Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotlar




Download 0,86 Mb.
bet26/27
Sana02.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#109478
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotla-fayllar.org

Toʻldiruvchi (tilshunoslikda) — gapning ot yoki otlashgan soʻz bn ifodalanadigan, harakatning obʼyekti boʻlgan predmetni koʻrsatib, asosan kesimga bogʻlanadigan boʻlagi. U oʻzi bogʻlangan soʻz kesimga nisbatan grammatik tobe munosabatda boʻladi. Boshqaruvchi soʻzga bogʻlanish xarakteriga koʻra, Toʻldiruvchi 2 xil boʻladi; vositasiz Toʻldiruvchi va vositali Toʻldiruvchi Vositasiz Toʻldiruvchi tushum kelishigidagi soʻz bn ifodalanadi va harakat bevosita yoʻnaltirilgan obyektni koʻrsatadi, oʻtimli feʼl kesimga bogʻlanib, kimni? nimani? qayerni? soʻroqlariga javob beradi. Qiyoslang: Vali akasini koʻrdi. Tushum kelishigi belgisiz ham qoʻllanishi mumkin; Karim kitob sotib oldi. Vositali Toʻldiruvchi joʻnalish, chiqish va oʻrinpayt kelishiklaridagi soʻzlar yoki koʻmakchi olgan soʻz bn ifodalanib, harakat holat bevosita yoʻnaltirilmagan obʼyektni anglatadi. Masalan: Akamga shaxmat oʻyini yoqadi; Bizdan doʻstlarga salom deng; Karim ruchka bn yozdi.
Toʻldiruvchi fe’lga bog‘lanib, kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kim bilan? nima bilan? kabi so‘roqlarga javob bo‘luvchi gap bo‘lagidir. Masalan: Bu 𝘀𝗼'𝘇𝗱𝗮𝗻 Usmon ajablandi. E’tibor bering: Men undan (kimdan?) so‘radim. Mehringni qo‘yib, bunchalar saralab gul (nimani?) terding kimga? Gulidan (nimadan?) ko‘zini (nimani?) uzmayin singlim asta javob berdi: — O‘qituvchimga (kimga?) To‘ldiruvchi doimo gapning kesimi bilan bog‘lanadi. Agar u bog‘langan so‘z kesim bo‘lib shakllanolmagan bo‘lsa, ana o‘sha so‘z bilan birgalikda kesimga nisbatan bitta gap bo‘lagi vazifasida keladi. Bunday vaqtda u gapning emas, bo‘lakning bo‘lagi bo‘ladi. Masalan: Onamdan eshitgan gaplarni aytdim. Bu yerda onamdan eshitgan gaplarni birikmasi nimalarni? so‘rog‘iga javob bo‘lib, kesimga bir butun holda bog‘lanadi. Shunday qilib, to‘ldiruvchilar kesimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
1) mustaqil to‘ldiruvchi
2) nomustaqil to‘ldiruvchi.
Esda saqlang:
1) To‘g‘ridan-to‘g‘ri kesimga bog‘lanib keluvchi to‘ldiruvchilar mustaqil to‘ldiruvchi sanaladi.
2) Kesim vazifasida kelmagan fe’lga tobe bog‘lanib kelgan to‘ldiruvchilar nomustaqil to‘ldiruvchilar deyiladi.
To‘ldiruvchi ikki guruhga bo‘linadi:
1) Vositasiz to‘ldiruvchi
2) Vositali to‘ldiruvchi
1) Vositasiz to‘ldiruvchi belgili va belgisiz tushum kelishigi shakllar bilan ifodalangan to‘ldiruvchidir. Kimni? nimani? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan so‘zlar bilan birikma hosil qiladigan fe’llar o‘timli fe’llardir: Qarilari kutadi mehmon (ot), pazandasi yopadi shirmon (ot) ...
2) Vositali to‘ldiruvchi hokim so‘zning kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kim uchun? nima uchun? kim haqida? nima haqida? kim bilan? nima bilan? kabi so‘roqlarga javob bo‘lib keladigan kengaytiruvchilaridir. Vositali to‘ldiruvchi jo‘nalish, chiqish, ba’zan o‘rin-payt kelishiklari yoki uchun, bilan, orqali, xususida kabi ko‘makchilarni olgan so‘zlar yoki so‘z birikmalari bilan ifodalanad: Qizg‘ish – pushtidan to‘qroq, qizildan ochroq rang. ...

ХULОSА
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi "Oliy ta`lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g`risida"gi PF-4732-son farmoniga ko‘ra mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarining rahbar va o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini tashkil etish borasidagi ishlarni aniq va samarali muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida doimiy faoliyat yuritadigan Idoralararo komissiya tashkil etildi va uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatildi:
- oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining zamonaviy talablarga muvofiq o‘z kasb darajasini muntazam oshirib borishdan manfaatdorligiga alohida e`tibor qaratgan holda, oliy o‘quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha mazkur Farmonda ko‘zda tutilgan vazifalar bajarilishining tegishli nazoratini ta`minlashni tashkil etish;
-oliy o‘quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha Tayanch oliy o‘quv yurtlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning o‘quv-uslubiy va moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashga ko‘maklashish;
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, men ham mazkur farmon ijrosi yuzasidan "O‘zbek tilshunosligi" yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oldim. Kurs ishining mavzusi ixtisoslik fanini o‘qitishda grafik organayzerlardan foydalanish masalalarini yoritishga bag`ishlanadi.
Mavzuni o‘rganish natijasida o‘qituvchi mahoratli pedagog sifatida quyidagi talablarga javob berishi lozimligi haqida xulosalarga keldim:
1. Yuksak pedagogik mahorat har bir o‘qituvchining shaxsiy e`tiqodi va ehtiyojiga aylanishi.
2. O‘qituvchida pedagogik mahorat egallash uchun bilim, ko‘nikma, malakalar shakllangan bo‘lishi.
3. O‘qituvchi pedagogik mahorat egasi bo‘lishi uchun tinmay izlanishi, pedagogik-psixologik, usuliy ma`lumotlarni faoliyatning bosh mezoni deb bilishi.
4. Muntazam ravishda o‘z faoliyati oldida turgan vazifalarni yangicha yo‘l bilan hal etishga intilishi.
5. Pedagogik mahoratni bosqichma-bosqich qo‘lga kiritish uchun tizimli mustaqil ish olib borishi.
6. Muntazam o‘z faoliyati natijalarini tahlil qilish malakalari shakllangan bo‘lishi.
7. Ilg`or, ijodkor pedagoglar faoliyatini o‘rganib shaxsiy faoliyatga imkoniyati chegarasida qo‘llash malakasi hosil bo‘lgan bo‘lishi;
8.O‘qituvchining mustaqil bilim olishi, ilg`or pedagogik tajribalarni o‘rganib, faoliyatga qo‘llashi uchun shart-sharoitlar yaratishi;
9. O‘qituvchi shaxsiy pedagogik tajribaga ega bo‘lishi va h.k.
Zаmоnаviy tа’limni tаshkil etishgа qo‘yilаdigаn muhim tаlаblаrdаn biri оrtiqchа ruhiy vа jismоniy kuch sаrf etmаy, qisqа vаqt ichidа yuksаk kаfоlаtli nаtijаlаrgа erishishdir, bu tаlаbni yuzаgа keltirishdа pedteхnоlоgiyalаr to‘lа ishоnchli vоsitа bo‘lа оlаdi. Kurs ishidа tаvsiya qilingаn interfаоl metоdlаrdan o‘rinli, mаqsаdli, sаmаrаli foydalanish tа’lim оluvchidа mulоqоtgа kirishuvchаnlik, jаmоаviy fаоliyat yuritish, mаntiqiy fikrlаsh, mаvjud g`оyalаrni sintezlаsh, tаhlil qilish, turli qаrаshlаr оrаsidаgi mаntiqiy bоg`liqlikni tоpа оlish qоbiliyatlаrini tаrbiyalаsh uchun keng imkоniyat yarаtishgа хizmаt qilаdi.
Ishimizning tаvsiyalаri tаlаbаlаrni kichik guruh vа jаmоаdа ishlаsh, o‘rgаnilаyotgаn mаvzu, muаmmоlаr bo‘yichа shахsiy qаrаshlаrini dаdil, erkin ifоdаlаsh, o‘z fikrlаrini himоya qilish, dаlillаr bilаn аsоslаsh, tengdоshlаrini tinglаy оlish, g`оyalаrni yanаdа bоyitish, bildirilgаn mаvjud mulоhаzаlаr оrаsidаn eng mаqbul yechimni tаnlаb оlishgа rаg`bаtlаntirish imkоniyatigа egаligi bilаn аlоhidа аhаmiyat kаsb etа оladi.


Download 0,86 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Download 0,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarij a kirish I bob. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumotlar

Download 0,86 Mb.