|
Amaliy mashqlar. Ikkinchi darajali bo‘laklarni sintaktik tahlil qilish tartibi va namunasi
|
bet | 14/27 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #109478 |
Bog'liq Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotla-fayllar.orgAmaliy mashqlar. Ikkinchi darajali bo‘laklarni sintaktik tahlil qilish tartibi va namunasi
1.
Ikkinchi darajali bo‘laklami belgilash.
2.
Aniqlovchi, to‘ldiruvchi. hoi, so‘roglari, turi, ifodalanishi.Masalan:
Menga ro‘molchasini bergan o‘shal qiz.
Rangi somon bo‘pti allaqachonlar. (Qo‘shiq.)
menga - to‘ldiruvchi, kimga? vositali, olmosh bilan ifoda-langan, ro‘molchasini to‘ldiruvchi, nima? vositasiz. ot bilan ifodalangan.
bergan - aniqlovchi, qanday? Sifatdosh bilan ifodalangan, sifatlovchi aniqlovchi.
o‘shal - aniqlovchi, qanday? Olmosh bilan ifodalangan.
qiz - aniqlovchi, belgisiz qaratqichli aniqlovchi, ot bilan ifodalangan, allaqachonlar—hol, qachon payt holi, ravish bilan ifodalangan.
49-mashq. Ikkinchi darajali bo‘laklarni aniqlab, ularning tagiga chizing, turlari, so‘rog‘i va qanday so‘z turkumi bilan ifodalanganini ayting,
l.Tashqarida hamon chaqmoq yaltirar va bahor yomg‘iri salobatli shovillardi.(P.Q.) 2. G‘ulomjon ovoz egasini tanidi(M.L) 3. Agar qiz toqqa ketsa, cholga bir kun bir yilday tuyila beradi.(Sh.R.) 4. Milliy g‘oya millat tafakkurining mahsuli, inson va jamiyat hayotiga ma’no, mazmun baxsh etadigan, uni ezgulik sari yetaklaydigan fikrlar majmuasidir. ("Milliy istiqlol g‘oyasi"') 5.Baxtli yoshligimiz uchun jonajon davlatimizga minnatdorchiligimizni izhor qilamiz..
50-mashq. Quyidagi ko‘rsatkichlar asosida gaplar tuzing.
51-mashq. Ushbu she’riy parchadagi hol va to‘ldiruvchini aniqlang.
Mana senga olam-olam gul, Etagingga siqqanicha ol Bunda tole har narsadan mo‘l, To o‘lguncha shu o‘lkada qol. (H.O.
Ikki tarkibli va bir tarkibli gaplar xaqida tushincha.
Gap xosil qilish uchun zarur bo‘lgan minimal shakl gapning struktura asosini tashkil qiladi.
Gapning grammatik asosi uning bosh bo‘laklaridir. Masalan. Kuz keldi. Bolalar mashqulotlarga muntazam qatnashyaptilar kabilar. Bu misollarda ega va kesim (kuz keldi, bolalar qatnashyaptilar) mavjut. Demak, gapning struktura asosi ega va kesimdan hamda yo ega yoki kesimdan iborat bo‘ladi. Masalan. Baxor. Ko‘m-ko‘k dala. Soy bo‘ylab ketdi. Bu yo‘ldan shaharga boriladi. Bu misollarda yo ega mavjud (bahor) yoki kesim mavjud (ketdik, boriladi) kabi. Bu turdagi gaplarda ega sostavi va kesim sostavi mavjud bo‘ladi. Egagacha bo‘lgan so‘zlar egsha sostavini, kesimgacha bo‘lgan so‘zlar kesim sostavini tashkil etadi. Masalan: bizning guruxda a’lochi o‘quvchilar ko‘p, gapida egagacha bo‘lgan so‘zlar (bizning guruxda a’lochi) ega sostavini tashkil etigan bo‘lsa, biz ertaga ekskursiyaga boramiz gapida kesimgacha bo‘lgan so‘zlar (erataga ekskursiyaga) kesim sostavini tashkil qilgan.
Sodda gaplar sruktura asosining tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi.
1. Ikki tarkibli gaplar
2. Bir tarkibli gaplar
Ikki tarkibli gapning struktura asosini bosh bo‘laklarining har ikkisi, ya’ni ega va kesim tashkil etadi.
Masalan: Mehnat insonga baxt keltiradi. Otam meni ham o‘zi bilan birga olib ketmoqchi bo‘ldi.
Bir tarkibli gaplarning asosini ega yoki kesim sostavi tashkil etadi. Egadan yoki ega sostavidan tashkil topgan gaplarda kesim, yoki kesim sostavidan tashkil topgan gaplarda esa ega qatnashmaydi. Bunday bo‘lakka extiyoj ham bo‘lmaydi. Bir sostavli gaplarda predikativlik bir bo‘lakda ifodalanadi. Masalan: Boshqa gapdan gaplashaylik. Bahor. Hamma tomonidan atir gullarning xidi anqiydi.
Bir tarkibli gaplar bosh bo‘laklarning qaysi biridan tashkil topishiga, ko‘ra ikki katta guruxga bo‘linadi.
1. Egasiz gaplar
2. Kesimsiz gaplar
Egasiz gaplar faqat kesim sostavidan iborat bo‘ladi. Bularda harakatni bajaruvchi shaxsni-egani topib bo‘lmaydi yoki uni kesimdan anglab olish mumkin bo‘ladi.
Shunga ko‘ra egasiz gaplar ikki xil:
1. Egasi topiladigan gap
2. Egasi topilmaydigan gap
Kesimsiz bir sostavli gaplar nominativ gaplarni birlashtiradi.
|
| |