• 3.Egasi topilmaydigan gap
  • Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotlar




    Download 0,86 Mb.
    bet16/27
    Sana02.12.2023
    Hajmi0,86 Mb.
    #109478
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
    Bog'liq
    Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotla-fayllar.org

    Shaxsi umumlashgan gap.
    Kesim fe’l bilan ifodalanib, mazmunan umumga qaratilgan bir sostavli gaplar shaxsi umumlashgan gap deyiladi.
    So‘zlovchi bu tip gaplarni qo‘llash bilan o‘z xabariga nasixat, xikmatli so‘z xarakterini beradi, ibora qilinayotgan xarakatning tipikligini ta’kidlaydi. Bunda umumga qaratilgan xayotiy xulosalar, uzoq asrlik xayotiy tajribalar, umumiy qoidalar, mehnat yakunlari, umumlashgan muloxazalar ifoda qilinadi.
    Shaxsi umumlashgan gaplarning kesmi ko‘pincha buyruq maylining 2-shaxs formasi bilan ifodalanadi.
    Maqollar ko‘proq shaxsi umumlashgan gap shaklida bo‘ladi:
    Salobatli bo‘lma,sabotli bo‘l. Yetti o‘lchab bir kes. Bugungi ishni ertaga qoldirma, kabilar. Shaxsi umumlashgan gaplarning bosh bo‘lagi ba’zan birinchi shaxsning ko‘plik formasida bo‘lishi xam mumkin . Masalan: Tinchlik uchun kurashaylik!
    Shaxsi umumlashgan gaplarning bosh bo‘lagi - kesim quydagicha ifodalanadi:
    1. Aniq maylidagi fe’l formalari bilan: Xayajondan nima deyishga so‘z xam topolmay qolar ekansan.
    2. Buyruq-istak mayli formalari bilan: Burinni ayasang, seni talaydi.
    Shaxsi umumlashgan gaplarda xarakat hammaga qaratilgan. Unda zamon xam umumiy bo‘ladi. Bu jixatdan bunday gaplarda shaxs va zamon tushinchasini bir-biridan ajiratib bo‘lmaydi. Shuning uchun xam shaxsi umumlashgan gaplarning shaxsini xam, zamonini xam o‘zgartirib bo‘lmaydi. Agar o‘zgartirilsa, gap tipi xam o‘zgaradi. Shaxsi umumlashgan gaplarda undalma, kirish so‘z, kirish gaplar, modal so‘zlar ishtirok etmaydi.
    3.Egasi topilmaydigan gap
    Kesim orqali xarakatni bajaruvchi shaxsni- egani topish mumkin bo‘lmagan bir sostavli gap egasi topilmaydigan gap deyiladi. Bunday gaplarda xarakatni bajaruvchi shaxs-ega umuman qatnashmaydi. Uni kiritib xam bo‘lmaydi, gapning kesmi orqali aniqlab xam bo‘lmaydi.
    Egasi topilmaydigan gapning kesmi ko‘pincha sostavli bo‘ladi. U fe’lning 3-shaxs formasi bilan ifodalanadi. Egasi topilmas gaplarning kesmi quydagicha aniqlanadi.
    1. Ravishdosh xamda bo‘ladi-bo‘lmaydi bilan. Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. Egasi topilmaydigan gaplarning kesmi ravishdosh hamda “Bo‘lmas ekan” shaklida ifodalanishi xam mumkin. Sizdan xech narsani sir tutib bo‘lmas ekan. Egasi topilmaydigan gapning kesmi ba’zan shart maylidagi fe’l bilan xamda bo‘ladi- bo‘lmaydi shaklda. Bir epini qilsa bo‘ladi. Bug‘doydan go‘ja osh qaynatsa bo‘ladi. Egasi topilmaydigan gapning bu tipida xarakatning bajarilishiga yo‘l qo‘yilishi yoki yo‘l qo‘yilmasligi ifoda qilinyapti.
    2. Xarakat nomi xamda kerak, zarur, lozim, darkor, mumkin so‘zlarning biri bilan: Bu ishlarning barchasini bajarish mumkin.
    Ba’zan xarakat nomi o‘rnida belgi oti kelishi mumkin. Buning uchun birinchi galda dalillik kerak. (O)
    Egasi topilmaydigan gapning bu tipida ish-xarakat yoki xolatini bajarish majburiy yoki zaruriyligini, majburiy yoki zaruri emasligini ifoda qilinyapti.
    3. Majxul nisbatning affiksini olgan fe’l bilan.
    To‘rt-besh kundan keyin terimga tushiladi. (S.Z.)
    Egasi topilmaydigan gaplarning bu tipida kishi istagi, irodasiga bog‘li bo‘lmagan xarakat yoki xolat ifoda qilinyapdi.
    4. “To‘g‘ri so‘zi” xamda kelmoq fe’lining tuslangan formasi bilan. Rejani yana qaytadan ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi. Egasi topilmaydigan gapning bu turida noilojlikdan kelib chiqqan zaruryatning bajarilishi yoki bajarmasligiga ifoda qilinyapdi.

    Download 0,86 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




    Download 0,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotlar

    Download 0,86 Mb.