• MUHOKAMA VA NATIJALAR
  • ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODIKASI




    Download 19,35 Kb.
    bet2/3
    Sana08.12.2023
    Hajmi19,35 Kb.
    #113822
    1   2   3
    Bog'liq
    IBROHIMJONOVA SARVINOZXON DILSHODBEK QIZI

    ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODIKASI
    Mediata’lim o‘quvchilarga ta’lim berish jarayonida yangicha usullardan foydalanishni talab etadi. Mediapedagogika – yangi pedagogik texnologoya hisoblanadi, u ommaviy axborot vositalari yordamida ijodiy fikrlashga, tarbiyalashga imkon beradi. Mediapedagogika resurslariga internetdagi ma’lumotlar, televideniya, radioeshittirishlar, kino, video, audio materiallari kiradi. Davrimiz taraqqiyotiga hamohang ravishda ilm xazinasi yanada boyib, yoshlarning intellektual salohiyati ortib bormoqda. Axborotlashtirish jarayonida chinakam axborot jamiyati vujudga kelganini izohlashga hojat qolmagan. Shunga yarasha mediatexnologiyalar soni o‘sib bormoqda. Bunda tasvir, ovoz va matn tom ma’noda uyg‘unlashib, audiovizual madaniyati o‘ziga xos ravishda takomillashib bormoqda. Endi undan ta’lim sohasida ham keng foydalanish davr taqozosiga aylandi.[4] Ko‘pchilik talabalar gohida noan’anaviy usulda o‘tiladigan darslarni qiziqish bilan tinglaydilar. Axborot texnologiyalari yordamida o‘tiladigan darslar jarayonida ana shunday usullardan foydalanishga imkon yaraladi. Bu ta’lim tizimini ham yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Ya’ni, globallashuv davri hamda unga monand axborotlashgan jamiyatda yosh avlodni to‘g‘ri tarbiyalash, hayotga tayyorlash, turli axborotlarni qabul qilish, yaxshi va yomonni, oq bilan qorani farqlay olishga o‘rganishdir. Mutaxassislar fikricha, ta’lim axborotlashtirishi davlat ta’lim dasturini hayotga tatbiq etishning asosiy vositasi deb e’tirof etish mumkin.[5]
    MUHOKAMA VA NATIJALAR
    So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham mediata’limga alohida e’tibor qaratilmoqda. Butun jahonda globallashuv jarayonlari jadal tus olgan bugungi kunda zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari mamlakatimizda ta’lim sohasini yanada takomillashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi deyarli barcha ta’lim muassasalari kompyuterlar bilan ta’minlanmoqda. Bu texnologiya har soniyada millionlab vazifalarni bajarar ekan. Bular orasida mediata’lim uchun xizmat qiladigan dasturlar ham talaygina.[6] Demak, undan ta’lim sohasini yanada takomillashtirishda ham samarali foydalanish davr talabidir. Media bilan bog‘liq atamalarni shartli ravishda 6 ta yo‘nalishga ajratib o‘rganish mumkin: televidenie, kino, radio, reklama, internet va yangi media, matbuot.
    Texnik vosita, texnologiyalar:
    • O‘rgatuvchi;
    Sinovchi;
    • Aloqa vositalari.
    So‘nggi yillarda yurtimizda xam masofaviy ta’lim jarayoni jadallashdi. Masofaviy o‘qitish texnologiyasi - o‘zaro ma’lum bir masofada Internet texnologiya yoki boshqa interaktiv usullar va barcha o‘quv jarayonlari komponentlari – maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o‘qitish usullariga asoslangan talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi munosabat.[7]
    XULOSA
    Bizning fikrimizcha, multimediyaning eng ilg'or imkoniyatlari ularning ta'lim jarayonida interfaol ko'p kanalli bilim vositasi sifatida foydalanishidadir. Maktab o'quvchilarini o'qitish tizimidagi tadqiqot, loyihaviy yondashuv, o'zlarining multimedia, gipermedia loyihalarini ishlab chiqish, umumiy madaniy va fan ta'limi fanlarining barcha bloklarida o'quv maqsadlarida multimediadan doimiy foydalanish an'anaviy ta'limni o'zgartirishga imkon beradi. rivojlanayotgan va ijodiy jarayonga aylanadi.



    Download 19,35 Kb.
    1   2   3




    Download 19,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODIKASI

    Download 19,35 Kb.