• O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida abadiy do’stlik shartnomasi imzolangan
  • O’zbekiston va Qirg’iziston aloqalari
  • 1991 yilda O’zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari uchrashuvida O’zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi.
  • Orol muammolarini hal qilish tomon tutilgan yo’l Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati




    Download 0.74 Mb.
    bet24/53
    Sana13.05.2022
    Hajmi0.74 Mb.
    #21042
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
    Bog'liq
    умк
    Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari, algatirm mazmua, Adabyotlar, Impuls diodning tavsiflarini o, 1 laborotoriya ishi O\'zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish, Rezistorlar va ularning turlari, Mashinasozlik materiallari fan dasturi, Davomat jadvali, 2-lab.ishi, 8-lab.ishi, IELTS SPEAKING IDIOMS, Part2 Speaking, payvandlash topshiriq, 4-topshiq
    Orol muammolarini hal qilish tomon tutilgan yo’l Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati to’g’risida bitimlar imzolandi. Tomonlar Davlatlararo kengash hamda uning doimiy ijroiya organini, shuningdek, Bosh Vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashini ta’sis etdilar. O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasida Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi. Shu tariqa, Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) tashkil topdi. 1995 yil 15 dekabrda Jambulda Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston respublikalari
    Davlatlararo kengashining navbatdagi majlisi bo’ldi. Prezidentlar 2000 yilgacha bo’lgan iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda sarmoya sarflanishi lozim bo’lgan loyihalar dasturlarini hayotga joriy etish, kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar. Integratsiya dasturida 53 ta loyihalar ishlab chiqildi. BMT rahnamoligida harakat qiladigan Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston
    Respublikalarining tinchlikni saqlash kollektiv batalonini tashkil qilish haqida qaror qabul qilindi. Uch davlatning tinchlikni saqlash kollektiv bataloni shakllantirildi. 1997 yil 9-10 yanvar kunlari Bishkekda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston davlat boshliqlarining kengashi bo’lib unda uch qardosh davlatlar o’rtasida abadiy do’stlik haqida shartnoma imzolandi. Bu hujjatda o’zbek, qozoq, qirg’iz xalqlarining orzu-niyatlari o’z ifodasini topdi. Mazkur shartnoma uch qardosh davlat xalqlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorligini yangi asoslarda rivojlantirishga yo’naltirdi. 1997 yil 12 dekabr kuni Qozog’iston Respublikasining yangi poytaxti – Ostana shahrida Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston Prezidentlarining kengashi bo’lib o’tdi. Kengashda uch mamlakat o’rtasida energetika, suv zahiralaridan oqilona foydalanish, oziq-ovqat ta’minoti, kommunikatsiya hamda mineral xomashyo zahiralarini o’zlashtirish va qayta ishlash sohalari bo’yicha xalqaro konsortsiumlar tuzish to’g’risida muzokara bo’ldi. Prezidentlar xalqaro konsortsiumlar tuzish bo’yicha uch mamlakat hamkorligi tamoyillari kontseptsiyasini ma’qulladilar. 1998 yilda Tojikiston Respublikasi Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo’lib kirdi. 2000 yil 20-21 aprel kunlari Toshkentda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston Prezidentlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda mintaqaviy hamkorlik va mamlakatlararo munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi. To’rt mamlakat rahbarlari terrorchilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va mintaqa davlatlariga tahdid soladigan boshqa xavf-xatarning oldini olishga qaratilgan hamkorlik to’g’risida shartnoma imzoladilar. Gap shundaki, Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida o’zaro hamkorlik sohasida 200 dan ortiq hujjat imzolangan bo’lsada, ular orasida mazkur masalaga oid tegishli hujjat yo’q edi. Bunday hujjatning imzolanishi Markaziy Osiyodagi vaziyatdan kelib chiqqan muhim qadam bo’ldi. To’rt davlat Prezidentlari xalqaro terrorizmga, siyosiy va diniy ekstremizmga qarshi birgalikda kurash olib borishga kelishib oldilar. 2001 yil 28 dekabr kuni Toshkentda MOIH davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo’lib o’tdi. Kengashda hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Mazkur kengashda MOIH tashkiloti faoliyatini to’xtatishga qaror qilindi. Islom Karimov taklifiga binoan MOIH negizida Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti deb qayta tuzishga kelishib olindi. 2002 yil 28 fevral - 1 mart kunlari Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Muzokaralar yakunida Prezidentlar tomonidan Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. MOHT ning raisi etib Islom Karimov saylandi. Mazkur tashkilot endi nafaqat iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa turdagi aloqalar ko’lamini kengaytirish masalalari bilan shug’ullanadi. Har bir a’zo mamlakatdan bevosita davlat rahbariga hisobot berib turadigan bittadan muvofiqlashtiruvchi vakil tayinlandi. 4 ta vakil MOHT faoliyati samaradorligini oshirish, a’zo mamlakatlarning integratsiya jarayonlarini faollashtirish borasidagi nuqtai nazarlarini yaqinlashtirish, qabul qilingan hujjatlarning ijrosini nazorat qilish va umumiy vaziyatni tashkil etish bilan shug’ullanmoqda. MOHT ning tashkil etilishi, uning a’zolari bo’lgan 4 ta mamlakat o’rtasidagi o’zaro manfaatli aloqalarni yangi pog’onaga ko’tardi. Sammitlardan tashqari MOH tashkilotiga a’zo mamlakatlar parlamentlar raislari, xavfsizlik organlari rahbarlarining uchrashuvlari, ishbilarmon doiralarning mintaqaviy forumlari o’tkizilib turibdi. 2002 yilning oktyabrida o’tgan Dushanbe sammitida suv-energetika, oziqovqat va kommunikatsiya bo’yicha konsortsiumlar tuzishga kelishib olindi va hukumatlarga kontsortsium loyihalarini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. 2004 yil 28 may kuni Ostona shahrida MOH tashkilotiga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining sammiti bo’lib o’tdi. Unda tashkilot qamragan mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash, umumiy bozor barpo etish masalalari muhokama etildi. Prezidentlar mintaqada iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishning, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishning shakl va mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan fikrlashib, hukumatlarga tegishli topshiriqlar berishga kelishib oldilar. Muzokaralar yakunida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston Prezidentlarining qo’shma banoti MOHTga a’zo mamlakatlar o’rtasida televidenie va radio dasturlarini o’zaro tarqatish to’g’risida bitim imzolandi. Shunday qilib, Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi ko’p tomonlama hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda.
    Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlar o’rtasida ko’p tomonlama hamkorlik bilan birga ular o’rtasida ikki tomonlama aloqalar ham yo’lga qo’yildi. O’zbekistonning Qozog’iston bilan ikki tomonlama munosabatlari 1992 yil 24 iyunda Turkiston shahrida O’zbekiston Prezidentining Qozog’istonga rasmiy davlat tashrifi paytida N.Nazarboev bilan I.Karimov tomonidan imzolangan O’zbekiston Respublikasi bilan Qoozog’iston Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnoma asosida mustahkamlanib bormoqda. Qozog’iston Prezidenti N.Nazarbaev 1994 yil 10-12 yanvarda rasmiy davlat tashrifi bilan O’zbekistonda bo’ldi. Ikki Prezident O’zbekiston bilan Qozog’iston o’rtasida tovarlar, hizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin o’tib turishini nazarda tutuvchi hamda o’zaro kelishilgan kredit-hisob- kitob, byudjet, soliq, narx, boj va valyuta siyosatini ta’minlash to’g’risida shartnomani imzoladilar. 1998 yil 31 oktyabrda O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida abadiy do’stlik shartnomasi imzolangan. O’zbekiston va Qozog’iston Prezidentlarining Toshkentda 2000 yil 20-21 aprel kunlari bo’lgan uchrashuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olishga bag’ishlangan uchrashuvi bo’ldi. Muzokaralar yakunida «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va Qozog’iston Respublikasi Prezidenti N.A.Nazarboevning qo’shma bayonoti» imzolandi. Ikki mamlakat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan bu hujjat ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga egadir. «Davlat rahbarlari, - deyiladi qo’shma bayonotda, - O’zbekiston Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasidagi chegara ikki davlat qardosh xalqlarini birlashtiruvchi tinchlik, do’stlik va yaxshi qo’shnichilik chegarasi bo’lib qolishda yakdildirlar». 2001 yil 16-17 noyabr kunlari O’zbekiston Prezident Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog’istonda bo’ldi. Ikki davlat Prezidentlari O’zbekiston-Qozog’iston davlat chegarasi to’g’risida Shartnomani imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi belgilab olindi. Qolgan qismini kelishuv asosida delimatatsiya qilishga kelishildi. 10 oy davomida bu borada tegishli ishlar amalga oshirildi. 2002 yil 9 sentyabrda Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursultan Nazarboevning taklifiga binoan Islom Karimov Ostona shahriga tashrif buyurdi. «O’zbekiston-Qozog’iston
    davlat chegaralarining alohida uchastkalari to’g’risida bitim» imzolandi. Ikki mamlakat o’rtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o’z echimini topdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2002 yilning birinchi yarmida 124 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. 2002 yilda O’zbekistonda 38 ta o’zbek-qozoq qo’shma korxonasi, Qozog’istonda 92 ta o’zbek-qozoq qo’shma korxonasi faoliyat yuritda.
    O’zbekistonning Qirg’iziston bilan ikki tomonlama hamkorligi O’zbekiston Respublikasi bilan Qirg’iziston Respublikasi o’rtasida do’stlik, hamkorlik va o’zaro yordam haqida shartnoma asosida yo’lga qo’yildi va rivojlantirilmoqda. Bu shartnoma Qirg’iziston Prezidenti Askar Akaevning O’zbekistonga rasmiy davlat tashrifi paytida Toshkentda 1992 yil 29 sentyabrda I.Karimov va A.Akaev tomonidan imzolangan edi. I.Karimovning 1993 yil avgustida
    Qirg’izistonga qilgan rasmiy davlat tashrifi paytida O’sh shahrida O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasida 1994-2000 yillarga mo’ljallangan iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish to’g’risida Bayonot imzolandi. Bu hujjat ikkala respublikada ishlab chiqilgan milliy dasturlarni muvofiqlashtirishga, xomashyo va ishchi kuchidan, ilmiy salohiyatdan unumli foydalanishga qaratilgan. Ikki davlat o’rtasida iqtisodiyot, savdo, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va turizm bo’yicha hamkorlikni mustahkamlash haqida bitimlar imzolangan. 1994 yil 16 yanvarda O’zbekiston
    Prezidenta I.Karimov Kirg’izistonda bo’ldi. Rasmiy tashrif yakunida ikki davlat Prezidentlari tovarlar, xizmatlar, sarmoya, ishchi kuchlarining erkin yurishini, o’zaro kelishilgan kredit-hisobkitob, byudjet, soliq, narx, bojxona va valyuta siyosatini belgilovchi shartnomani imzoladilar. O’zbekiston va Qirg’izisgon o’rtasida 1994 yil uchun savdoiqtisodiy hamkorlik, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va turizm bo’yicha hamkorlikni yanada mustahkamlash haqida bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar asosida ikki mamlakat o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivojlanib bormoqda. 2000 yilda O’zbekistonda 22 ta o’zbek-qirg’iz qo’shma korxonasi, Qirg’izistonda 62 ta qirg’iz-o’zbek qo’shma korxonasi faoliyat yuritdi. Tojikistonda 1992-1996 yillarda davom etgan birodarkushlik urushi Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir etdi, uning qo’shni mamlakatlar, jumladan, O’zbekiston bilan hamkorligiga ham salbiy ta’sir etdi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 1998 yil 4 yanvar kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonov
    O’zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi. Ikki mamlakat rahbarlari tashrif yakunlari buyicha qo’shma axborot imzoladilar. O’zbekiston va Tojikiston Bosh vazirlari soqliqni saqlash, madaniyat va gumanitar soha, fan, texnika va axborot sohalari bo’yicha hamkorlik to’g’risida bitimlarni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida yuk tashish hamda gaz etkazib berish, Tojikistonniig qarzi bo’yicha o’zaro hisobkitob to’g’risidagi bitimlar ham imzolandi. O’zbekiston va Tojikiston O’zbekiston va Qirg’iziston aloqalari munosabatlari o’zining yangi, mustahkamlanish va taraqqiyot davriga o’tdi. O’zbekiston bilan Tojikiston o’rtasida tovar ayirboshlash hajmi 1997 yilda 50 mln. AQSh dollaridan oshdi, bu avvalgi yilga nisbatan 50 foiz ko’pdir. O’zbekiston Tojikiston hududidan o’tgan transport kommunikatsiyalaridan foydalanmoqda. 2000 yilda O’zbekistonda 15 ta o’zbek-tojik qo’shma korxonasi, Tojikistonda 3 ta o’zbek-tojik qo’shma korxonasi faoliyat yuritdi.
    1991 yilda O’zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari uchrashuvida O’zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. Bu shartnoma ikki davlat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarga negiz bo’lib xizmat qilmoqda. O’zbekiston Prezidenti I.Karimov 1996 yil 16 yanvar kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo’ldi. Chorjo’y shahrida S.Niyozov bilan I.Karimov o’rtasida va ikki mamlakat delegatsiyalari o’rtasida muzokaralar bo’ldi. Prezidentlar O’zbekiston bilan Turkmaniston o’rtasida do’stlik, hamkorlik va o’zaro yordam to’g’risidagi shartnomani, O’zbekiston bilan Turkmaniston o’rtasida davlat chegarasini qo’riqlashda hamkorlik qilish to’g’risidagi va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha bitimlarni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida esa sarmoyalarni rag’batlantirish va o’zaro himoyalash, havo yo’li, bojxona ishlarida hamkorlik va o’zaro yordam, uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo’nalishlari, daromad va mulkdan ikki yoqlama soliq olmaslik, madaniyat, ta’lim sog’liqni saqlash, sayyohlik va boshqa sohalarda hamkorlik qilish to’g’risidagi 20 dan ziyod bitimlar imzolandi.


    Download 0.74 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




    Download 0.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Orol muammolarini hal qilish tomon tutilgan yo’l Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati

    Download 0.74 Mb.