• Axborot manbaalari. www. lex.uz.
  • 11-Ma’ruza: O’zbekiston va jahon hamjamiyati. Reja
  • Foydalanilgan adabiyotlar




    Download 0.74 Mb.
    bet18/53
    Sana13.05.2022
    Hajmi0.74 Mb.
    #21042
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
    Bog'liq
    умк
    Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari, algatirm mazmua, Adabyotlar, Impuls diodning tavsiflarini o, 1 laborotoriya ishi O\'zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish, Rezistorlar va ularning turlari, Mashinasozlik materiallari fan dasturi, Davomat jadvali, 2-lab.ishi, 8-lab.ishi, IELTS SPEAKING IDIOMS, Part2 Speaking, payvandlash topshiriq, 4-topshiq
    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1.Mirziyoev SH.M. Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi. 3-jild. – Toshkent: O’zbekiston, 2019. – 400 b.
    2.Mirziyoev SH.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-jild. –Toshkent: O’zbekiston, 2018. – 508 b.
    3.Islom Karimov. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. Asarlar, 7-jild. – T.: “O’zbekiston”, 1999 yil.
    4.Islom Karimov. "O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida".T.:
    "O’zbekiston", 2011 yil.
    5.Mustaqil O’zbekiston taraqiyotining g’oyaviy asoslari. - Toshkent, 2001.
    6.Jo’raev N., Fayzullayev T. Mustaqil O’zbekiston tarixi./ O’zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. - Toshkent, 2009.
    Axborot manbaalari.

    1. www. lex.uz.

    2. www.ziyonet.uz.

    3. www.edu.uz.

    4. www.google.uz.

    5. www.gov.uz.

    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.

    1. Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy makomi qanday?

    2. Qanday masalalarni Qoraqalpog‘iston mustaqil hal qiladi?

    3. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston munosabati nimalarga asoslanadi?

    4. O‘zbekiston davlat qurilishida Qoraqalpog‘iston qanday ishtirok etadi?

    5. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyalari, qonunlari munosabati qanday?

    6. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston o‘rtasidagi nizolar qanday hal qilinadi?

    7. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi ijtimoiy –iqtisodiy hayotida qanday o’zgarishlar yuz berdi?

    8. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Qoraqalpog’iston Respublikasiga tashriflari yuzasidan ma’lumot bering?

    11-Ma’ruza: O’zbekiston va jahon hamjamiyati.
    Reja:
    1.Oʼzbekiston Respublikasi tinchliksevar tashqi siyosati asoslarining yaratilishi va uning asosiy tamoyillari.
    2.Oʼzbekistonning jahon hamjamiyatiga koʼshilishi va xalqaro nufuzining ortib borishi
    3.Jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan Oʼzbekistonning hamkorlik aloqalari.
    1.Tayanch tushunchalar: (Hamkorlik, xalqaro tashkilotlar, oliy maqsadlar, umumiy natija, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiya, Tinchliksevar tashqi siyosat tamoyillari, BMT, YeXHT).
    2. Tayanch tushunchalar: (NАTO, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevropa ittifoqi, “Tinchlik yoʼlida hamkorlik” dasturi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, eksport, import, invitstitsiya, ebosh toʼlash, Jahon xamjamiyati, Oʼzbekiston uchun qulay imkoniyatlar, TRАSEKА, Buyuk ipak yoʼli muloqot yoʼli).
    3. Tayanch tushunchalar: (Milliy gʼoya, insonparvar xuquqiy jamiyat, diniy ekstremizm, terrorizm, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiya, Tinchliksevar tashqi siyosat tamoyillari, oʼzaro manfaatdorlik, YevrАzES).
    Oʼzbekiston xalqaro aloqalarni yoʼlga qoʼyish nuqtayi nazaridan va oʼz taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay jugʼrofiy-strategik imkoniyatlarga ega.
    • Qadim zamonlarda Sharq bilan Gʼarbni bogʼlab turgan Buyuk ipak yoʼli Oʼzbekiston hududi orqali oʼtgan. Bu yerda savdo yoʼllari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlar tutashib bir-birini boyitgan. Bugungi kunda ham Yevropa va Osiyoni bogʼlaydigan yoʼllar Markaziy Osiyodan, uning oʼrtasida joylashgan Oʼzbekistondan oʼtmoqda.
    • Markaziy Osiyoda jugʼrofiy-siyosiy jihatdan markaziy oʼrin tutgan Oʼzbekiston ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, barqarorlikni taʼminlash, hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlariga ega.
    • Oʼzbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida joylashgan.
    • Аholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqada yetakchi oʼrinda turadi.
    • Tabiiy iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral xomashyo zaxiralari va strategik materiallarga ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan oʼzini taʼminlashga qodir.
    • Oʼzbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga ega, oʼzini neft, gaz, rangli metallar bilan taʼminlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega.
    • Yurtimizning jahonga mashhur boy maʼnaviy merosi bor, shu tufayli insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli oʼrin egallab, dunyoning maʼnaviy va siyosiy jarayonlariga taʼsir oʼtkazish salohiyatiga ega.
    Prezident Shavkat Mirziyoev ayniqsa, BMTning Yoshlar huquqlari toʼgʼrisidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning "Maʼrifat va diniy bagʼrikenglik" deb nomlangan maxsus rezolutsiyasini qabul qilish boʼyicha tashabbusi bilan chiqdi.
    Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida BMTning Yoshlar huquqlari toʼgʼrisidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif qildi, terrorizm muammosiga katta eʼtibor qaratib, uning tub sabablariga barham berishga chaqirdi.
    Oʼzbekiston tashqi siyosatining huquqiy asoslari va tamoyillari. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq Oʼzbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yoʼlni belgilash, jahon namjamiyatiga qoʼshilish, horijiy mamlakatiar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar oʼmatish masalalari dolzarb vazifa sifatida koʼndalang boʼlib turardi. Bu osongina yechiladigan vazifalar emas edi. Masalaning murakkabligi shundan iborat ediki, Ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, tashqi savdoni tashkil etish Moskva, markaziy hokimiyat tomonidan olib borilar edi. Respublikalar esa, jumladan, Oʼzbekiston ham tashqi dunyodan ajralgan, toʼgʼridan-toʼgʼri aloqa qilolmaydigan yopiq mamlakat edi. Shu bois, davlatimiz tashqi siyosat yuritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasini, tashqi iqtisodiy faoliyatni biladigan kadrlarga ham ega emas edi. Respublikada bunday kadrlar tayyorlovchi birorta ham oʼquv yurti yoʼq edi. Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishni talab qilmoqda edi.
    Respublikamiz birinchi Prezidenti Islom Karimovning «Oʼzbekistonning oʼz istiqlol va taraqqiyot yoʼli» va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalari nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berildi. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida tashqi siyosat qoidalari qonunlashtirildi va u jahondagi koʼplab mamlakatlar bilan hamkorlik jarayonlari ortga qaytmasligining huquqiy kafolati boʼlib xizmat qilmoqda.Oʼzbekistonni xalqaro huquq subekti sifatida belgilaydigan, respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. «Oʼzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari toʼgʼrisida»gi, «Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari toʼgʼrisida»gi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat toʼgʼrisida»gi va boshqa qonunlar hamda normativ hujjatlar ana shular jumlasidandir. Bular faol va keng koʼlamli hamkorlik uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib berdi.
    Tashqi aloqalarni taʼminlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi. Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari shular jumlasidandir. Jahon iqtisodiyoti vadiplomatiyasi universiteti, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi va boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash yoʼlga qoʼyildi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yoʼli asos qilib olindi.
    Oʼzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
    • mafkuraviy qarashlardan qatʼiy nazar hamkorlik uchun ochiq-lik,umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
    • davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;
    • boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
    • nizolarni tinch yoʼl bilan hal etish;
    • kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
    • inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish;
    • ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi;
    • davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdoʼstliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;
    • tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
    • davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va oʼzaro manfaatdorlik, daviat milliy manfaatlarining ustunligi;
    • tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham koʼp tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir daviat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik.
    Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos boʼlib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini taʼminladi. Oʼzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar oʼmatildi. Toshkentda 43 mamlakatning elchixonasi ochildi. Bular jumlasiga АQSh, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqalarni kiritish mumkin. Shuningdek, Oʼzbekistonda 88 xorijiy mamla-katlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat koʼrsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda - АQSh, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda Oʼzbekistonning elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi.
    Oʼzbekistonning BMTga aʼzo boʼlishi.
    Oʼzbekiston Respublikasi oʼzining xohish irodasi va taklifiga koʼra 1992— yil 2-martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot - Birlashgan MillatlarTashkilotiga qabul qilindi. mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli aʼzosi boʼldi.
    Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Аssambleyasining 1993— yilda boʼlgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27sentyabrda qilgan maʼruzasi Oʼzbekistonni jahonga koʼhna va yosh navqiron davlat sifatida namoyon etdi. Oʼzbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari boʼyicha BMT ning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar boʼyicha bir qator takliflar oʼrtaga qoʼyildi.
    Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish, Orol dengizi qurishi muammosi, qoʼshni mamlakatlar bilan yaxshi qoʼshnichilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ham xorij ommaviy axborot vositalarining alohida eʼtiborini tortdi.
    Prezident Shavkat Mirziyoev BMTning 72-sessiyasidagi nutqida Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv resurslaridan foydalanish toʼgʼrisidagi konvensiyalar loyihalarini qoʼllab-quvvatlashini qayd etdi hamda xalqaro hamjamiyatni
    Orol dengizi butkul qurishining oldini olishga chaqirdi.
    «Bugungi kunning eng oʼtkir ekologik muammolaridan biri – Orol halokatiga yana bir bor eʼtiboringizni qaratmoqchiman. Mana, mening qoʼlimda – Orol fojiasi aks ettirilgan xarita. Oʼylaymanki, bunga ortiqcha izohga hojat yoʼq. Dengizning qurishi bilan bogʼliq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi saʼy-harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etmoqda». Oʼzbekiston Prezidenti BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr koʼrgan aholiga amaliy yordam koʼrsatish boʼyicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur toʼliq amalga oshirilishi lozimligini taʼkidladi.
    1993—yil 24-oktabrda Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi va ish boshladi. Oʼzbekiston rahbariyati va BMT rahbarlarining saʼy-harakatlari natijasida Oʼzbekiston BMTning Xalqaro telekommunikatsiya uyushmasi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Qochoqlar ishi boʼyicha oliy qoʼmitasi, Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi, Аholi joylashish jamgʼarmasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqqiyoti tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xoʼjaligi tashkiloti singari ixtisoslashgan muassasalarga aʼzo boʼldi.
    Oʼzbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan yana biri Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish masalasida oʼz ifodasini topdi. Oʼzbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Аssambleyasining 48-sessiyasi minbaridan turib soʼzlagan nutqida Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish gʼoyasini ilgari surgan edi. Oʼzbekistonning bu tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qoʼllab-quvvatlandi.
    Shanxay hamkorlik tashkiloti.1996- yilda Shanxayda, 1997—yilda Moskvada boʼlib oʼtgan Xitoy, Rossiya, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida oʼzaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish toʼgʼrisida shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa, «Shanxay forumi» yoki «Shanxay beshligi» tashkiloti tuzilgan edi.
    2001—yil 14-15-iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti boʼlib oʼtdi. Uning yigʼilishida Oʼzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi va Oʼzbekistonning «Shanxay forumi»ga toʼla huquqli aʼzo boʼlishi toʼgʼrisida bayonot imzolandi.
    Oʼzbekistonning "Shanxay forumi"ga kirishi munosabati bilan uning nomi Shanxay hamkorkik tashkiloti-ShHT, deb oʼzgartirildi. Oʼzbekiston uning aʼzolaridan biri boʼldi.
    2004— yil 17-iyun kuni Toshkentda ShHT ga aʼzo davlatlar rahbarlarining sammiti boʼlib oʼtdi. Unda ikki asosiy masala — xavfsizlik va savdoiqtisodiy hamkorlik boʼyicha muzokaralar boʼldi. Sammitda 2004- yil mart oyida Oʼzbekistonda sodir etilgan terrorchilik harakati nafaqat Oʼzbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi qayd etildi. Butun dunyoda terrorchilik kuchayib, yadroviy; kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik xavfi paydo boʼlganligi, terrorchilaming bazalarini yoʼqotish, odamlarning ongini zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish zarurligi taʼkidlandi. Shu boisdan, Toshkentda tashkil etilgan MАTT zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qoʼmitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilik oldini olish vazifasi yuklangan.
    «Bu borada koʼp hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblayman. Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini maʼrifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir», deb alohida qayd etdi Oʼzbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoev BMTning 72sessiyasida.
    Oʼzbekistonning Rossiya bilan hamkorligi. Oʼzbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdoʼstlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yoʼlga qoʼyish va rivojlantirish alohida oʼrin tutadi. Ikki tomonlama hamkorlik deganda ikki davlat oʼrtasidagi, yaʼni Oʼzbekistonning boshqa bir mamlakat bilan davlatlararo aloqalarni yoʼlga qoʼyish va chuqurlashtirish jarayoni tushuniladi.
    Oʼzbekiston bilan Rossiya oʼrtasidagi oʼzaro manfaatli aloqalar yangicha mazmun kasb etmoqda. Ikki mamlakat oʼrtasida turli maqsadlarga yoʼnaltirilgan 150 ta hujjatlar imzolangan.
    Oʼzbekiston bilan Rossiya oʼrtasifagi tovar ayiri boshlash hajmi 2000-yilda 1 mlrd. АQSh dollarini tashkil etdi. Oʼzbekistonda 520 ta Oʼzbekiston-Rossiya qoʼshma korxonasi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi firma va kompaniyalari roʼyxatga olingan. Rossiyada esa Oʼzbekiston sarmoyasi ishtirokida fuzilgan 250 ga yaqin qoʼshma korxona mavjud. Oʼzbekiston Rossiyadan mashinalar va jihozlar, kimyo maxsulotlari va plastmassa, qora metall va boshqa tovarlar sotib olib, Rossiyaga turli mashina va jihozlar, paxta tolasi. oziq-ovqat mollarini eksport qiladi.
    Markaziy Osiyo davlatlari oʼrtasida hamkoriik aloqalari Oʼzbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoev raxbarligida katta uzgarishlarga erishdi.
    Oʼzbekiston tashqi siyosatning taʼsirli yoʼnalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar - Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan hamkoriik, doʼstlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.
    Mintaqadagi beshta davlat oʼrtasida oʼxshash jihatlar koʼp. Tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, dilimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi bu mamlakat xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir.
    Orol muammolarini hal qilish tomon tashlangan qadam. 1993— yil 4-yanvarda I. Karimov tashabbusi bilan Toshkentda Oʼrta Osiyo respublikalari va Qozogʼiston Prezidentlarining yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda Markaziy Osiyo atamasi tilga olindi va bundan keyin Markaziy Osiyo deganda Oʼrta Osiyo respublikalari va Qozogʼiston tushuniladigan boʼldi. Uchrashuv qatnashchilari mintaqa davlatlaridagi siyosiy va iqtisodiy ahvolni muhokama qildilar. Mintaqa mamlakatlari oʼrtasidagi ikki tomonlama va koʼp tomonlama shartnomalar, savdo-iqtisodiy bitimlar qanday bajarilayotganligi tahlil etildi.
    Orolni saqlab qolish xalqaro jamgʼarmasini tuzish toʼgʼrisida qaror qabul qilindi. Jamgʼarma majlislarini Qizil Oʼrda, Nukus va Toshxovuzda oʼtkazish zarur deb topildi. Besh davlat boshliqlari hamkoriik haqidagi bitimni imzoladilar.
    Oʼzbekiston, Qozogʼiston va Qirgʼiziston Prezidentlarining 1994— yil iyul oyi boshida Аlmata shahrida boʼlib oʼtgan uchrashuvida oʼzaro integratsiyani kuchaytirish boʼyicha, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tuzish toʼgʼrisida bitimlar imzolandi, Tomonlar Davlatlararo kengash hamda uning doimiy ijroiya organini, shuningdek, Bosh Vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashini taʼsis etdilar. Oʼzbekiston, Qozogʼiston va Qirgʼiziston oʼrtasida Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi. Shu tariqa, Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) tashkil topdi.
    1992— yil 27-28-iyun kunlari Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharifning Oʼzbekistonga rasmiy davlat tashrifi ikki davlat oʼrtasidagi aloqalarga asos soldi. Safar kunlarida «Oʼzbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi oʼrtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari toʼgʼrisida» shartnoma, iqtisodiy va savdo hamkorligi toʼgʼrisida, madaniyat, sogʼliqni saqlash, fan, texnika, kadrlar tayyorlash, turizm sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish toʼgʼrisida bitimlar imzolandi.
    2002— yil 26-aprel kuni Eron Prezidenti Sayyid Muhammad Hotamiyning Oʼzbekistonga qilgan rasmiy tashrifi paytida Oʼzbekiston va Eron oʼrtasida imzolangan ikki tomonlama soliqqa tortilishga yoʼl qoʼymaslik, daromad va sarmoya soliqlariga taalluqli maʼlumotlarni almashish, transport vositalari haydovchilari uchun viza masalalarini yengillashtirish, Oʼzbekiston tovar ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlar palatasi bilan Eronning savdo, sanoat va togʼkon sanoati palatasi oʼrtasida hamkorlik toʼgʼrisida hujjatlar ikki mamlakat oʼrtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini yanada boyitdi.
    Oʼzbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Saudiya Аrabistoni, Misrda boʼldi va ular bilan davlatlararo munosabatlarning asoslari toʼgʼrisida shartnomalar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bitimlari imzolandi. Oʼzbekistonning yirik mamlakat Hindiston bilan aloqalari kengayib bormoqda. 1993— yil 23-25-may kunlari Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao davlat tashrifi bilan Oʼzbekistonda boʼldi. Safar kunlarida «Oʼzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi oʼrtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari toʼgʼrisida» shartnoma, foyda va mulkka ikki yoqlama soliq solmaslik toʼgʼrisida, havo yoʼllari toʼgʼrisida va savdoiqtisodiy hamkorlik toʼgʼrisida bitimlar imzolandi.
    Oʼzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy yoʼnalishlaridan bin Sharq va Tinch okeani havzasi mamlakatlari bilan aloqalar oʼrnatish va rivojlantirishga qaratilgan. Osiyo davlatlari oʼrtasida hamkorlik aloqalari Oʼzbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoev raxbarligida katta uzgarishlarga erishdi.
    Bu mamlakatlar orasida Xitoy Xalq Respublikasi bilan davlatlararo aloqa oʼrnatish alohida ahamiyatga ega.Oʼzbekiston davlat mustaqilligini qoʼlga kiritgan dastlabki paytlar-dayoq Oʼzbekiston va Xitoy oʼrtasida diplomatik munosabatlar oʼrnatildi. 1992— yil 2-3-yanvar kunlari XXR tashqi iqtisodiy aloqa va tashqi savdo vaziri Li Lanzin Toshkentda boʼldi, shu kunlari ikki mamlakat oʼrtasidadiplomatikmunosabatlar oʼrnatildi, elchixonalar ochishga qaror qilindi.
    1992— yil 12-14-mart kunlari Oʼzbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning XXR ga davlat tashrifi ikki davlat oʼrtasidagi hamkorlikka asos soldi. Safar chogʼida hamkorlikning turli sohalari boʼyicha 20 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Ular orasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʼgʼrisida, qishloq xoʼjaligida hamkorlik toʼgʼrisida, sarmoyalarni ragʼbatlantirish va oʼzaro himoya qilish toʼgʼrisida bitimlar bor edi.1994— yil 18-20-aprel kunlari XXR davlat Kengashining raisi Li Penning Oʼzbekistonga davlat tashrifi paytida Oʼzbekiston bilan Xitoy oʼrtasida kredit, xalqaro iqtisodiy hamkorlik, havo transporti aloqalarini yoʼlga qoʼyish boʼyicha hukumatlararo bitimlar imzolandi. Xitoy tomoni Oʼzbekistonda tayyorlanayotgan IL-76 TD va IL-114 samolyotlarini xarid qiladigan boʼldi.1994— yil 24-25-oktabr kunlari Oʼzbekiston Prezidenti Xitoyga ikkinchi marta safar qildi va muhim ahamiyatga molik boʼlgan hujjat-«Oʼzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʼrtasida oʼzaro munosabatlarning asosiy printsiplari, oʼzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish toʼgʼrisida bayonnoma» imzolandi.
    Shuningdek, ikki davlat oʼrtasida konsullik shartnomasi imzolandi.
    1992 yil mart oyida Oʼzbekiston va Janubiy Koreya oʼrtasida diplomatik aloqa oʼrnatildi. 1992 yil 19-iyunda Oʼzbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov Janubiy Koreya Respublikasiga davlat tashrifi bilan bordi. Bu safar ikki mamlakat oʼrtasidagi iqtisodiy, savdo, madaniy-texnikaviy aloqafarga asos soldi. «Oʼzbekiston bilan Janubiy Koreya oʼrtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik asoslari toʼgʼrisida» Deklaratsiya imzolandi. Savdo-iqtisodiy ayirboshlash haqida, Oʼzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga mablagʼ sarflaydigan Janubiy Koreya ishbilarmonlariga beriladigan kafolatlar haqida bitimlar tuzildi. Madaniyat, maorif, ommaviy axborot, sayohat, sport sohalarida bahamjihat hamkorlik qilishning uzoq muddatga moʼljallangan rejalari belgilab olindi. Janubiy Koreyadagi DEU Korporatsiyasi rahbariyati bilan Аsakada avtomobil zavodi qurishga kelishildi.
    1992-1996— yillarda «OʼzDEUavto» Oʼzbekiston-Janubiy Koreya qoʼshma avtomobil zavodini loyihalashtirish, qurish ishlari amalga oshirildi. Zavod 1996— yil 25-mart kuni avtomobillar ishlab chiqarishni boshlab yubordi. Oʼzbekiston Sharqning eng rivojlangan mamlakati - Yaponiya bilan ham hamkorlik qilmoqda. Yaponiya 1991— yildayoq Oʼzbekiston mustaqilligini tan oldi, 1992— yilda oʼzaro diplomatik aloqalar oʼrnatildi.1994— yil 16-19-may kunlari Oʼzbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Yaponiyada boʼldi. Safar paytida «Oʼzbekiston bilan Yaponiya oʼrtasida munosabatlarning asosiy prinsiplari haqida» qoʼshma bayonot, tashqi ishlar boʼyicha munosabatlar haqida hujjat imzolandi. Oʼzbekiston delegatsiyasi mashhur Panasonik konsernida boʼldi va uning rahbariyati bilan Oʼzbekistonda filial ochishga kelishildi. Respublikamiz shaharlarida Panasonik mahsulotlarini sotish yoʼlga qoʼyildi. Yaponiya Oʼzbekistonga 100 mln. АQSh dollari hajmida begʼaraz yordam berdi.
    Oʼzbekistonda Yaponiyaning dunyoga mashhur «Mitsui», «Mitsubisi», «Sumitoto», «Tomen», «Marubeni», «Nishe Ivai» korporatsiyalarining doimiy vakolatxonalari faoliyat koʼrsatmoqda. Ular bilan Oʼzbekiston tashqi iqtisodiy vazirligi oʼrtasida hamkorlik toʼgʼrisida bitimlar imzolangan. Yaponiya hukumati, oʼnlab firma va kompaniyalar Koʼkdumaloq, Shoʼrtan neft-gaz konini oʼzlashtirishda, Buxoroda neftni qayta ishlash zavodini qurishda, Fargʼona neftni qayta ishlash zavodini taʼmirlashda, telealoqa tarmoqlarini taʼmirlashda oʼz sarmoyalari bilan qatnashdi.
    Oʼzbekiston Tinch okean havzasi mamlakatlari Malayziya va Indoneziya bilan davlatlararo aloqalar oʼrnatdi. Bu borada Oʼzbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat delegatsiyasining 1992— yil iyun oyidagi Malayziya va Indoneziyaga safari muhim ahamiyatga ega. Safar kunlarida Oʼzbekiston va Malayziya oʼrtasida iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik toʼgʼrisida bitimlar imzolandi. Shuningdek, Oʼzbekiston va Indoneziya oʼrtasida diplomatik aloqalar oʼrnatish boʼyicha qoʼshma axborot, ikki tomonlama munosabatlar boʼyicha qoʼshma bayonot, iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik toʼgʼrisida bitim imzolandi.
    Oʼzbekistonning Yevropa ittifiqi mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar aloqalari yildan-yilga rivojlanib chuqurlashib bormoqda.
    Xulosa qilib aytganda, Oʼzbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yoʼlga qoʼyish va rivojlantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. Oʼzbekiston oʼzining tinchliksevar, yaxshi qoʼshnichilik, oʼzaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida oʼzining munosib oʼrnini egalladi, uning mavqeyi yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.

    Download 0.74 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




    Download 0.74 Mb.