O’zbekiston bilan Ukraina o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnomani imzoladilar




Download 0.74 Mb.
bet21/53
Sana13.05.2022
Hajmi0.74 Mb.
#21042
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
Bog'liq
умк
Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari, algatirm mazmua, Adabyotlar, Impuls diodning tavsiflarini o, 1 laborotoriya ishi O\'zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish, Rezistorlar va ularning turlari, Mashinasozlik materiallari fan dasturi, Davomat jadvali, 2-lab.ishi, 8-lab.ishi, IELTS SPEAKING IDIOMS, Part2 Speaking, payvandlash topshiriq, 4-topshiq
O’zbekiston bilan Ukraina o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. Shuningdek, ikki davlat o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatish to’g’risida protokol va savdo iqtisodiy hamkorlik bitimi imzolandi. 1995 yil 20-21 iyun kunlari Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma O’zbekistonda bo’ldi. Ikkala davlat Prezidentlari tomonidan O’zbekiston-Ukraina hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish yo’llari to’g’risida Deklaratsiya, O’zbekiston bilan Ukraina o’rtasidagi iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish to’g’risida shartnomani imzoladilar. Safar chog’ida O’zbekiston va Ukraina hukumatlari o’rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitim, ilmiy-texnikaviy hamkorlik haqida bitim, elchixonalar faoliyati haqida bitim imzolandi. Islom Karimovning 1999 yil oktyabrida Ukrainaga safari chog’ida O’zbekiston va Ukraina o’rtasida 1999-2008 yillarga mo’ljallangan iqtisodiy hamkorlik to’g’risida bitim imzolangan. Muxtasar aytganda, O’zbekiston va Ukraina o’rtasida 1992-2002 yillarda neftni qayta ishlash, kommunikatsiya, fan-texnika, sanoat, savdo, axborot almashish, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik bo’yicha 130 dan ortiq hujjatlar imzolandi. O’zaro savdo hajmi 1992 yildagi 20 mln. AQSh dollaridan 2003 yilda 280 mln. AQSh dollariga etdi. O’zbekiston Ukrainaga aviatsiya, kimyo va engil sanoat mollari, paxta tolasi, rangli metallar, gaz eksport qilmoqda. Ukrainadan gaz va neft konlarini o’zlashtirishda zarur bo’lgan texnika uskunalari, qora metallurgiya, kimyo sanoati mollari, shakar, pista yog’i import qilinmoqda. O’zbekistonning Qora dengizdagi Ukraina bandargohlari orqali Evropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari yo’lga qo’yildi. O’zbekistonda Ukraina investitsiyalari ishtirokida barpo etilgan 20 ta qo’shma korxonasi ishlamoqda. Jumladan, «ToshVALEO» qo’shma korxonasi bir kunda ming qutiga yaqin qandolat mahsulotlari tayyorlanmoqda. Shuningdek, ikki davlat o’rtasida ilm-fan, ta’lim, adaniyat sohasida hamkorlik qilinmoqda.

Download 0.74 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Download 0.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston bilan Ukraina o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnomani imzoladilar

Download 0.74 Mb.