son-numerativ so‘zlardan tuzilgan birikmalar: Alisher Navoiy bir ming to‘rt yuz qirq birinchi yilda Hirotda tug ‘ ilgan;
c.
birga qo‘llanishi zarur bo‘lgan aniqlovchi+aniqlanmish modelidagi birikmalar:
Botir baland ruh va tetik qadam bilan jo‘nadi.
d.
ko‘p vaqt sifat, sifatdosh+bor, yo‘q kabi so‘zlar gapda ot yoki otlashgan so‘zdan keyin kelib, shu so‘z (ot) bilan birga bitta bo‘lak vazifasida keladi, bir butun holda ajratiladi:
Nashriyotimizda qalami o‘tkir, yuqori saviyali yoshlar ishlaydi.
Insofi yo‘q yigit ekansiz.
Aqli bor yigit har bir yaxshi ishning tashabbuskori bo‘ladi.
6.
Izofali birikmalar, qaratqichli birikmalar bilan: sukut - alomati rizo ekan. Bu
yigit - Rustamjonning o‘rtog‘ i.
Gapni bo‘laklarga ajratishda so‘zlarning gapdagi funksiyasi, boshqa so‘zlar bilan munosabati, grammatik formasi kabi hodisalar hisobga olinadi. Bunda intonatsiyaning ham roli katta. Masalan, Rais kolxoz tarixidan gapirib ketdi.
Gapirib ketdi - kesim, biroq gapirib so‘zidan oldin pauza qilinishi uni (gapirib) hol, keyingi so‘zni (ketdi) kesim holatiga tushiradi.
Yangi choy damladi gapida ham ikki holat bor:
a.
logik urg‘ u yangi so‘ziga tushsa, hol;
b.
choy so‘ziga tushsa, yangi so‘zi aniqlovchi bo‘ladi. Bunga yangi va choy so‘zlari bir butun intonatsiya bilan aytiladi.
Gap bo‘laklarini tuzilishiga ko‘ra quyidagi tiplarga ajratish mumkin: sodda bo‘lak, sostavli bo‘lak, murakkab bo‘lak. Sintetik formadagi so‘z bilan ifodalanib bir sodda tushuncha anglatadigan bo‘lak sodda bo‘lak deyiladi. Masalan, Otquloqning ildizidan bo‘yoq olinadi. Yo‘lchi saharlab Xo‘jakentga jo‘nadi gaplaridagi bo‘laklar sodda bo‘laklardir. Analitik formadagi so‘z bilan ifodalangan bo‘lak sostavli bo‘lak deyiladi. Sostavli bo‘lak birdan komponentlardan tuziladi. Unda bir komponent mustaqil bo‘lib, bo‘lakning asosiy ma’nosi shu komponent orqali ifodalanadi. Yordamchi komponent leksik ma’no ifodalay olmaydi. Yetakchi komponentning ma’nosiga har xil grammatik ma’nolar orttirish, yetakchi komponentni grammatik jihatdan shakllantirish, uning boshqa bo‘laklar bilan sintaktik aloqasini ko‘rsatish kabi vazifalarni bajaradi. Sostavli bo‘lak material jihatdan quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi:
1.
mustaqil so‘z+to‘liqsiz fe’ l: Masalan: Kelgan yigit agronom ekan.
2.
mustaqil so‘z+predikativ-modal so‘z: Ravshan qurilishga borishi kerak.
3.
mustaqil so‘z+ko‘makchi fe’ l: Anvar talaba bo‘ldi kabi.
Ikki va undan ortiq mustaqil so‘zlarning tobelanishidan tuzilib, murakkab tushunchani anglatuvchi birikmalar bilan ifodalangan bo‘lak murakkab bo‘lak deyiladi. Murakkab bo‘lakning materialini murakkab so‘zlar, frazeologik birikmalar, gapda yaxlit holda qo‘llanadigan ajralmas so‘z birikmalari tashkil qiladi. Murakkab bo‘lakning material jihatdan ko‘rinishi:
1. Partiya, davlat, hukumat, tashkilot nomlari: Milliy tiklanish partiyasi, Andijon viloyati partiya raisi.
2.
Ilmiy siyosiy va madaniy muassasa nomlari: Andijon davlat universiteti, Navoiy teatri, O‘zbekiston Respublikasining Fanlar akademiyasi kabi.
3.
Kitob, gazeta, jurnal nomlari: “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”
4.
Turli geografik nomlar: Shimoliy muz okeani, O‘rta Osiyo, O‘rta Sharq, Orol dengizi kabi.
5.
Har ikkala komponenti ham holi o‘z leksik ma’nolarini butunlay yo‘qotmagan, biroq bir butun holdagina gapning murakkab bo‘lagi funksiyasida keladigan borib kelmoq, topib olmoq, sotib olmoq, kelib ketmoq tipidagi murakkab fe’ llar.
6.
Havo rang, kul rang, shisha rang, och rang kabi murakkab sifatlar.
7.
O‘n besh, bir yuz ellik, bir kam sakson, bir ming to‘qqiz yuz yetmish to‘rtinchi tipidagi murakkab sonlar; har kim, har nima, har bir, hech bir, hech narsa, ba’zi bir, qaysi bir, ana o‘sha, mana shu kabi murakkab olmoshlar.
8.
Har vaqt, har zamon, har qachon, har dam, har xil, bir zamon, bir zum, bir nafas, hech vaqt, hech qachon, hamma vaqt, o‘tgan kuni, shu zahoti, tunov kuni, kuni kecha, shu yerda kabi har birini alohida qo‘llash mumkin bo‘lgan ikkita so‘zning birikib, harakatning bitta belgisini ifodalaydigan murakkab ravishlar.
9.
Kapalagi uchib ketmoq, tegirmonga tushsa butun chiqadi, boshini olib ketmoq, yostig‘ini quritmoq kabi frazeologik birikmalar odatda, erkin so‘z birikmalari gapda ajralib turadi, ularning komponentlari alohida bo‘lak funksiyasida shakllanadi, gap mazmuniga nisbatan mustaqil bo‘ladi. Masalan, ko‘pincha atributiv birikmaning tobe komponenti aniqlovchi, hokim komponenti boshqa bo‘lak, relyativ birikmaning tobe komponenti hol, hokim komponenti boshqa bo‘lak funksiyasida keladi.
Biroq so‘z birikmalarining har bir komponenti gapda doim alohida bo‘lak vazifasida kelavermasdan, ba’zan, so‘z birikmasi yaxlitligicha bitta bo‘lak bo‘lib keladi. Masalan, Bu kishi Arslonbek akaning o‘g‘ li. Militsiyamiz - qonunbuzarlar dushmani gaplaridagi Arslonbek akaning o‘g‘ li, qonunbuzarlar dushmani birikmalari gapning bitta ajralmas bo‘lagi bo‘lib, kesim vazifasida kelgan. Yoki O‘zbekistonning poytaxti - Toshkent. Ko‘ngil xazinasining guli - til (Navoiy) gaplarining egasi so‘z birikmasi bilan ifodalangan.
Demak, murakkab bo‘lak so‘z birikmasi bilan ifodalanadi.
Murakkab bo‘lak vazifasida ko‘pincha izofa xarakteridagi ajralmas birikmalar: qaratqichli aniqlovchili birikmalar, son+numerativ so‘zlardan tuzilgan birikmalar, kesimi sifat, bor, yo‘q so‘zlari bilan ifodalangan «ega+kesim» modelidagi qo‘shilmalar, sifatdosh va ravishdosh oborotlari, gapdan tashqarida erkin bo‘lsa ham, gapda alohida bo‘lak sifatida ajratish mumkin bo‘lmagan so‘z birikmalari kela oladi.
|