6. Axborot xavfsizligini qo’llab-quvvatlash va ta’minlashning tashkiliy chora-tadbirlari Tashkiliy himoya – bu ishlab chiqarish faoliyati va ijro etuvchilarning
o’zaro aloqalarini istisno yoki jiddiy tarzda qiyinlashtiradigan konfidensial
87
axborotga noqonuniy egalik qilish va tashqi va ichki tahdidlarni yuzaga
keltiradigan harakatlardan normativ-huquqiy asosda himoyalashni qa’tiy
belgilashdir.
Tashkiliy himoya quyidagilarni ta’minlaydi:
qo’riqlash va rejimni tashkil qilish, kadrlar va hujjatlar bilan ishlash;
tadbirkorlik faoliyatida ichki va tashqi tahdidlarni aniqlaydigan
xavfsizlik texnik vositalari va axborot – analitik faoliyatidan foydalanish.
Konfidensial ma’lumotlardan ruxsat etilmagan foydalanish imkoniyati
axborotni himoyalashning texnik jihatlari bilan emas, sovuqqon, beparvo va xafa
bo’lgan personal yoki foydalanuvchilarning buzg’unchi harakatlari bilan
belgilanganligi sababli tashkiliy chora-tadbirlar axborotni himoyalashning
ishonchli mexanizmini yaratishda muhim rol o’ynaydi.
Asosiy tashkiliy chora-tadbirlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1.
Rejim va qo’riqlashni tashkil qilish. Ularning maqsadi – hududga
maxfiy suqilib kirishlarni va binoga begona shaxslarning kirish imkoniyatlarini
bartaraf qilish; daxlizlarni nazorat qilishni va tashrif buyuruvchilar va ishchi
xodimlarni o’rnini almashtirishni qulayligini ta’minlash; mustaqil ruxsat beruvchi
tizimli maxfiy ishlar turidagi alohida ishlab chiqarish zonalarini tashkil qilish;
tashkilot xodimlarini hududga kirishi va vaqtinchalik ish rejimini kuzatish va
nazorat qilish; xodimlar va tashrif buyuruvchilarni nazorat qilish va ishonchli
o’tkazish rejimini tashkil qilish, qo’llab quvvatlash va b.;
2.
Axborotni himoyalash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bilan
tanishtirish, maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash qoidalarini o’qitish va o’rgatish,
xodimlarni tanlash va joylashtirish masalalari bilan shug’ullanuvchi xodimlar
ishini tashkil qilish va b.;
3.
Hujjatlarni yaratish va ishlatish, maxfiy axborotlarni tashuvchilar,
ularni ro’yxatga olish, bajarish, qaytarish, saqlash va yo’qotish kabi masalalar
biriktirilgan hujjatlar va hujjatlashtirilgan axborotlar bilan ishlashni tashkil qilish;
4.
Maxfiy ma’lumotlarni yig’uvchi, qayta ishlovchi va saqlovchi texnik
vositalardan foydalanishni tashkil qilish;
5.
Maxfiy ma’lumotlarga bo’ladigan ichki va tashqi tahdidlarni tahlil
qilish ishlarini tashkil qilish va xavfsizligini ta’minlovchi chora-tadbirlar ishlab
chiqish;