Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotlar




Download 0,86 Mb.
bet4/27
Sana02.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#109478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotla-fayllar.org

Masalan, Yaxshining so‘zi - qaymoq, yomonning so‘zi - to‘qmoq (maqol) Erning vaziri - xotin (maqol)
Dunyoning ishlari Ziyodulla o‘ylagandan ancha mushkulroq bo‘lib chiqdi.
Navoiy - g‘azal mulkining sultoni (Shayxzoda)
Begona yurtda shoh bo‘lgandan, o‘z yurtingda gado bo‘lgan yaxshi (maqol)
Bo‘laklar gapda vazifa bajarishi jihatidan bir xil emas. Ba’zi bo‘laklar gapning mazmuniga aniqlik kiritish, to‘ldirish kabi vazifalarni bajaradi, bularning qo‘llanmasligi gap mazmunini, tuzilishini tubdan o‘zgartirib yubormaydi. Ular gapda qo‘llanmasa ham, o‘zining gaplik holatini o‘zgartirmaydi. Ba’zi bo‘laklar esa, aksincha, gapda ishtirok etishi mutlaqo zarurdir. Chunki bularsiz gapning o‘zi maydonga kelmaydi. Mana shu nuqtai nazardan bo‘laklar ikki turga ajratiladi: bosh bo‘laklar, ikkinchi darajali bo‘laklar.
Gapning bosh bo‘laklari gapning asosini - markazini tashkil qiladi, ular konstruktorlik xususiyatiga ega bo‘lib, gapda boshqa bo‘laklarni markazlashtiradi. Bosh bo‘laklar ikkinchi darajali bo‘laklarsiz ham hukm ifodalaydi - kommunikativ funksiya bajaradi.
Demak, gap uchun zarur bo‘lgan predikativlik tushunchasi bosh bo‘laklar orqali ifodalanadi.
Predikativ aloqa (ega+kesim aloqasi) bayoni aloqa bo‘lib, inkor va tasdiqni o‘z ichiga oladi. Bular harakat, holat, belgi tushunchalarni voqelik va zamon bilan bog‘laydi, so‘zlovchining ana shu voqelikka bo‘lgan munosabatini ko‘rsatadi. Masalan, Bola sho‘x gapida predmet va belgi tushunchalari qo‘shilib, sho‘xlik belgisining bolada mavjud ekanligi hukm yo‘li bilan tasdiqlangan, voqelik hozirgi zamon bilan bog‘ langan.
Predmet va belgi munosabati so‘z birikmalarida ham ifodalanadi (sho‘x bola, sayroqi qush kabi), biroq bundagi predmet va belgi tushunchalari bir butun murakkab tushuncha bo‘lib, nominativ funksiya ifodalaydi.
Ikkinchi darajali bo‘laklar bosh bo‘laklarga bog‘ lanib, ularni mazmunan to‘ldirib, belgi va holat jihatidan aniqlab keladi. Ana shu xususiyatidan kelib chiqib, ikkinchi darajali bo‘laklar aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol turlariga ajratilgan. Ikkinchi darajali bo‘laklar gapda mustaqil qo‘llana olmaydi, ular bosh bo‘laklarga bog‘ lana olgandagina, nutqda ishtirok etadi. Demak, ikkinchi darajali bo‘laklarning mavjudligi bosh bo‘laklar tufaylidir.
Bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning grammatik - semantik munosabati shuni ko‘rsatadiki, ikkinchi darajali bo‘laklar tobe, bosh bo‘laklar hokim bo‘laklardir.
Gapda ikkinchi darajali bo‘laklar bosh bo‘laklarning biriga tobelanadi yoki ular o‘zaro bir-biriga bog‘ lanib, so‘ng bosh bo‘lakka tobelanadi.
Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat butunlik bo‘lishiga qaramasdan, yaqin yillargacha, sintaktik Kurs ishlarida, asosan, gapning shakliy tomoniga e’ tibor berilgan. Faqat ayrim o‘rinlardagina (masalan, gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini belgilashda, ikkinchi darajali bo‘laklarning ichki tasnifida) mazmun tomoniga murojaat qilindi. Hozirgi kunda gap mazmunini o‘rganuvchi mazmuniy sintaksis deyarli hamma tilshunoslar tomonidan e’ tirof etilgan bo‘lsa ham, ammo mazmuniy sintaksis maqomi masalasiga bir xillik yo‘q. Ular orasida ikki qarama-qarshi yo‘nalish ajralib turadi. Birinchi yo‘nalish tarafdorlari gapning zaruriy unsurlarining grammatik tomoniga asoslanadi.9
Bu yo‘nalishda gapning har bir tuzilish tarixining umumiy grammatik tomonini topishga harakat qilinadi va tuzilish tarixining umumiy grammatik ma’nosi doirasida mazmuniy tuzilish aniqlanadi. Ularning fikriga ko‘ra, mazmun grammatik shakllanmay, o‘z holicha mayjud bo‘lmaydi. Shuning uchun gapning barcha sintaktik xususiyati gap mazmunining ifodachisi bo‘lib xizmat qiladi.
Har bir gapda ma’lum obyektiv mazmun moddiy vositalar - sintaktik shakllar vositasida ifodalanadi. Gapning ana shu moddiy ifodalanish tomoni uning sintaktik tuzilishi hisoblanadi.
Sintaktik tuzilish ham o‘zaro munosabatda bo‘lgan bir necha unsurlardan tashkil topgan bir butunlikdir.10
Sintaktik tuzilishning unsurlari an’ anaviy tilshunoslikda g a p b o‘l a k l a r i termini bilan nomlanadi. Lekin sintaktik tuzilish tarkibidagi barcha sintaktik shaklning tobe aloqaga kirishishi (o‘zaro deminatsiya munosabati) uning gap bo‘lagi hisoblanishining bosh mezoni sanaladi.
Gap bo‘lagi ma’lum sintaktik shaklning shakliy sintagmatik munosabatdagi vaziyatiga qarab belgilanadi: ega vaziyati, kesim vaziyati, to‘ldiruvchi vaziyati va boshqalar. Natijada ayrim mazmuniy munosabatda bo‘lgan lekin bu mazmuniy munosabat shakliy jihatdan tobe munosabat (aloqa) orqali emas, balki undash va kirish munosabatlar orqali ifodalangan birliklar sintaktik tuzilish birligi sifatida qaralmaydi. Bu esa butunni bo‘laklarga bo‘lish asosida zid keladi. Chunki butun bo‘laklarga ma’lum asosda shunday bo‘linishi kerakki, butunning birorta unsuri bo‘linishdan tashqari qolmasligi kerak.
Gap bo‘laklari gapni tashkil etgan sintaktik shakllarni to‘la qamrab olmas ekan, demak, gapni bo‘laklarga gap bo‘laklari rubrikasi ostida ajratish yetarli asosga ega emas. Shuning uchun ham tilshunoslikda bu masala ham eng munozarali masalalardan biri bo‘lib kelmoqda.
Sintaktik birlik hisoblangan gapning shakliy tuzilishi jihatidan uning ziddiyatini hisobga olgan holda quyidagicha sintaktik shakllarga bo‘lish mumkin:
1.
sintaktik aloqaga kirishadigan sintaktik shakllar;
2.
sintaktik aloqaga kirishmaydigan sintaktik shakllar;

Bularning birinchi guruhi an’ anaviy gap bo‘laklari hisoblanadi.


So‘zlovchining biror fakt, voqea-hodisa to‘g‘ risida xabar berishi yoki ma’lum predmetda muayyan belgining mavjudligini tasdiq yo inkor qilishini ifodalaydigan gap darak rap deyiladi. Masalan, Manzura yigitlarning qizg‘ in suxbatiga quloq soldi. So‘zlovchining o‘ziga noma’lum bo‘lgan biror voqeani suhbatdoshdan bilib olish istagini, zaruriyatini ifodalovchi gap s o‘r o q gap deyiladi.
Buyurish, iltimos, taklif, xohish, o‘git-nasihat, xitob, ogohlantirish kabi har xil ifoda ottenkalarini ifodalovchi gap buyruq gap deyiladi.
Buyruq gaplar suhbatdoshni biror ish-harakatni bajarishga yoki undan voz kechishga da’vat qiladi: Jangga kirdingmi qo‘rquvni unut. O‘limni emas, o‘ldirishni o‘yla.
Darak, so‘roq , buyruq gaplar kuchli intonatsiya bilan talaffuz qilinishi va bu intonatsiyada so‘zlovchining his-hayajoni, ruhiy kechinmalari o‘z ifodasini topishi mumkin. Emotsional qimmat kasb etgan bunday gaplar undov gap deb ataladi. Masalan, Siddiqjonning bu vajohati Zunnunxo‘janing o‘yinini puchga chiqardi... shuning uchun Siddiqjondan balandkelishga tirishib, jahl bilan — Yana nima kerak?!— dedi. — Yana nimam bor?! — Kirmaysiz xonaga! — Kiraman! — Kirmaysiz! — Kiraman! — Ahmoq — Ahmoq bo‘lmaganimda, shu ahvolga tusharmidim?!
Predmetda biror belgining mavjudligini yoki biror ish-harakatning yuzaga kelganligini, yuzaga kelishi mumkinligini anglatadigan gap tasdiq gap deyiladi: —
Odamlar bundan ming yil ilgari ham quyosh nuridan foydalanishni bilganlar.
Inkor gap predmetda biror belgining mavjud emasligini yoki biror ish-harakatning sodir bo‘lmaganligini, sodir bo‘lishi mo‘ljallanmaganligini anglatadi. Inkor gap inkor anglatadigan vositalar yordamida shakllanadi:
Undov gaplarda inkor va tasdiq kuchli emotsiya bilan ifodalanadi. Gap grammatik jihatdan tasdiq formasida bo‘lsa ham, logik jihatdan undov-inkor gap ekanligi anglashilib turadi: Nahotki yerimiz chappa aylanib, nahotki daryolar

Download 0,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 0,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotlar

Download 0,86 Mb.