O’zbekistonning Rossiya bilan hamkorligi




Download 0.74 Mb.
bet20/53
Sana13.05.2022
Hajmi0.74 Mb.
#21042
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   53
Bog'liq
умк
Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari, algatirm mazmua, Adabyotlar, Impuls diodning tavsiflarini o, 1 laborotoriya ishi O\'zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish, Rezistorlar va ularning turlari, Mashinasozlik materiallari fan dasturi, Davomat jadvali, 2-lab.ishi, 8-lab.ishi, IELTS SPEAKING IDIOMS, Part2 Speaking, payvandlash topshiriq, 4-topshiq
O’zbekistonning Rossiya bilan hamkorligi. Dekabrdagi uchrashuvda «O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasida harbiy va harbiytexnikaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to’g’risida shartnoma» imzolangan bo’lsa, may oyidagi muzokaralar nihoyasida ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida «O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilmalari Rossiya Federatsiyasi sub’ektlari o’rtasida hamkorlikni kengaytirish to’g’risida bitim», «Xalqaro avtomobil qatnovi to’g’risida bitim» imzolandi. Shu tariqa, O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi o’zaro manfaatli aloqalar yangicha mazmun kasb etmoqda. Ikki mamlakat o’rtasida turli maqsadlarga yo’naltirilgan 150 ta hujjatlar imzolangan. O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2000 yilda 1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.
O’zbekistonda 520 ta O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonasi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi firma va kompaniyalari ro’yxatga olingan. Rossiyada esa O’zbekiston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 250 ga yaqin qo’shma korxona mavjud. O’zbekiston Rossiyadan mashinalar va jihozlar, kimyo maxsulotlari va plastmassa, qora metall va boshqa tovarlar sotib olib, Rossiyaga turli mashina va jihozlar, paxta tolasi, xizmatlar, oziq-ovqat mollarini eksport qiladi. O’zbekiston Prezidenti I.Karimovning 2001 yil 35 may kunlari, 2004 yil aprel oyida Rossiyaga tashrifi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putin 2004 yil iyun oyida O’zbekistonga tashrifi ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlikni yangi pog’onaga ko’tardi. 2004 yil 16 iyunda O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida strategik sherikchilik to’g’risida bitim imzolandi. 15 moddadan iborat mazkur bitim o’zaro xavfsizlikni ta’minlash, global tahdidlarga qarshi harakat qilish, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan strategik sherikchilikning mustahkam poydevori bo’lib xizmat qiladi. Uchrashuv davomida O’zbekiston Respublikasi bilan
«Lukoyl» neft kompaniyasi OAJ hamda «O’zbek neft-gaz» milliy xolding kompaniyasi bilan «Gazprom» ochiq aktsiyadorlik jamiyati o’rtasida mahsulot taqsimotiga oid bitim imzolandi. Bu hujjat Rossiya tomonidan O’zbekiston yoqilg’ienergetikasi sohasiga qariyb 1 mlrd. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritishni nazarda tutadi. Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo hajmi 2003 yilda 1 mlrd. 149 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekiston Rossiya o’rtasidagi munosabatlar tom ma’nodagi teng huquqlilik, o’zaro manfaatdorlik, bir-birlarining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini hurmat qilish tamoyillari asosida chuqurlashib bormoqda. O’zbekiston bilan Ukraina o’rtasida davlatlararo munosabatlarga asos solishda I.Karimovning 1992 yil avgust oyida Kievga rasmiy davlat tashrifi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Tashrif chog’ida, 25 avgust kuni O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Ukraina Prezidenti Leonid Kravchuk

Download 0.74 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   53




Download 0.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekistonning Rossiya bilan hamkorligi

Download 0.74 Mb.