xizmat qilyapti, u texnologik jarayonlar konsepsiyasini ko’rish va undan foydalanishga ham, sernatija axborot tizimiga ham muhim ta’sir ko’rsatadi. Shaxsiy kompyuterning axborot sohasiga tadbiq etilishi va aloqaning telekommunikatsiya vositalarida qo’lla-nilishi axborot texnologiyalari rivojlanishida, buning natijasida “yangi”, “kompyuterli”, yoki “zamonaviy” sinonimlaridan birini qo’shish hisobiga nomining o’zgarishida yangi bosqichni belgilab berdi.[1]
Kalit so’zlar: media, mediata’lim, pedagogika ,mediapedagogika, video, audio, veb-sayt, texnik vosita, aloqa vositalari, masofaviy ta’lim.
KIRISH
Bugungi kunga kelib multimedia vositalarining ta’limda qo‘llashning keng imkoniyatlarga egaligi o‘z tasdig‘ini topib ulgurdi. Mediata’lim inglizcha media “edustation” so‘zidan bo‘lib, lotincha media – omil deganidir. Mediata’lim o‘quvchilarga ta’lim berish jarayonida yangicha usullardan foydalanishni talab etadi. Mediapedagogika – yangi pedagogik texnologiyadir, u ommaviy axborot vositalari yordamida o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, tarbiyalashga imkon beradi. Mediapedagogika resurslariga internetdagi ma’lumotlar, televideniya, radioeshittirishlar, kino, video, audio materiallar kiradi. Mediata’limning bosh maqsadi – asosiy qonunlarni tushunishga yordam beradi, oddiy yo‘nalishlardagi mediaaxborot tilini o‘rganish, o‘quvchining badiiy o‘sishi, rivojlanishiga hissa qo‘shish, mediamatnlarni qabul qilish, o‘rganish va malakali tahlil etish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat. Axborot sohasidagi globallashuv yangicha dunyoqarash shakllanishiga zamin yaratmoqda.[2] Zamonaviy bilimlar takomillashgan sari axborotlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish muammosi paydo bo‘lmoqda. Hozirgi kunda axborotlarning mazmunini ham, ularni ommaviy axborot tarmoqlari orqali tarqatish usullari va yo‘llarini ham nazorat qilishning deyarli imkoni qolmayapti. Demak, bu masalada qandaydir chalkashliklarga, xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun mukammal tizim zarur bo‘ladi. Bu tizim – o‘sha axborot tarqatuvchi hamda uning iste’molchisi qay darajada bilimli, saviyasi yuksak va ularning bir-birlarini to‘g‘ri anglashi bilan bog‘liq bo‘ladi. Endilikda ayrim mutaxassislar o‘quvchi ongida axborotni to‘g‘ri shakllantirish, ta’bir joiz bo‘lsa, uni tizimli ravishda tartibga solish yo‘llarini izlamoqdalar. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlar ta’lim amaliyotida bu sohadagi izlanishlar o‘tgan asrning 70-yillarida boshlangan. Bu pedagogika fanida o‘ziga xos yo‘nalish – mediata’lim paydo bo‘lishiga zamin yaratgan.[3]
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Multimediya vositalarni dars jarayonida qo’llash ibrohimjonova sarvinozxon dilshodbek qizi- filologiya fakulteti talabasi aldashev ilhomjon to’xtaboyevich-axborot texnologiyalari kafedrasi o’qituvchisi annotatsiya
|