Masalan: Elmurod tabora kunlarni qanday o‘tayotganini sezmay qoldi. (P.T). Vositasiz va vositali to‘ldiruvchilar




Download 0,86 Mb.
bet6/27
Sana02.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#109478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotla-fayllar.org

Masalan: Elmurod tabora kunlarni qanday o‘tayotganini sezmay qoldi. (P.T).
Vositasiz va vositali to‘ldiruvchilar
To‘ldiruvchi o‘zi tobelanib kelgan gap bo‘lagi bilan bog‘lanib kelishiga ko‘ra ikki hil bo‘ladi.
a) Vositasiz to‘ldiruvchi.
b) Vositali to‘ldiruvchi.
Vositasiz to‘ldiruvchi.
Vositasiz to‘ldiruvchi harakatni o‘ziga bevosita qabul qilgan predmetni ifodalab, kimni? Nimani? Qaerni? degan so‘roqlarni biriga javob bo‘ladi.
Vositasiz to‘ldiruvchi tushum kelishigidagi so‘z bilan ifodalanadi.
Masalan:
Bolalar paraxod modelini yasadilar. Opa, menga o‘sha Omonimni kuy, menga o‘sha o‘sha yomonimni kuy. (X.O).
Uyqu arslonni ham yiqitar. (maqol).
Vositasiz to‘ldiruvchi ba’zan chiqish kelishigi so‘z bilan ham ifodalanishi mumkin. Bunday hollarda harakat predmetning bir qismiga o‘tganligi ifoda qilinadi: Elmurod odatdagiday, brigadaga gazeta yangiliklaridan o‘qib berdi. (P.T)
Vositasiz to‘ldiruvchi bo‘lib kelgan soz tushum kelishik affikasini hamma vaqt ham olavermaydi, ayrim hollarda tushum kelishigi qo‘shimchasiz kelishi ham mumkin. Albatta bu holat ma’no va grammatik talabga ko‘radir.
So‘zlovchi va tinglovchi avvaldan ma’lum bo‘lgan predmet, voqea xodisa yoki belgi ifoda qilinganda, tushum kelishigi affiksi saqlanadi, predmet, voqea-hodisa, belgilar yoki predmetlarning biror turi umuman ifoda qilinganda, tushum kelishigiaffiksi tushiriladi.
Qiyoslang:
Zulfiya bobsidan eshitgan hikoyalarni so‘zlab berdi. (Gaz).
Botir anchagacha elektr yorug‘ida kitob o‘qidi. (S.N).
Vositasiz to‘ldiruvchi quyidagi hollarda tushum kelishigi affiksini saqlaydi:
1. Atoqli ot, kelishik olmoshlari bilan ifodalanganda. Lolani barcha gullar kutib olishdi. (Sh.R). Meni hamma qarsaklar bilan kutib oldi.
2. Ko‘rsatish olmoshi, sifat va sifatdosh bilan ifodalangan aniqlovchisiga ega bo‘lsa:
Egilgan boshni qilich kesmas. (maqol). Men bu kitobni ilgari o‘qigan edim.
3. Kesm bilan vositasiz to‘ldiruvchi orasida boshqa so‘z kelganda: Tog‘u toshni suv buzar el orasini so‘z buzar. (maqol).
4. Otlashgan so‘zlar bilan ifodalanganda: O‘qiganni hamma hurmat qiladi.
5. Egali affiksini olib kelganda: Saodat qizining shirin uyquda engil nafas oloshini anchagina tomosha qildi. (I.R).
6. Vositasiz toldiruvchiga alohida diqqat qilinganda: Behuda harakat belni sindirar. (maqol).
Vositali to‘ldiruvchi
Vositali to‘ldiruvchi bosh, qaratqich, tushum kelishiklaridan boshqa kelishikdagi so‘zlar bilan hamda ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar bilan ifodalanadi. Ularning ma’nolari, ifodalanishi, so‘roqlari ham turlichadir.
1. Kelishik affikslari bilan lfodalangan vositali to‘ldiruvchilar:
1) Jo‘nalish kelishikdagi so‘z bilan ifodalangan to‘ldiruvchilar harakatning kimga yoki nimaga qaratilganligini ifoda qilib, kimga? Nimaga? So‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Sevgi pulga sotilmas, ko‘ngil pulga topilmas. (maqol).
Vositali to‘ldiruvchining bu turli atash ma’nosini ham ifodalaydi.
Men bu sovg‘ani ukamga oldim.
2) Chiqish kelishigidagi so‘z bilan ifodalangan to‘ldiruvchilar kimdan? Nimadan? So‘roqlarining biriga javob bo‘lib, quyidagi ma’nolarni ifodalaydi.
a) predmetning chiqish o‘rnini.
Odam odamdan baxra oladi. (A.K.).
b) Qiyoslash ma’nosi.
Otaning mehridan ustozning jabri abzal. (S.Z).
v) to‘da va bo‘lakdan ajratib ko‘rsatish ma’nosini:
axmedov gapni Kapsancilar qishlog‘ining tarixidan boshladi. (A.K).
g) predmetning nimadan tayyorlanganligini: O‘quv xonasi betondan qilingan.
d) Harakatning bajarilishida vosita bo‘lgan predmetni:
Komandir avtomatdan osmonga o‘q uzdi.
O‘rin kelishigidagi so‘z bilan ifodalangan to‘ldiruvchilar kimda? Nimada? so‘roqlarining biriga javob bo‘lib, harakatning yuz berish o‘rnini ifodalaydi. Bunda:
a) harakatning yuz berish o‘rni ifodalanadi: Dilshodda yoshlikdan ilmga havas bor edi. (M.I).
b) Harakatning bajarilishida vosita bo‘lgan predmetni ifodalaydi: Mehmonlar belgilangan manzilga mashinada etib bordilar.
2. Ko‘makchi so‘z bilan ifodalangan to‘ldiruvchilar:
1) To‘g‘risida, ustida, haqida kabi komakchi ishlatilsa, to‘ldiruvchi harakatni kim yoki nima haqida ekanligini ifoda qilib, kim to‘g‘risida? nima haqida? so‘roqlarining biriga javob bo‘ladi. Institutda Alisher Navoiy haqida baxs-munozara bo‘lib o‘tdi.
2) Uchun ko‘makchi ishlatilsa, to‘ldiruvchi ko‘pincha atash ma’nosini ifodalab nima uchun? Kim uchun? so‘roqlarining biriga javob bo‘ladi: O‘zbekiston mustaqilikka erishgach, oddiy xalq uchun, etim-esirlar uchun talaygina tadbirlar o‘tkazildi.
3) Bilan ko‘makchi ishlatilsa, to‘ldiruvchi kim bilan? nima bilan? so‘roqlarining biriga javob bo‘lib, haraktatni yuzaga kelishida birgalikda ifoda qiladi: Osh egasi bilan shirin. (maqol). Adirlar maysalar bilan qoplangan.

Download 0,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 0,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masalan: Elmurod tabora kunlarni qanday o‘tayotganini sezmay qoldi. (P.T). Vositasiz va vositali to‘ldiruvchilar

Download 0,86 Mb.