|
Mundarija kirish I- bo`lim. Adabiyotlar tahlili
|
bet | 3/23 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 484,54 Kb. | | #140085 |
Akademik listeylarda dars samaradorligini oshirish usullaridan biri talabaga fanni qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirib borishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda, bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi shundaki, akademik listeylarda mavzularini o’qitishda elektron animasiyalardan foydalanish orqali talaba – yoshlarga yangi texnologiyalarni ko’rsatish, hamda olgan bilimlarni xayot davomida samarali va o’z o’rnida foydalanib, yaxshi natijalarga erishishdan iboratdir.
Respublikamiz mustaqillikka erishgan kundan boshlab kimyo sanoati xalq xo’jaligining eng istiqbolli tarmog’i bo’lib iqtisodiy taraqqiyotga hal qiluvchi ta’sir etib kelmoqda. Shuning uchun, kimyo sanoatida хalq хo‟jaligining qariyb barcha tarmoqlari uchun bir nеcha o‟n minglab qimmatbaho mahsulotlar: plastmassalar, kauchuk va rеzina, kimyoviy tolalar, jun, ipak, charm, o‟g‟itlar, bo‟yoqlar, loklar, chinni buyumlar, shisha, sеmеnt, spirtlar, erituvchilar, motor yoqilg‟ilari, surkov moylari, portlovchi moddalar, koks, rangli va qora mеtallar va ularning qotishmalari, dori darmonlar hatto ayrim oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar ishlab chiqarmoqda. Ularning ko‟pchiligini ishlab chiqarish uchun sulfat va nitrat kislotalar muhim o’rinni egallaydi.
Hozirgi kunda respublikamizda Chirchiq, Navoyi azot, Samarqand, Olmaliq kimyo kombinatlari sulfat va nitrat kislotalarni ishlab chiqarmoqda. Shunga asosan sulfat va nitrat kislotalar mavzusining nazariy asoslarini va ularni olish texnologiyalarini o’rganib chiqish, shuningdek darsni yangi texnologiyalar asosida o’tish uchun tavsiyalar berish juda dolzarb hisoblanadi.
Ishning maqsadi: Akademik listeylarda dars samaradorligini oshirish usullaridan biri talabaga fanni qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirib borish shuningdek darsni yangi texnologiyalar asosida o’tish uchun tavsiyalar berish hamda talabalar bilimlarini, dunyoqarashini rivojlantirishdir. Ishda quyidagi vazifalar belgilandi va yechildi:
akademik litsey talabalariga sulfat va nitrat kislotalar va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi mavzusini o’tishda ovozli harakatchan animatsiyalardan foydalanildi. litsey talabalariga o’tiladigan mavzu orqali sulfat va nitrat kislotalar ishlab chiqarish sohasiga oid terminlar tushuntirildi;
talabani Respublikamizda mavjud bo’lgan sulfat va nitrat kislotalar ishlab chiqaradigan - korxonlardagi texnologiyalar bilan tanishtirish va xom ashyo, uning manbalari va zaxiralari bo’yicha yetarli ma’lumotlar berildi;
talabalarga o’tiladigan mavzu orkali mineral ugitlar ishlab chikarish soxasiga oid terminlarni tushuntirish
yaratilgan animasiyalarni nafaqat ko’rish, balki eshitish orqali talabalarga bilim, ko’nikmalarni shakllantirish va kimyo faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat;
|
| |