• Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida amalga oshirilgan islohotlar . TAYANCH TUSHUNCHALAR
  • Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasiga ko’ra
  • -MAVZU: QORAQALPOG’ISTON MUSTAQILLIK YILLARIDA




    Download 0.74 Mb.
    bet14/53
    Sana13.05.2022
    Hajmi0.74 Mb.
    #21042
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
    Bog'liq
    умк
    Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari, algatirm mazmua, Adabyotlar, Impuls diodning tavsiflarini o, 1 laborotoriya ishi O\'zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish, Rezistorlar va ularning turlari, Mashinasozlik materiallari fan dasturi, Davomat jadvali, 2-lab.ishi, 8-lab.ishi, IELTS SPEAKING IDIOMS, Part2 Speaking, payvandlash topshiriq, 4-topshiq
    10-MAVZU: QORAQALPOG’ISTON MUSTAQILLIK YILLARIDA.
    REJA:

    1. Qoraqalpog`iston Respublikasi- ko‘hna zamin, yuksak salohiyatli diyor.

    2. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasininghuquqiy maqomi.

    3. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida amalga oshirilgan islohotlar.

    TAYANCH TUSHUNCHALAR:
    Qoraqalpog‘iston Respublikasining joylashuvi, hududi, aholisi, Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyasi, Jo’qorg’i Kenges, sanoat korxonalari,ta’lim muassalari faoliyati, “Qoraqalpog‘iston davlat suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiya”, “Shomanay meridian” MCHJ, Qo‘ng‘irot soda zavodi,
    Ustyurt gaz –kimyo zavodi, “Nukus farm” erkin iqtisodiy zonasi, xorijiy investisiyalar, M-37 xalqaro trassasi.
    1.Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbiy qismida, Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan bo‘lib, katta salohiyatga ega hudud sanaladi. Respublika janubiy-g‘arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoliy-g‘arbida Ustyurt tekisligi, shimoliy-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi.Darhaqiqat, bu sehrli o‘lka o‘zining betakror tabiati, foydali qazilmalarga boy cheksiz kengliklari bilan ham ajralib turadi. Umumiy yer maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo‘lgan mazkur hudud o‘zining kattaligi jihatdan O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi. Aholisi 1 million 861 ming kishidan ziyoddir.
    Mustaqillik yillari butun mamlakatimizga, har bir hudud va mintaqaga bunyodkorlik va yangilanishlar boshlab kelganining tasdig`ini O`zbekistonimizning shimoliy qismida joylashgan Qoraqalpog`iston Respublikasi misolida ham yaqqol ko`rish mumkin. Ma`lumki, saxovatli va betakror qoraqalpoq diyori mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojida alohida o`rin tutadi. Bu haqda so`z yuritganda, Muhtaram
    Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug`anievich Karimovning “Qoraqalpoq xalqi doimo yurtimizning tayanch tog`laridan hisoblangan” degan so`zlarini esga olish o`rinlidir. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida boshqa mintaqalarimiz qatori Qoraqalpog`istonning rivojlanishiga ham ulkan e`tibor berilmoqda. Aynan ana shunday e`tibor tufayli bugungi kunda respublika poytaxti – Nukus shahridan boshlab, tumanlar markazlari, shahar va qishloqlar, hatto chekka ovullargacha har tomonlama o`zgarib, rivojlanib bormoqda. Bunda, ayniqsa, davlatimiz rahbari Shavkat Miromoniovich Mirziyoevning bevosita tashabbusi bilan ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilayotgan Qoraqalpog`iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aytish kerakki, bu dasturlar respublikani asrlar davomidagi oddiy agrar o`lkadan zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalar, transport-kommunikatsiya tarmoqlari, yuksak malakali kadrlarga ega bo`lgan qudratli mintaqaga aylantirishni nazarda tutadi. Dasturlarning bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etilishi natijasida qoraqalpoq zamini bugungi kunda tanib bo`lmas darajada o`zgarib, yildan-yilga chiroy ochib, barqaror sur`atlarda rivojlanib borayotgan diyorga aylandi. Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan iqtisodiy-ijtimoiy o`zgarishlar, qurilish va obodonchilik ishlarini sanab adog`iga etib bo`lmaydi. O`rta Osiyoda yagona bo`lgan, sahro bag`ridagi mo``jiza deb nom olgan Qo`ng`irot soda zavodi, Ustyurt gazximiya kompleksi, Nukus polimer, Samsung-Nukus, Nukus elektroapparat, «Lanextrakt» qoshma korxonasi, «Nukus Med Tex» MChJ, «To’rtko’l shisha idishlari» MChJ, Xo`jayli shisha zavodi, “Markaziy Osiyo bezak toshlari” qo`shma korxonasi, Qo`ng`irotdagi karbid, Nukusdagi marmar va kabel` zavodlari, O`rga gaz koni, “Elteks” va “Kateks” majmualari kabi zamonaviy ishlab chiqarish ob`ektlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali, Olimpiya zaxiralari kolleji binolari, 345 kilometrlik Navoiy – Nukus temir yo`li, Nukus bilan Xo`jaylini bog`laydigan ulkan ko`prik, Qo`ng`irot avtomobil` yo`li, o`nlab umumta`lim maktablari va maktabgacha ta`lim muassasalari, litsey va kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va san`at maktablari singari ko`plab inshootlar – bularning barchasi istiqlol mevasidir. Milliy avtomagistral qurilishida ro`y bergan ulkan voqealardan biri – bu shu yo`lning Nukus shahriga kiraverishida yangi ko`prik va chorraha yo`lning qurilishidir. Shuni ham alohida ta`kidlab o`tishimiz kerak, Muhtaram Birinshchi Prezidentimizning tashabbusi bilan tamal toshi qo`yilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasining qurilishi bugun dunyo xalqlari e`tiborini jalb etmoqda. Eng muhimi, qoraqalpoq xalqi asrlar davomida orzu qilib, intilib kelgan ezgu maqsadiga etdi – ozod va erkin, tinch-osuda hayotga erishdi, o`z tarixi, madaniy merosi, milliy an`ana va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish, o`zligini anglash imkoniga ega bo`ldi. Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekistonning shimoliy-g`arbiy qismida, Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika janubi-g`arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoliy-g`arbida Ustyurt tekisligi, shimoliysharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan. Qoraqalpog`istonning umumiy er maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo`lib, u hududining kattaligi jihatdan O`zbekiston Respublikasi viloyatlari o`rtasida birinchi o`rinda turadi. Respublika aholisi 2018 yil 1 aprel holatiga 1 million 800 ming kishidan ziyoddir. Respublikaning ma`muriy-hududiy tuzilmasi 15 ta tuman va 1 ta shahardan iborat.
    Bular Amudaryo, Beruniy, Qorao`zak, Kegeyli, Qo`ng`irot, Qonliko`l, Mo`ynoq,
    Nukus, Taxtako`pir, To`rtko`l, Xo`jayli, Taxiyotosh, Chimboy, Sho`manoy, Ellikqal`a tumanlari va Nukus shahridir. Qoraqalpog`iston O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi parlament boshqaruv shakliga ega bo`lgan suveren respublikadir. Qoraqalpog`iston o`z Konstitutsiyasi, bayrog`i, gerbi va gimniga ega. Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Respublikada umumiy rahbarlik Jo`qorg`i Kenges Raisi – Qoraqalpog`iston Respublikasi parlamenti Raisi tomonidan amalga oshiriladi. Respublikaning oliy ijroiya hokimiyati Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tasdiqlangan Vazirlar
    Kengashi hisoblanadi. Respublika Vazirlar Kengashi tarkibiga Kengashining Raisi, Raisning o`rinbosarlari, vazirlar, davlat qo`mitalari raislari, yirik kontsern va birlashmalar rahbarlari kiradi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi o`z vazifasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi. O`zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpog`iston Respublikasining doimiy vakolatxonasi faoliyat ko`rsatadi.
    2. 1990-yil iyun oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiya”, 1990-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Qoraqalpog‘iston davlat suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiya”lar Qoraqalpog’iston Respublikasining huquqiy maqomini belgilab beruvchi hujjatlardir.
    O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasiga ko’ra,
    Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining tarkibiga kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi
    Konstitutsiyaning ushbu moddasi quyidagilarni anglatadi:

    • Qoraqalpog‘istonni suveren respublika ekanligini;

    • U O‘zbekistontarkibiga kirganligini;

    • Qoraqalpog‘istonning suvereniteti O‘zbekiston tomonidan muhofaza qilinishini belgilaydi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi, suverenitetini belgilab beruvchi qoidalar O‘zbekiston ‘iston Konstitutsiyasining quyidagi normalarida belgilab berilgan:
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasiga ega. Chunki Konstitutsiya har qanday davlatni suverenligini ko‘rsatuvchi asosiy shart hisoblanadi (Konstitutsiyaning 71-moddasi);
    Qoraqalpog‘iston Respublikasining ‘z Konstitutsiyasini xalq xohish-irodasiga mos ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasining Oliy hokimiyat organi qabul qilgan;
    Qoraqalpog‘istonRespublikasi o‘z hududiga va chegarasiga ega;
    Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududi va chegaralari uning roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emas. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z ma'muriy to‘zilishi masalalarini mustaqil hal qiladi (Konstitutsiyaning 73-moddasi);

    • Qoraqalpog‘iston Resnublikasi o‘zini Oliy hokimiyat organlariga ega va ularni tashkil qilish o‘z Konstitutsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.

    Qoraqalpog‘istonning suveren davlat ekanligini tasdiqlovchi eng muhim qoida
    “Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega”ligidir (Konstitutsiyaning74-moddasi).

    Download 0.74 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




    Download 0.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU: QORAQALPOG’ISTON MUSTAQILLIK YILLARIDA

    Download 0.74 Mb.