Bo‘laklarga ajiralmaydigan gaplar




Download 0,86 Mb.
bet18/27
Sana02.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#109478
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotla-fayllar.org

5. Bo‘laklarga ajiralmaydigan gaplar.
Sodda gaplar bo‘laklarga ajiralish ajiralmasliklarga ko‘ra ikkiga bo‘linadi.
1.Bo‘laklarga ajiraladigan gaplar.
2. Bo‘laklarga ajiralmaydigan gaplar.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan gaplarning barchasi bo‘laklarga ajiraladigan gaplardir. Masalan:
1. Ish boshlandi.
2. Mashg‘ulot qiziqarli o‘tdi.
3. Darsdan so‘ng oyimga yordamlashyapman.
Nutqimizda sodda gaplarning yana shunday turi xam uchraydiki, ular ega va kesim sostaviga ajiralmaydi. Shuning uchun xam bunday gaplar bo‘laklarga ajiralmaydigan gaplar deb yuritiladi.
Bo‘laklarga ajiralmaydigan gaplar bir so‘z bilan yoki bo‘laklarga ajiralmaydigan xamda boshqa so‘zlar bilan kengaymaydigan so‘z birikmasi bilan ifodalanib,tasdiq,inkor,so‘roq,xis-xayajon kabilarni ifoda qiladi. Bular xamma vaqt kontekist bilan bog‘liq bo‘lib,o‘zi ishtirok etgan dialog va monologdagi mustaqil gaplar sostaviga kiradi.
Bo‘laklarga ajiralmaydigan gaplar turli mazmunini ifoda qiladi. Ularning xarakteri quydagilar:
1. Tasdiq yoki inkorni ifodalaydi.
-Xa... - deb javob berdi Yo‘lchi . (O)Dodxox (kulib)- bularni ozod qiling demoqchisiz-da-a?
Muqumiy- shunday, janob dodxox. (S.Abd)
2. Suroqni ifodalaydi. Bular so‘roq intonasiyasiga ega bo‘ladi. Bu vazifada rosdanmi, nahotki, rostmi, shundaymi, bo‘libdimi, rost bilan-a kabi so‘zlar keladi. Masalan: Salim(xovliqib)- rostdanmi? (U)- Rostmi? - dedi yelkasini ushladi chol. (O)
3. Rasm-odat va tabrikni ifodalaydi. Bunday vazifada salom, xayr, tasanno, ofarin, qulluq, qoyil, raxmat, balli, xayr kabi so‘zlar keladi. Masalan: Ashurboy: Qulluq, salomat bo‘ling.Barakalla, oppoq qizim. (O)
4. Xis-xayajonni ifodalaydi. Bu vazifada emosional undovlar keladi. Masalan: - Ux... badanim yonib borardi. (O) Voy- deb o‘zimni yerga tashladim.(O) Ox,ox,ox,otangizga raxmat,kamol toping do‘stim.
5. Buyruqni ifodalaydi. Bunday vazifada asosan, buyruq, xitob ifoda qiluvchi so‘zlar keladi. Misol: Muqimiy-Bas, janob dodxox (S. Abd), jim! - mushtini ko‘tardi Ermat.
6. Undalma shaklida bo‘lib,chaqirish, achinish, ta’na,gina, g‘azab, kabilarni ifodalaydi. Bunday gaplar voqativ gaplar deyiladi. Misollar: - San-sang nima? Ablax! (O)—Soxiba. - Oyijon, oyijonginam... (Tuyg‘un)Gulnora ! deb qichqirdi. Bo‘laklarga ajiralmaydigan gaplar quydagi xususyatlar bilan bir sostavli gaplardan ajiralib turadi.
1.Bir tarkibli gaplarning ko‘pchiligi uchun fikriy to‘liqlik, semantiq mustaqillik xos. Bulaklarga ajiralmaydigan gaplar uchun bunday xususiyat xos emas. Ularning mazmuni kontekst, situasiya bilan bog‘liq bo‘ladi.
2. Bir sostavli gaplarning bo‘lagi mustaqil so‘zlar bilan ifodalanadi. Bo‘laklarga ajiralmaydigan gaplarning ko‘pchiligi mustaqil bo‘lmagan so‘z turkumlari (yuklama modal so‘zlar, undov)bilan ifodalanadi.
3. Bir sostavli gaplar ikkinchi darajali bo‘laklar bilan kengayib kela oladi. Bo‘laklarga ajiralmaydigan esa bu xususyatga ega emas.
4. Bir tarkibli gaplarning ko‘pchiligi xabar intonasiyasi bilan aytiladi.Bularda intonasiya yetakchi rol o‘ynamaydi. Bo‘laklarga ajiralmaydigan gaplarda esa intonasiya yetakchi rol o‘ynaydi.
5. Bir tarkibli gap qo‘shma gap kompanetlari bo‘lib kela oladi. Bo‘laklarga ajiralmaydigan gaplar esa qo‘shma gap kompaneti bo‘lib kela olmaydi.
6. Bir tarkibli gaplar asosan monolog nutq uchun xos bo‘lsa, bo‘laklarga ajiralmaydigan gaplar esa dialog nutqga xosdir.
7. To‘liqsiz gaplarga uxshab ketishi bir sostavli gaplarga nisbatan bo‘laklarga ajiralmaydigan gaplarda kuchli bo‘ladi.

Download 0,86 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Download 0,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bo‘laklarga ajiralmaydigan gaplar

Download 0,86 Mb.