|
Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotlar
|
bet | 7/27 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #109478 |
Bog'liq Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotla-fayllar.orgAniqlovchi va uning ifodalanishi.
Predmetning belgisini bildirgan ikkinchi darajali bo‘lak aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchi predmetning sifatini, rang-tusini, xususiyatini, mazasini, shklini, xajmini, miqdor-darajasini yoki qarashliligini bildiradi. Shu bois aniqlovchining so‘roqlari turlichadir: qanday? Qancha? qanaqa? qaysi? nechanchi? kimning? nimaning?, qaerning? va boshqalar.
Aniqlovchi doim aniqlanmishga bog‘liq holda qo‘llanib, undan oldin keladi. Aniqlovchi bilan aniqlanmish birgalikda aniqlovchili birikmani tashkil qiladi.
O‘zbekistnning joshqin, sho‘h bahori cho‘lga gul va ko‘kat sepini yoydi. (O).
Mazkur misolda O‘zbekistnning (qaerning?) qaratqichli aniqlovchi, joshqin, sho‘h (qanday?) sifatlovchi aniqlovchidir.
Aniqlovchi ikki xil bo‘ladi.
1. Sifatlovchi aniqlovchi.
2. Qaratqich (ko‘rsatuvchi) aniqlovchilar.
3. Sifatlovchi aniqlovchilar.
Predmetni belgisini, vaqtga va o‘ringa munosabatini, miqdor,tartibini bildiradigan aniqlovchilar sifatlovchi aniqlovchilar deyiladi. Sifatlovchi bog‘lanib kelgan so‘z sifatlanmish deyiladi. Masalan: Soyning tagida kom-kok suv oqib o‘tadi. Bunda kom-kok sifatlovchi, suv esa ifatlanmishdir.
Sifatlovchi quyidagi so‘z tur quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi:
1. Sifat bilan: Ufq qizil atlaslarga o‘ralib, oltin sochning yo‘llariga boqadi. (U).
2. Son bilan: O‘n ikki gektar er kaftdek tekkis qilib qo‘yilgan. Nilufar bu yil meditsina bilim yurtining ikkinchi kursini tugatdi.
3. Olmosh bilan: Qandaydir bolalar yugurib chiqdi. (O). Allaqanday xatni o‘qigan edim.
4. Ot bilan: Asfalt ko‘chaning y er-bu erida suv xalqob bolib yotardi. (U.X).
5. Sifatdosh bilan: Gurillagan shaboda ularning yuzlarini silay boshladi. (P.T).
6. Ravish bilan: Tog‘ning uzoq-yaqin yon bag‘irlarida yanada balandroq va daxshatliroq aks-sado eshitildi. (S.A).
7. Taqlid soz bilan: G‘uj-G‘uj qushlar daraxtlarda sayray boshladi.
Sifatlovchi aniqlovchi aniqlanmishga bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi. Sifatlovchi ba’zan yopiq holda, ya’nibirikma holda kelishi ham mumkin: Daladan guvirlab esgan shamol yalang koylakli qizlarni junjitdi. (O).
Yoki: Katta, gavdali, oppoq soqoli ko‘kragiga tushib turgan chol Berdiqulovga qaradi. (C.N).
Qaratqich aniqlovchilar:
Bir predmet yoki shaxsning boshqa bir predmet yoki shaxsga qarashli ekanini bildirgan aniqlovchi qaratqich aniqlovchi deuiladi. Masalan: Bu yilgi bahorning kech kelishi ko‘plarninig tinkasini quritdi. (S. Karomatov)
Yoki: Yomonning yaxshisi bo‘lguncha, yaxshining yomoni bo‘l. (maqol).
Birinchi gapda bahorning ko‘plarninig so‘zlari, ikkinchi gapda esa yaxshining va yomonning so‘zlari qaratqich aniqlovchidir.
Qaratqich aniqlovchilar quyidagicha ifodalanadi:
1.
Ot yoki uni o‘rnida qo‘llanuvchi olmosh bilan: Kishining muxim
burchlaridan biri – ota va onanig hurmatidir (Navoiy).
2. Otlashgan sifat bilan: Botirning mushti ham yarog‘. (maqol).
3. Otlashgan son bilan: Uning yarmi-besh.
4. Otlashgan sifatdosh bilan: O‘qiganning tili ko‘p uzun bo‘ladi. (Pulkan).
Bir qaratqich aniqlovchi bir necha qaralmish bilan bog‘lanib kelishi yoki, aksincha, bir qaralmish bir necha qaratqich bilan bog‘lanib kelishi mumkin.
Masalan: Mehmonlar orasida Xirotning olimlari, xofizlari ham ko‘pgina edi. (O).
2. Ayvonlarning shiftlariga ilingan osma chiroqlardan taralgan nurdan kechki olma va bexi gullari qorong‘ida yanada oqarib ko‘rinadi. (S.A.).
qaratqich aniqlovchi belgili yoki belgisiz bo‘ladi. Belgili bo‘lganda kelishik affikasi saqlanadi, belgisiz bo‘lganda esa bu affks saqlanmaydi: Maktabimiz bog‘I yildan-yilga yashnamoqda.
Izlar bo‘ldim Qoraxonnig qizini, Ot ko‘targan Zulfiqorning o‘zini. (Folklor)
Izohlovchi
Predmetni boshqa bir nom berish bilan aniqlaydigan bo‘lak izohlovchi deyilabi.
Masalan:
Professor Nazarov kirib keldi. (A).
Izohlovchi bog‘langan bo‘lak izohlanmish deyiladi. Izohlovchi aniqlovchi izohlanmish xilma-xil belgilarini bildiradi. Izohlovchilar, asosan ot bilan ifodalanib, quyidagi ma’nolarni bildiradi:
1. Unvonni: General Sobir Rahimov misilsiz qahramonlik ko‘rsatdi.
2. Mashg‘ulot, kasb, mutaxasislikni: Oshpaz kampir choy damlab keltirdi. (S.N).
3. Amalni: Yig‘ilishni shahar hokimi Qobilon ochdi
4. Jinsni: Og‘il bolalar ham, qiz bolalar ham sportga faol qatnashdilar.
5. Qarindoshlik yoki shunga o‘hshatilgan munosabatni: Xadicha hola ertalab biznikiga kirib keldi.
6. Laqabni: Ayvon pastida Soli sovuq bilan Juman pismiq qo‘l qovushtirib turdi.
7. Taxallusni: Kechada Toxir Usmon she’rlaridan o‘qildi.
8. O‘xshashlikni: Vatan – ona so‘zi naqadar laziz.
Rahmatulla Otaqo‘ziev Uyg‘un, Vatan-ona tipidagi izohlovchi va izohlanmish orasiga yozuvda defis qo‘yiladi.
|
| |