|
Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotlar
|
bet | 17/27 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #109478 |
Bog'liq Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotla-fayllar.org4. Nominativ gap
Bosh kelishikdagi ot yoki otlashgan so‘z bilan ifodalanib, predmet yoki voqea- xodisalarning mavjudligini tasdiqlovchi bir sostavli gap nominativ gap deyiladi.
Nominativ gaplarda fikrning nisbiy tugalligi predikativlik intonasiya orqali ifoda qilinadi. Intonasiya bunday gaplarda birinchi darajali rol o‘ynaydi.
Oddiy so‘z intonatsiya tufayli gapga aylanadi.Nominativ gap yakka xolda qo‘llanilmaydi, undan keyin boshqa bir tipdagi gap keladi.
Nominativ gaplar quydagilarni ifoda qiladi.
1.Tasviriylikni ifoda qiladi: Martning oxiri. Kunduz soat uch chamasi. Yangi shaxar ko‘chalari. Ilk baxor shamollari yoqimli esadi. Jo‘raxonning uyi. Yorug‘. Ozoda. Birinchi xona. Bir chetida pianino. Xonaga kichik koridorlardan kiriladi.
2. Ko‘rsatishni ifoda qiladi. Mana, Kratoy. U jamiki boylarga o‘t bilan suvday.
3. Baxolashni ifoda qiladi. Bunga turli ekspressiv ottenka (shodlanish, afsuslanish, taajublanish kabilar) ni ifoda etuvchi gaplar kiradi.
“Voy bechora!”-dedi Gulsunbibi birdan. (O) Nominativ gap bosh kelishikdagi ot, otlashgan so‘z,olmosh, son kabi so‘zlar bilan ifodalanadi.
A) ot bilan: Qish. Xamma yoqni qor qoplagan.
B) otlashgan so‘z bilan : Mana beshinchilar. Xammaning diqqat-e’tibori maydonga kirib kelgan voleybolchilarga qaratildi.
V) olmosh bilan: Ana u! Yurak urishlar bilan zoriqib, zoriqib kutganim Saodat ! (G‘.G‘)
Nominativ gap quydagi semenatik xususyatlarga ega.
1. Konkret predmetlarning mavjudligini tasdiqlaydi.
Mana qip-qizil gullar. Bulardan atir xidi anqiydi.
2.Turli abstrakt predmetlarning mavjudligini tasdiqlaydi.
Ingilzlarning ko‘rsatgan marxamati. Mana ko‘ring . (YA)
3.Turli onomistik- topominik xarakterdagi predmetlarning mavjudligini tasdiqlaydi. Cheksiz Qoraqum. Eski xarob bir qo‘rg‘on. Vaq saxardan oshgan. (YA)
4. Kishilik olmoshlari orqali ifodalangan shaxslarning mavjudligini tasdiqlaydi. Mana men ! Xozir qarasang menga o‘xshaganlar. (O)
5. O‘rin-joyning mavjudligini tasdiqlaydi. Zindon. Kishanlangan maxbuslar uyquda.
6. Turli tabiat xodisalarini mavjudligini aniqlaydi. Kuchli yomg‘ir. Tezda ariqlarga suvlar tosha boshladi.
Nominativ gap yig‘iq gap yoki yoyiq bo‘lishi mumkin.
Maslan: Yig‘iq : Kuz. Atrofda ish qizg‘in.
Yoyiq : Qum-qum dala. Orqadan otliq askarlar kelib
qoldi.
|
| |