I BOB. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotlar
1.1. Gaplarni bo‘laklarga ajratish haqida umumiy ma’lumot
Gap bo‘laklari gapning uzviy qismi sifatida maydonga kelgan sintaktik kategoriyadir. So‘zlar gapda grammatik-semantik jihatdan mustaqil funksiya ifodalab (sintezlanib) muayyan so‘roqqa javob bo‘lib kelgandagina, gap bo‘lagi sanaladi. So‘zlarning biror bo‘lak vazifasida kelishi yoki kela olmasligini gap qurilishining sintaktik qonunlari belgilaydi.
Masalan, Shoir o‘zining ilhomini sevimli xalqidan oladi.
Keyingi yillarda O‘zbekistonning xalqaro obro‘si nihoyat darajada oshib ketdi. Birinchi gapda oltita so‘z ishtirok etgan bo‘lib, ularning har biri mustaqil bo‘lak vazifasini bajarmoqda. Ikkinchi gapda esa o‘nta so‘z oltita bo‘lak vazifasida qo‘llangan.
Gap bo‘lagi gapning boshqa bo‘laklari bilan o‘zaro grammatik bog‘ langan, uzviy munosabatga kirishgan organik qismidir. Gap bo‘lagining gap orasidagi munosabati qism bilan butun orasidagi munosabatdek bo‘lib, dealektik xarakterga ega: butunsiz qism, qismsiz butun mavjud bo‘lmaydi.
Gap bo‘laklari mustaqil so‘zlar va so‘z birikmalari bilan ifodalanadi. Har qaysi turkum so‘zlar gapda ma’lum bir tipik sintaktik funksiyada qo‘llaniladi. Fe’lning kesim, sifatning aniqlovchi, ravishning hol, otning ega, to‘ldiruvchi vazifasida kelishi shu holat bilan izohlanadi. Biroq bundan so‘z turkumlari va gap bo‘laklari tushunchasi bir xil hodisa ekan degan xulosa kelib chiqmaydi. So‘z va so‘z birikmalarining mohiyati gap sostavida bajargan vazifasiga qarab belgilanadi. Muayyan bir so‘z formasining o‘zi boshqa so‘zlar bilan bo‘lgan munosabatiga ko‘ra gapning har xil bo‘lagi vazifasida kela oladi.
So‘z turkumlari leksik-grammatik belgilar asosida aniqlanadi. Gap bo‘laklari esa funksional jihatdan ajratiladi. Gap bo‘laklari sintaktik kategoriya sifatida, so‘z turkumlari leksik birlik sifatida o‘rganiladi. So‘zlar kontekstdan tashqarida ko‘p ma’noli bo‘lishi mumkin, lekin gapda, uning bo‘lagi sifatida, faqat bitta sintaktik funksiya bajaradi.
Gap bo‘laklarini o‘rganish gapning leksik-semantik strukturasini o‘rganish bilan uzviy bog‘ liqdir. Chunki gapni bo‘laklarga ajratish ularning ifoda materiali va ma’nolarini o‘rganishni ham taqozo qiladi. Gapning har bir bo‘lagi ifoda qilinayotgan hukmning butunligini ta’minlashda alohida o‘rin tutadi.
Gap bo‘laklari, asosan, quyidagicha ifodalanadi:
1.
So‘zning sintetik formasidagi so‘zlar bilan:
Olmaotalik mehmonlar Mirzacho‘lga borishdi gapida ikkita soda, ikkita qo‘shma so‘z ishtirok etgan bo‘lib, to‘rtta bo‘lak mavjud (aniqlovchi+ega+hol+kesim)
2.
So‘zning analitik formasi bilan. Bular quyidagi ko‘rinishlarga ega:
a.
mustaqil so‘z+to‘liqsiz fe’ l: Biz qishloqqa borgan edik.
b.
mustaqil so‘z+predikativ modal so‘zlar:
Biz zavod-fabrikalarga xom ashyo yetkazib berishimiz zarur.
Bilish uchun o‘qish kerak, izlanish kerak.
v) mustaqil so‘z+ko‘makchi: Men dunyoga kelgan kundayoq vatanim deb seni tanidim.
g) mustaqil so‘z+ko‘makchi fe’ llar:
Bizni mahalladagilar ham bilib qolishdi.
d.
mustaqil so‘z+iborat, demak tipidagi so‘zlar: Komsomolning tarixi safarbarlikdan iborat.
e.
mustaqil so‘z+yuklama: Yorim borgan joylarga, men ham bormay qolmayman.
j) mustaqil so‘z+yordamchi so‘z bor, yo‘q so‘zlari:
Qirg‘oginda kaklik bo‘lib sayragim, sayragim bor-sayragim bor.
Faqat senga ochganim yo‘q, ochganim yo‘q yurak zorin.
3.
Juft va takroriy so‘zlar bilan:
Men bu vaqtlarda hayotning past-balandini bilmagan, oq-qorani tanimagan bir yigitcha edim.
4.
Murakkab terminlar, murakkab so‘zlar, frazeologik birikmalar bilan:
Bu kishi O ‘zbekiston Fanlar akademiyasida ishlaydi.
Salimboyvachcha o ‘zining qordan qutilib, yomg‘irga tutilganini angladi.
5.
Ayrim konstruksiyalar bilan. Bular, asosan quyidagilar:
a.
bir umumiy qo‘shimcha bilan boshqariladigan birikmalar: Qo‘sh og‘ izli miltiq hamisha shofyorda turar edi.
b.
|