• Shaxsi
  • Shaxsi noaniq gap.
  • Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotlar




    Download 0,86 Mb.
    bet15/27
    Sana02.12.2023
    Hajmi0,86 Mb.
    #109478
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
    Bog'liq
    Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotla-fayllar.org

    2. Egasi topiladigan gap.
    Bir tarkibli gaplarning bu tipida ega bo‘lmaydi, lekin uni gapning kesimidan anglab olish mumkin. Bunda diqqat bajaruvchi shaxsga emas, balki harakatga qaratilgan bo‘ladi. Bunday bir tarkibli gaplarning bosh bo‘lagi, asosan fe’l bilan ifodalanadi. Egasi topiladigan gaplarda shaxs tasavvuri turlicha bo‘ladi. Mana shu jixatdan, bu gap tiplarni:
    1. shaxsi aniq
    2. shaxsi noaniq
    3. haxsi umumlashgan gaplarga ajratish mumkin.
    Shaxsi aniq gap.
    Kesim fe’l bilan ifodalanib, xarakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib tursa,bunday bir sostavli gaplarni shaxsi aniq gap deyiladi.
    Shaxsi aniq gapning kesmi quydagicha ifodalanadi:
    1. Aniqlik maylidagi fe’l bilan. Masalan: Sermanzara dalalarni tomosha qilib yuraman. (O) Yoppasiga xush kelibsizlar. (YA)
    2. Buyruq mayli shaklidagi fe’l bilan. Masalan: Endi o‘zingizning ishingiz xaqida gaplashib olaylik.(Tuyg‘un)
    3. Shart-istak maylidagi fe’l bilan. Masalan: Birodarlar, shu ishni birgalikda bajarsak.
    Shaxsi aniq gapning kesmi ba’zan ot kesim bo‘lishi xam mumkin.
    Shaxsi aniq gaplar badiy adabiyotda, ayniqsa, dialog formasidagi nutqda ko‘p qo‘llanadi.
    Shaxsi noaniq gap.
    Kesim fe’l bilan ifodalanib, shaxsni aniq ko‘rsatib turmaydigan bir sostavli gap shaxsi noaniq gap deyiladi.
    Shaxsi noaniq gapning bosh bo‘lagi uchinchi shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Lekin bajaruvchi shaxs noaniq bo‘ladi.
    Shaxsi noaniq gapning kesmi quydagicha ifodalanadi.
    1.Aniqlik mayli formalari bilan. Masalan: Yoshlik xotirasini yozilmagan oq varoq deyiladi. (Shuxrat). Bu yigitni muncha qiynashadi.
    2.Buyruq istak maylining 3-shaxs formasi bilan. Masalan: Sen borib xabar ber, yana bizni qidirib yurishmasin.
    3.Shart istak maylining 3-shaxs formasi bilan: Kitob yog‘ochmidiki, uni tesha bilan chopsa (X.G)
    Bu gaplarning hammasida ham bosh bo‘lak 3-shaxs formasidagi fe’l bilan ifodalangan. Lekin ularda harakatni bajaruvchi shaxs noma’lum. Bunday konstruksiyali gaplarda diqqat harakatga qaratilgan. Bularda ega tushirilgan deb bo‘lmaydi.
    Shaxsi noaniq gaplar shaxsi aniq gaplarga qaraganda kam qo‘llaniladi. Bu tip gaplar ilmiy adabiyotlarda qo‘llanilmaydi.

    Download 0,86 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




    Download 0,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotlar

    Download 0,86 Mb.