Mundarija kirish I. Asosiy qism




Download 3.38 Mb.
bet9/10
Sana16.05.2023
Hajmi3.38 Mb.
#60468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
adsobtsion xromatagirafiya111111111111
Sekvenirlash usullari, Biotexnologiya laboratoriya, 5-mavzu ep, NAMUNA PEDAGOGIKA sulaymonov d, 2-laboratoriya Fitopatogen virusli kasalliklarni belgilar, Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan, 1. o\'quv dasturi, 1.o\'quv dasturi, Mikroorganizmlar gen muxandisligi, KARUPSIYAGA QARSHI KURASH, Anabaena cylindrica, Илова 1 Lotincha (1), sohibjon kondukto, 0100000
6-rasm. Elyuant Xromatografiya
So’ngra gazning harakati natijasida sorbent bilan yaxshi adsorbsiyalanuvchi B modda sorbent tarkibidan sekin harakatlanadi, kam sorbsiyalanuvchi A modda tez harakat qilib bir biridan ajraladi.
Elyuent xromatografiya usuli yordamida dori moddalarini bir-biridan ajratib olishda keng foydalaniladi. Shunga qaramay bu usulni kamchiligi gazning ko’p miqdorida kolonkaga tushishi natijada yuvilish asosida modda konsentrasiyasini yo’qolishi kuzatiladi. Lekin bu kamchilikni sezgirligi yuqori asboblar yordamida bartaraf etish mumkin.
2. Frontal usul. Bajarilishi bo’yicha frontal usuli oddiyroq. Bu usul aralashmadagi moddalarni ajratishni tahlil davomida haroratni boshqarib yoki ma’lum bir dastur asosida sorbent haroratini o’zgartirib ham bajarsa bo’ladi. Haroratni dasturlash tahlil imkoniyatlarini oshirish bilan bir qator komponentlar aralashmasini to’liq ajralishini ta’minlaydi. Frontal usul yordamida dori moddasini kolonka orqali o’tkazilganda unda qo’zg’aluvchi faza sifatida sorbent bilan so’rilmaydigan erituvchi yordamida siqib chiqarish jarayonida foydalaniladi. Bu usul kam ishlatiladi.
3. Siqib chiqarish usuli - aralashmadagi moddalar sorbent qatlami bo’ylab o’zlarining yutilish xususiyati ortishi hisobga qo’zg’aluvchi fazada bir-biriga yopishgan zonalar ko’rinishida moddani absorbsion moyilligi ortishiga bog’liq tartibda harakat qiladi. Qo’zg’aluvchi faza sifatida tanlanadigan tarkib modda erigan suyuqlikdan olingan sorbentdagi aralashmaning boshqa komponentlariga nisbatan yuqori darajada yutilishi kerak.
G) Asbob uskunani jihozlanishiga asoslanib olib boriladigan xromatografiya usuli kolonkali va kapillyar xromatografiyasi deb yuritiladi.
D) Xromatografiya usulini olib borish jarayoniga asoslanib sifat va miqdor tahlilni olib borishda xromatografiya usulini boshqa fizik-kimyoviy tahlil usullari bilan birgalikda bajarishga qaratilgandir (mass-spektrometriya, IQ-spektrometriya, YAMR va EPR-spektroskopiya).
Yuqorida aytilgan barcha xromatografik usullarda aralashma komponentlari ikki faza, statsionar (qo’zg’almas) va qo’zg’aluvchi faza o’rtasida taqsimlanadi.
Agar qo’zg’aluvchi faza sifatida gaz ishlatilsa, qo’zg’almas faza sifatida faqat, qattiq jism-sorbent (aktivlangan ko’mir, silikagel, alyuminiy oksidi va boshqalar) qo’llanilsa, bunday ko’rinish gaz-adsorbsion xromatografiyasi deyiladi. Agar qo’zg’aluvchi faza sifatida gaz, qo’zg’almas faza sifatida qattiq modda ustiga qoplangan yuqori qaynash darajasiga ega suyuqlik qo’llanilsa bunday ko’rinish gaz-suyuqlik xromatografiyasi deyiladi. Shunday qilib GSX usuli tahlil qilinayotgan moddalarning gaz va suyuqlik fazalari orasidagi qayta taqsimlanishni aniqlashga asoslangan usuldir. GSX da tahlil qilinuvchi aralashmaning komponentlari qattiq sorbent ustiga qoplangan suyuqlik fazasida turli eruvchanlikka ega bo’lgani sababli xromatografik kolonkalarda turlicha ajralish vujudga keladi.
Tahlil qilinuvchi aralashma qo’zg’aluvchi gaz oqimiga kiritilganda bug’lanadi va bug’simon holatda sorbentli kolonkadan o’tib, adsorbsiya va desorbsiya hodisalarini qaytarilishi sababli gaz va suyuqlik o’rtasida taqsimlanadi. Aralashmani tashkil etuvchilarni gaz-xromatografik bo’linish jarayoni taqsimlanish koeffitsenti K bilan harakterlanadi. Bu koeffitsent qo’zg’almas suyuq fazadagi modda konsentrasiyasini qo’zg’aluvchi fazadagi konsentratsiyasiga nisbatini belgilaydi.

XULOSA
Ushbu kurs ishini tayyorlash mobaynida xromotografiya to„g„risida turliadabiyotlar, internet ma’lumotlari to„plandi va ularni o„rganib tahlil qilindi. Xromatografiya to’g’risida ma’lumotlar, uning afzalliklari, turlari, tahlil qilish usullari, xromatograflar orqali moddalarni tahlil qilishda qanday jarayonlar borishi haqida ko’nikmalarga ega bo’lindi.
Xromotografiya - tahlil laboratoriyalarda, sanoatda - ko’p komponentli tuzilmalarni sonini va sifatini tahlil qilish, ishlab chiqarishni nazorat etish, murakkab jarayonlarni avtomatik boshqarish jarayonlarda keng ko’lamda qo’llaniladi. Tahlil natijasida hosil bo’ladigan xromotogrammalarni EHM yordamida aniqlab beriladi.
Xromotografik usulda aniqlashning afzalliklari juda ko’p bo’lib, u yuqori tezlikda ma’lumot berish va ko’rsatkichlarning aniqligi va avtomatik tarzda boshqarilish imkoniyatlarini beradi. Hozirgi vaqtda xromatografiya usullari moddalarni ajratish, tozalash, sifatiy va miqdoriy aniqlash kabi masalalarni hal etishda ishlatiladi. Moddalarni xromatografik ajratish yoki tozalash aralashmadagi moddalarning adsorbent yuzasida turlicha adsorbilanishi va erituvchilardagi eruvchanligining har xilligiga asoslanganligi tahlil qilindi. Turli mamlakatlarda bu usul bo’yicha olimlarning olib borgan tadqiqotlari natijalari o’rganib chiqildi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xromotografik usulda aniqlashning afzalliklari juda ko’p bo’lib moddalarni ajratish, tozalash, sifatiy va miqdoriy aniqlash kabi masalalarni hal etishda juda ahamiyatlidir.


Download 3.38 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 3.38 Mb.