• Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi ta’sis etildi.
  • Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida hamkorlik aloqalari




    Download 0.74 Mb.
    bet23/53
    Sana13.05.2022
    Hajmi0.74 Mb.
    #21042
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53
    Bog'liq
    умк
    Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari, algatirm mazmua, Adabyotlar, Impuls diodning tavsiflarini o, 1 laborotoriya ishi O\'zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish, Rezistorlar va ularning turlari, Mashinasozlik materiallari fan dasturi, Davomat jadvali, 2-lab.ishi, 8-lab.ishi, IELTS SPEAKING IDIOMS, Part2 Speaking, payvandlash topshiriq, 4-topshiq
    1. Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida hamkorlik aloqalari
    O’zbekiston tashqi siyosatning ta’sirli yo’nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar - Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston,
    Turkmaniston bilan hamkorlik, do’stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.
    Mintaqadagi beshta davlat o’rtasida o’xshash jihatlar ko’p. Tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, dilimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi bu mamlakat xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir. Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlarining navbatdagi uchrashuvi 1991 yil 13-15 avgust kunlarida Toshkent shahrida bo’ldi. Unda uchrashuv yakunlari xususida Axborot hamda O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalararo Maslahat kengashini tuzish to’g’risida bitim imzolandi.
    Maslahat kengashining vazifasi beshta mamlakat o’rtasida iqtisodiy hamkorlik qilish uchun shart-sharoit yaratishdan, bozor munosabatlariga o’tishda mintaqa manfaatlarini himoya qiluvchi kelishilgan siyosat yuritishdan, iqtisodiyotning umumiy muammolarini hal etishga yagona yondoshuvlarni ishlab chiqishdan iborat deb belgilandi. 1993 yil 4 yanvarda I.Karimov tashabbusi bilan Toshkentda O’rta
    Osiyo respublikalari va Qozog’iston Prezidentlarining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda Markaziy Osiyo atamasi tilga olindi va bundan keyin Markaziy Osiyo deganda O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston tushuniladigan bo’ldi. Uchrashuv qatnashchilari mintaqa davlatlaridagi siyosiy va iqtisodiy ahvolni muhokama qildilar. Mintaqa mamlakatlari o’rtasidagi ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnomalar, savdoiqtisodiy bitimlar qanday bajarilayotganligi tahlil etildi. Orolni saqlab qolish xalqaro jamg’armasini tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi. Jamg’arma majlislarini Qizil O’rda, Nukus va Toshxovuzda o’tkazish zarur deb topildi. Besh davlat boshliqlari hamkorlik haqidagi bitimni imzoladilar. 1993 yil mart oyida Qizil O’rdada Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining Rossiya davlat delegatsiyasi ishtirokida anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolbo’yi muammolarini hal etish, Orol mintaqasi ekologiyasini sog’lomlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash sohasida birgalikda qilinadigan harakatlar to’g’risida bitim imzolandi. Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi ta’sis etildi. 1993 yil avgustda Nukusda Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasining qo’shma majlisi bo’ldi. 1994 yil 11 yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlarining Rossiya Federatsiyasi davlat delegatsiyasi (Yuriy Yakovlev, RF Bosh .vaziri o’rinbosari) ishtirokida konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Konferentsiyada Orol dengizi havzasidagi hozirgi ahvol bilan bog’liq ko’pgina masalalar, Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi mablag’lari qanday to’planayotgani muhokama qilindi, faoliyati ma’qullandi. Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan yaqin 3-5 yil ichida bajarilishi lozim bo’lgan muayyan vazifalar belgilandi. Orol dengizini qutqarish bo’yicha Davlatlararo kengash Nizomi tasdiqlandi hamda uning ijroiya organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilindi. 1994 yil 30 aprelda Cho’lponota shahrida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston o’rtasida yagona iqtisodiy makon tuzish to’g’risida uch tomonlama shartnoma imzolandi. O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston Prezidentlarining 1994 yil iyul oyi boshida Almati shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvida o’zaro integratsiyani kuchaytirish bo’yicha, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tuzish

    Download 0.74 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53




    Download 0.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida hamkorlik aloqalari

    Download 0.74 Mb.