|
Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotlar
|
bet | 20/27 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #109478 |
Bog'liq Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotla-fayllar.org1) sifat bilan: Quyoshning issiq, tansiq nurlari odamlarga xush yoqadigan bo‘lib qoldi. (O‘.Hoshimov). Rang-barang gullar, har xil ekinlar, bog‘lar, suvlar quyoshda yashnab tovlanadi (Oybek). Yaxshi so‘z, yaxshi muomala, ishq-muhabbat – insonni insonga, qalbni qalbga bog‘laydigan sehrli ip. (Sh.Ubaydullayev).
2) son bilan: Ikkita zog‘ora non bilan to‘rtta turshakni dasturxonga qo‘yib tamaddi qilgan bo‘ldim. (O‘.Hoshimov). Birinchi qor ham shu tepalik boshiga yog‘adi, birinchi maysalar ham Xirmontepa bag‘rida ko‘karadi. (O‘.Hoshimov). Uch-to‘rtta yirik-yirik qora qushlar nimanidir mo‘ljalga olib shoshilmay aylanishadi. (P.Qodirov).
3) olmosh bilan: Allaqaysi dengiz qushlarining odati qiziq ekan. (O‘.Usmonov) Har bir qiyinchilikdan so‘ng bir rohat bor. (Maqol).
4) ot bilan: Asfalt ko‘chaning u er bu erida suv xalqob bo‘lib yotardi. (O‘.Hoshimov). Kumush so‘zingni chaqaga mayda qilma. (Maqol).
-dagi affiksini olgan otlar ham sifatlovchi vazifasini bajaradi. Masalan: Uydagi har bitta buyum Ma’sudani esimga soladi. (P.Q.). Toshkentlik yosh olim... atrofdagi cho‘ponlarni to‘plab, ziyofat qilib bermoqda... edi. (P.Q.).
5) sifatdosh bilan: Unda dam oladigan va yo tunab qoladigan manzil yo‘q. (K.Yashin). Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt. (Maqol).
6) ravish bilan: Ko‘p befoyda narsalarni o‘rganganingdan ko‘ra senga doimo xizmat qiladigan besh-o‘nta yaxshi o‘gitni bilganing ma’qulroq. (Seneka).
7) taqlid so‘z bilan: G‘ir-g‘ir mayin bahor shamoli. (Oybek). Bir gala o‘rdak kanal bo‘yiga tushdi. Bularning g‘aq-g‘uq ovozi ancha vaqtgacha bosilmadi. (S.Ahmad).
Sifatlovchi ba’zan so‘z birikmasi bilan ham ifodalanadi. Masalan: Qarama-qarshi turgan ikki eshikning birini shaxt bilan ochdi... (P.Qodirov). Dunyoda xushfe’l, olijanob, hamisha ezgu niyat bilan ish qiladigan odamlar juda ko‘p (O.Husanov).
Sifatlovchi vazifasini gapga teng predikativ birliklar ham bajarishi mumkin: Himmati zo‘r kishining qimmati zo‘rdir. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
|
| |