|
Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotlar
|
bet | 1/27 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #109478 |
Bog'liq Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotla-fayllar.org
Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotlar
M U N D A R I J A
Kirish………………….…………………………………………...3
I BOB. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotlar
1.1.Gaplarni bo‘laklarga ajratish haqida umumiy ma’lumot………9
1.2.To‘ldiruvchi,Aniqlovchi va Hol ularning ifodalani………..….17
II.BOB. Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari.
2.1. Ikkinchi darajali bo‘laklar haqida umumiy ma’lumot................28
2.2.Aniqlovchining turlari va ifodalanishi .......................................51
Xulosa...............................................................................................69
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………….71
KIRISH
Mavzuni o‘rganilganlik darajasi. Inson shaxsining kamol topishida, tafakkurining rivojlanishida, tafakkur mahsulini nutq vositasida ifodalash salohiyatini egallashida asosiy vosita bo‘lmish ona tili fani maktabda yetakchi o‘quv fanlaridan biri sanaladi. Zero, ona tili millat tafakkurini shakllantiradi, rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va namoyon ettiradi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev “Zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak” deb ta’kidladilar. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili - bu millatning ruhidir” Shu bois ona tili ta’limi samaradorligini oshirish davlat siyosatiga aylandi va buni isboti sifatida 2016-yil 13-mayda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va Adabiyoti universiteti tashkil qilindi. Umumta’lim maktablarining ona tili va akademik litseylarning hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida “Morfologiya” bo‘limini, shu bilan birga undov, taqlid, modal so‘zlarini izchil kurs sifatida o‘qitish juda katta ta’limiy ahamiyatga ega. Bu bo‘limni o‘qitishning ta’limiy ahamiyati shundaki, o‘quvchilar tilning asosiy birligi - so‘z turkumlari haqidagi ta’limot bilan tanishadilar. Zero, morfologiya tilning barcha bo‘limlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, shu bo‘limlarni o‘qitishda izchillik bilan amalga oshiriladi. Ana shu uzviylikni ta’minlashga qaratilgan usullarni va innovatsion texnologiyalarni tatqiq qilish va morfologiyaga oid bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar tizimini ishlab chiqish ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin milliy qadriyatlarimizni, jumladan, uning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan ona tilimizni o‘rganish, ilmiy-nazariy va amaliy tomondan tadqiq etishga bo‘lgan e’tibor kuchayib bormoqda. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bola timsolida, avvalo, shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobilyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish — ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi. 1
Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki yillarda men jahon tajribasi va hayotda ko‘p bor o‘zini oqlagan haqiqatdan kelib chiqib, agar bu maqsadlarimizni muvaffaqqiyatli amalga oshira olsak, tez orada hayotimizda ijobiy ma’nodagi portlash effektiga, ya’ni yangi ta’lim modelining kuchli samarasiga erishamiz degan fikrni bildirgan edim. 2
Darhaqiqat, istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oliy o‘quv yurtlarida taxsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma’rifat sirlarini o‘rganayotgan, hozirdanoq ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o‘quvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan o‘z iste’ dodi va salohiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlarimiz misolida ana shunday orzu- intilishlarimiz bugunning o‘zida o‘z hosilini berayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. 3
Eng muhimi shundaki, “portlash effekti” ning haqiqiy mohiyati va ahamiyati vaqt o‘tishi bilan biz tarbiya qilayotgan sog‘ lom va barkamol avlodning safimizga tobora ildam kirib borishi bilan yanada yaqqolroq seziladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirish jarayonida maktab ta’limi, ayniqsa, umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e’ tiborni kuchaytirish biz uchun kun tartibidagi eng muhim va jiddiy masalaga aylandi.
Jumladan, o‘zbek tili o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanida morfologiya bo‘limini o‘rganish masalalari metodist olimlar tomonidan chuqur o‘rganilgan. T. Ziyodovaning “Ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini,4 A.Bobomurodovaning “ Ona tili ta’limi jarayonida o‘yin-topishmoqlardan foydalanish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini 5 asos sifatida keltirish mumkin.
Ona tili darslarini samarali tashkil etish masalasi har doim ham yuksak ahamiyat kasb etgan va hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ona tili darslarining samaradorligi masalasi tadqiq etilgan ilmiy Kurs ishilardan biri bu - Sh.Yusupovaning “Ona tili ta’limi samaradorligini oshirishda ilg‘ or pedagogik texnologiyalarni joriy etish (noan’ anaviy usullar va kompyuterdan foydalanish)”6 nomli nomzodlik dissertatsiyasi hisoblanadi. Ishda “Aqliy hujum” metodidan, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘tilgan darslardan namunalar va ularni tashkil qilish yo‘l-yo‘riqlari bayon qilingan. Shuningdek, ishda “Bu bizniki” usulidan foydalanish yo‘llari ko‘rsatilgan.
Sh. Yusupovaning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishning ilmiy-metodik asoslari” nomli doktorlik dissertatsiyasida ham dars samaradorligini oshirish masalasiga e’ tibor qaratilgan bo‘lib, unda zamonaviy pedagogik texnologiyaning mazmuni yoshlarni falsafiy fikrlashga o‘rgatish, ularda bilishga qiziqish uyg‘ otish, motivatsiya hosil qilish, nazariy qoidalarni so‘zma-so‘z yodlashga emas, uni ta’limga tatbiq etish dolzarb vazifa ekanligini ta’kidlaydi. Metodist o‘z ishida o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tgan bo‘lib, o‘quvchi tafakkurini o‘stirishda “Aqliy hujum” , “Bu bizniki” metodlarini qo‘llash yaxshi samara berishini olib borgan tajriba-sinov ishlari natijalari bilan izohlaydi.
Ona tili darslarini qiziqarli tashkil etishning eng qulay yo‘llaridan biri o‘yin darslaridir. Ona tili darslarida o‘yin turlaridan foydalanish masalasi metodist A.Bobomurodovaning dissertatsion ishida tahlil etilgan.7 U o‘z ishida ona tilining har bir bo‘limini o‘rganishda qaysi tildagi va turdagi ta’limiy (didaktik) o‘yin-topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi va buning yo‘llarini ko‘rsatgan. O‘yin usulida darsni yoki darsning ma’lum bir bosqichini tashkil etish, albatta, o‘z-o‘zidan o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, ularni hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga undaydigan ta’lim usuli hisoblanadi. A. Bobomurodova ona tilidan o‘quvchilarga beriladigan o‘yin-topshiriqlarni murakkablik darajasiga ko‘ra uch turga ajratar ekan, birinchi turiga qayta xotiralashga asoslangan o‘yin-topshiriqlarni kiritadi. Faqat ushbu o‘yinlarning kamchilik tomoni borligini eslatadi: «Qayta xotiralashga asoslangan o‘yin- topshiriqlar o‘quvchidan hech qanday ijodiylikni, egallagan bilimlarni yangi sharoitda qo‘llashni, yaratuvchanlikni talab etmaydi. Bunday o‘yin-topshiriqlarni bajarish o‘quvchiga katta murakkablik tug‘ dirmaydi, oldin o‘rganilgan mavzular va muayyan bilimga ega bo‘lgan o‘quvchi bunday topshiriqlarni bemalol bajarishi mumkin». Albatta, topshiriqlarni bemalol bajarish uchun bilim, ko‘nikma va malakalar yaxshi egallangan bo‘lishi lozim. Buning uchun esa o‘quvchi o‘zi unutgan narsalarini xotiraga tushirish haqida o‘ylashi, biror yo‘l bilan o‘qib olishi, sinfdoshlaridan eshitib bo‘lsa ham, bila borishi darkor.8
Mavzuning dolzarbligi. So‘z-gaplar yuzasidan o‘rta umumiy ta’limda olgan bilimlarni mustahkamlash va uni amaliyotga tadbiq qilish, nazariy bilimlarni kerakli o‘rinlarda metod, o‘yin-topshiriq va usullardan foydalangan holda amaliyotda qo‘llay olishni o‘quvchilarga o‘rgatish, shu orqali ma’lumotlarni xotiraga muhrlashdir. So‘z-gaplardan nutqda o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish, yozma nutqda foydalanayotganda imloviy va punktuatsion belgilarga alohida e’ tibor berish lozim.
Kurs ishining maqsadi. Kurs ishining maqsadi umumta’lim maktablarining Ona tili va akademik litseylarning Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida Morfologiya bo‘limining alohida olingan so‘z turkumlari mavzularini o‘qitishning mazmuni shakli, vositalari va metodlarini, shu jarayonda o‘quvchilarning og‘ zaki va yozma nutqini o‘stirishga va ularda nutq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan mashq va topshiriqlar tizimini ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishining bosh vazifasi sifatida ta’lim bosqichlari ona tili ta’limi jarayonida morfologiya bo‘limi mavzularini o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish masalasi belgilandi. Shunga ko‘ra kurs ishini yoritish davomida:
Ta’lim bosqichlarida morfologiya bo‘limining alohida olingan so‘zlar mavzularini o‘qitishga doir turli xil qarashlarni o‘rganish, uni o‘qitish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy va metodik adabiyotlarni tahlil qilish, mavzuning yoritilganlik darajasini va mavjud muammolarni aniqlash;
amaldagi “Ona tili” o‘quv dasturi va darsliklarining morfologiya bo‘limining alohida olingan so‘zlar mavzularini o‘tish jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish;
ta’lim bosqichlarida o‘qituvchilar faoliyatida innovatsion texnologiyalardan foydalana olishining hozirgi holatini yoritish va tegishli xulosalar chiqarish;
ona tilinining morfologiya bo‘limining alohida olingan so‘zlar mavzusini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga doir yondashuv va tamoyillarni belgilash;
ta’lim bosqichlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarador usul va vositalarini ishlab chiqish;
ta’lim bosqichlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq samarali mashqlar tizimini yaratish, shuningdek, o‘quvchilarning matn yaratish ustidagi ishlari, muomala odobini egallashlari bilan bog‘ liq o‘quv topshiriqlari va mashqlar tizimini ishlab chiqish.
Kurs ishi obyekti. Ishda Prezident Sh.M.Mirziyoyevning nutqlari va asarlari, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlari, o‘zbek maktablarida ona tili ta’limi Konsepsiyasi, taniqli psixolog, filolog, pedagog va metodist olimlarning ona tili ta’limining mazmunini yangilash, uni o‘qitishning samaradorligini oshirish to‘g‘ risidagi ilmiy-metodik asarlari metodologik asos bo‘lib xizmat qildi.
Kurs ishi predmeti. Ta’lim bosqichlari ona tili darslarining undov va taqlid, modal so‘zlarini o‘qitish jarayoni, shu jarayonga xos ta’lim shakli, vositalari, mazmuni va metodlarining talqini.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Kurs ishining ilmiy ahamiyati ta’lim bosqichlari ona tili ta’limida so‘z-gaplarni o‘rganish holatini aniqlash hamda uni o‘qitishning qulayroq shakl va usullarini tavsiya etishda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, kurs ishining xulosalari va tahlil materiallari undov va taqlid, modal so‘zlarni o‘qitish masalalariga oydinlik kiritadi, uni o‘rganishda va ta’lim bosqichlarida qo‘llashda manba bo‘la oladi. Ta’lim bosqichlari ona tili ta’limida undov, taqlid va modal so‘zlarni o‘qitishda ishlab chiqilgan mashqlar tizimi amaliy material bo‘lib xizmat qiladi.
Kurs ishining tuzilishi. Ish kirish, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
|
| |